A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

Mintaqa havo transporti.
Mustaqil Respublika transporti haqida so‗z 
yuritilganda havo transportining mohiyati tobora ortib borayotganini ham 
ko‗rsatib o‗tish lozim. Transportning bu xili o‗z ishini birinchi marta 1924 
yili boshlagan edi. O‗sha yilning 12 may kuni Toshkent—Bishkek—
Olmaota shaharlari orasida havo transporta aloqasi yo‗lga quyilgan edi. 
Ana shundan beri utgan davr ichida transportning bu xili tez rivojlanib 
ketdi. Hozir havo transporta orqali asosan yo‗lovchilar tashiladi. Shu bilan 
birga bir manzildan ikkinchi bir manzilga tez yetkazish zarur bo‗lgan 
yuklarni, ayniqsa tez buziladigan yuklarni ham tashishda havo 
transportidan foydalaniladi. 
1993 yili «O‗zbekiston havo yo‗llari» Milliy aviakompaniyasi tashkil 
topishi havo yo‗li transporti taraqqiyoti sohasida qo‗yilgan muhim qadam 
bo‗ldi. Bu kompaniya xizmati tufayli Toshkentdan Nyu-York, London, 
Tokio, Pekin, Parij, Istambul, Dehli, Tel-Aviv, Seul, Kuala-Lumpur, Jidda, 
O‗rumchi kabi jahonning ko‗pgina shaharlari bilan havo transporti qatnovi 
amalga oshirilmoqda. Keyinchalik Toshkentdan samolyotlar qatnaydigan 
manzillar ruyxati yanada kengayishiga shubha yo‗q. 
«O‗zbekiston havo yo‗llari» aviakompaniyasi bilan AKShning 
«Boing» kompaniyasi o‗rtasida imzolangan shartnomaga ko‗ra 1996 yil 
avgust oyidan boshlab Toshkent bilan jahonning qator shaharlari, jumladan 
Nyu-York, Afina, Jakarta, Singapur kabi shaharlar orasida «Boing» 
samolyotlari uchishi yo‗lga qo‗yildi. 
2010 - 2017 yillarda havo transporti yo‗lovchi aylanmasi hajmi 5,8 dan 
7,5 mlrd.yo‗lovchiG‗km oshdi, yo‗lovchi aylanmasi bu davrda 4,7 barobar 
oshdi. 
Mustaqillik yillarida havo kemalari parki «Boeing-757-200», «Boeing-
767», «Boeing 767-300 YER», «Boeing 787-8», «Dreanliner», «Airbus», 
«A 310», «A320-200», «RJ-85», va yuklarining «Boeing-767-300BCF» va 
Airbus «A300-600» kabi zamonaviy yo‗lovchi samolyotlar bilan to‗ldirildi.
Shu bilan birga, aviakompaniya tarkibida faoliyat yuritayotgan 
Markaziy Osiyodagi yagona so‗nggi avlod aviatsiya texnologiyasiga 
xizmat ko‗rsatish markazi 300 dan ortiq xorijiy samolyotlarga xizmat 
ko‗rsatmoqda. Bugungi kunda «Navoiy» aeroporti negizida tashkil etilgan 
xalqaro intermodal logistika markazi mintaqadagi eng yirik va eng yuqori 
texnologik havo yuklari komplekslaridan biridir. 


241
MDH davlatlari hududida «Navoiy» xalqaro intermodal logistika 
markazi mahsulotni yuklash, tushirish, joylashtirish, ularni qisqa vaqt 
ichida omborlarga joylashtirish bilan shug‗ullanadigan yagona markazdir. 
Havo sharoitlariga qaramasdan, zamonaviy aviatsiya uskunalari bilan 
jihozlangan xalqaro intermodal logistika markazi turli xil avialaynerlarni 
qabul qilishga muvaffaq bo‗ldi. 
Bugungi kunda u O‗zbekistonni asosiy logistika markazlari Evroosiyo 
- Frankfurt, Milan, Bryussel, Vena, Bazel, Zaragoza, Dubay, Dehli, Inchon, 
Tyanjin, Guangjou, Xanoyi va Shanxay bilan bog‗laydi. Aeroportning yuk 
terminali turli xil harorat sharoitlariga -25 dan Q2 daraja haroratgacha 
bo‗lgan maxsus xonalar bilan jihozlangan.
Qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash keng 
imkoniyatlar mavjud, shuningdek, katta hajmli, og‗ir, havfli va nostandart 
yuklarni eksport va import. Uning sig‗imi kuniga 300 tonnagacha yukni 
saqlash va qayta ishlash imkonini beradi. Xalqaro standartlarga muvofiq 11 
aeroport (Toshkent, Nukus, Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Qarshi, 
Namangan, Andijon, Farg‗ona va Navoiy shaharlarida) modernizatsiya 
qilindi. Toshkent aeroporti Markaziy Osiyodagi eng yirik aeroport 
hisoblanadi. Buxoro, Samarqand va Urganch aeroportlari ham xalqaro 
aeroport maqomiga ega. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish