A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik


 Mintaqada transport tizimini isloh qilish muammolari va



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

 
8.2. Mintaqada transport tizimini isloh qilish muammolari va 
vazifalari 
Temir yo‗l.
«O‗zbekiston temir yo‗llari» AJ O‗zbekiston respublikasi 
hududida joylashgan sobiq O‗rta Osiyo temir yo‗llari bazasida 1994 yil
7 noyabrda tashkil topgan. Mamlakat temir yo‗llarining umumiy uzunligi 
20-yillar boshida 15-89 km ni tashkil etgan bo‗lsa, hozirga kelib umumiy 
temir yo‗l uzunligi 6,1 ming kmni tashkil etadi. Jumladan elektrlashtirilgan 
temir yo‗llar 1714 km.ga etdi yoki ushbu ko‗rsatkich jami temir yo‗llarning 
2019 yil holatiga 39 foizini tashkil etadi. Jamiyatda 54.7 mingdan ortiq 
xodimlar faoliyat ko‗rsatadi. Yillik yukni ayirboshlash barcha turdagi 
transportlarning yuk ayirboshlashi qo‗shilmasining 90% tashkil etadi. 
O‗zbekistonda mavjud bo‗lgan transport turlari orasida yetakchi va 
muhim o‗rinni temir yo‗llar egallaydi. Mamlakatda tashiladigan yuklarning 
66 foiziga yaqini transportning ana shu tarmog‗i zimmasiga tushadi va bu 
transport mamlakat transport tizimining negizini tashkil etadi. 


232
Eksport va import qilinadigan yuklarning qariyb 80 foizi ham temir 
yo‗l transporti orqali amalga oshiriladi. Ushbu yo‗l yordamida 2018 yil 
tashilgan yo‗lovchilar soni qariyib 20 million kishini tashkil etgan. 
Iqtisodiy isloxotlar amalga oshirilayotgan va bozor munosabatlariga 
utilayotgan hozirgi murakkab sharoitda ishlab chiqarish korxonalari, 
tashkilot va mamlakat hududlarining samara bilan ishlashi ko‗p jihatdan 
temir yo‗llarning kay darajada faoliyat ko‗rsatishga bevosita bog‗liq. 
Yuklarning temir yo‗llar yordamida va iloji boricha arzon tashilishi 
iqtisodiyot taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga ega. 
Yana shunisi muhimki, temir yo‗llarda yuk tashishning tannarxi 
avtomobillarda yuk tashishga nisbatan 3-5 marta, havo transportiga 
qaraganda esa 12-15 marta arzon tushadi. 
Mazkur transport turida mehnat xarajatlari ham avtomobil va havo 
transportiga ko‗ra ancha kam. 
Temir yo‗l transportining boshqa transport turlariga nisbatan yana bir 
afzalligi shundan iboratki, bu transport atrof muhitga kam zarar etkazadi, 
uning yuk va yo‗lovchilar tashish qobiliyati juda yuqori bo‗lib, ob-havo 
injikliklari bilan deyarli bog‗liq emas va muntazam ravishda xarakatda 
bo‗ladi. Bu bilan u avtomobil va ayniqsa havo transportidan katta farq 
qiladi. 
O‗zbekistonda temir yo‗llar qurish o‗zining ma‘lum tarixiga ega. 
Mamlakat hududida birinchi temir yo‗l 1888 yilla Farob stantsiyasidan 
Samaqand shahrigacha kurilgan bo‗lib, u Turkmanboshi (Sobiq 
Krasnovodsk shahri) — Chorjuy temir yo‗l tarmorining davomi edi. Uning 
qurilishi keyinchalik davom ettirilib, 1899 yili Andijon va Toshkent 
shahrigacha etkazilgan edi. 
Ikkinchi jahon urushigacha bo‗lgan davrda ham mamlakat hududida 
qator temir yo‗l tarmoqlari kurilgan. Ularga Farg‗ona - Kuvasoy, Asaka -
Shahrixon, Qorasuv - Ush, Uch - kurg‗on - Toshko‗mir, Andijon - 
Tentaksoy kabilar kiradi. 
O‗rta Osiyoning, shu jumladan, O‗zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotida 30-yillarda qurilgan, uzunligi 1400 km dan ziyod bo‗lgan 
Turksib (Turkiston — Sibir) temir yo‗l magistralining bunyod etilishi o‗z 
davrida muhim ahamiyatga ega bo‗ldi. 
Ikkinchi jahon urushining og‗ir yillarida temir yo‗llar qurilishi va ishga 
tushirilishi muhim ishlarni bajarish imkoniyatini berdi. Dushman egallab 
olgan joylardan o‗nlab sanoat korxonalarini Respublikamizga kuchirib 


233
kelinishi, urushga jalb qilinganlarni qurol-yarog‗lar, turli oziq-ovqat 
mahsulotlari, kiyim-kechak va boshqa yuklarni frontga etkazishda temir 
yo‗l transporti katta xizmat qildi. Ana shu davrda temir yo‗l tarmoqlarini 
bevosita sanoat korxonalariga yaqinlashtirish muhim edi. Masalan, yirik 
Angren ko‗mir havzasiga temir yo‗l tarmog‗i o‗tkazildi, Chirchiq 
shahridagi o‗z davri uchun ulkan bo‗lgan va keyinchalik yirik kimyo 
korxonasiga aylangan elektrokimyo kombinatiga yo‗llar qurildi. 
Urush tugab tinch davr boshlangan yillarda mamlakatning mavjud 
temir yo‗llarini qaytadan tiklash va yangi temir yo‗l tarmoqlarini qurish, 
zarur texnika bilan ta‘minlash evaziga transportning bu turi rivojlandi. 
Chunonchi, urushdan keyingi yillarda Mirzachul, Karshi chuli, 
Amudaryoning quyi kismida qo‗riq yerlarni o‗zlashtirish buyicha katta 
ishlar olib borildi. 
Uzunligi 410 km bo‗lgan Kung‗irot-Beynov temir yo‗l tarmog‗ining 
ishga tushirilishi O‗rta Osiyo iqtisodiy mintakasidan Kozog‗istonga, Sobiq 
SSSRning Evropa qismiga, Kavkaz hududlariga ikkinchi yo‗l orqali 
chiqish imkonini yaratdi. Yuk va yo‗lovchilarni uzoq aylanma yo‗llar 
orqali tashishga barham berish transport xarajatlarini kamaytirishga ijobiy 
ta‘sir ko‗rsatdi. Shu bilan birga, Qung‗irot-Beynov temir yo‗l tarmog‗i 
Amudaryoning quyi qismi tabiiy resurslarini o‗zlashtirishga va mazkur 
mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga imkon yaratdi. 
Yuqori qayd etganimizdek, mamlakat temir yo‗llarining umumiy 
uzunligi 20-yillar boshida 15-89 km ni tashkil etgan bo‗lsa, hozirga kelib u 
6,1 ming km ga etgan hamda temir yo‗llar uzunligi borasida ancha ishlar 
qilingan bo‗lsada, hali mamlakatimizda bu tizim talab darajasida emas. 
Masalan, O‗zbekistan temir yo‗l zichligi buyicha nafakat «Uzok» xorij 
mamlakatlaridan, balki Ukraina, Belorussiya, Boltiqbuyi davlatlaridan ham 
orqada turadi. 
Samaqand, Sirdaryo, Farg‗ona, Qashqadaryo viloyatlari temir yo‗l 
tarmoqlari bilan biroz yaxshi ta‘minlangan. Korakalg‗oriston Respublikasi, 
Buxoro, Navoiy va Surxondaryo viloyatlari esa bu borada ancha orqada. 
O‗zbekiston Respublikasi xukumati 1995 yil avgust oyida G‗uzor- 
Boysun - Qumqo‗rg‗on temir yo‗lini qurish to‗g‗risida Qaror qabul qildi. 
Ushbu yo‗l mamlakatimizning janubiy hududlari-Qashqadaryo va 
Surxondaryo viloyatlari tabiiy boyliklari hamda mavjud boshqa 
imkoniyatlardan unumli va samarali foydalanish imkonini beradi, mazkur 
hududda istiqomat qiluvchi aholining ish bilan bandlik darajasini ko‗tarish 


234
imkonini ham yaratadi. G‗uzor - Boysun - Qumqo‗rg‗on temir yo‗li 
Surxondaryo viloyatidagi Sariosiyo stantsiyasidan Qashqadaryodagi Qarshi 
stantsiyasigacha bo‗lgan masofani qariyb ikki martaga qisqartiradi. 
Amalga oshirilgan bu buyuk ishlarning eng muhim ahamiyati va 
mohiyati shundaki, o‗zbek xalqi o‗z kuch-qudratini va nimalarga qodir 
ekanini yana bir bor namoyon etdi. Buni dengiz sathidan 1800 metr 
balandlikda, qattiq qoya toshlardan iborat tog‗li hududlar bo‗ylab, yozning 
jazirama issig‗i, garmsellari, qishning izg‗irin shamollari ostida temir yo‗l 
izlari yotqizilgani, Toshguzar va Dehqonobod, Oqrabot va Darband, 
Boysun va Qumqo‗rg‗on kabi 6 ta yangi stansiya va yo‗lovchi 
platformalariga ega bo‗lgan 9 ta bekat barpo etilgani misolida ham ko‗rish 
mumkin. 
Ayniqsa, barcha stansiyalarda yo‗l xavfsizligini ta‘minlaydigan ishlab 
chiqarish obyektlari, maktab, tibbiyot maskanlari, suv va gaz tarmoqlari 
kabi ijtimoiy infratuzilma inshootlari barpo qilingani bu loyihaning eng 
zamonaviy 
talablar 
darajasida 
amalga 
oshirilganini 
ko‗rsatadi. 
«Toshguzar–Boysun–Qumqo‗rg‗on» temir yo‗lining qurilishi jarayonida 
43 ta ko‗prik, jumladan, temir yo‗l ko‗priklari va yo‗l o‗tkazgichlari singari 
murakkab muhandislik inshootlari yaratildi. Bu ko‗priklarning 9 tasi dengiz 
sathidan 1500 metr balandlikda bunyod etilgani, bu borada ilgari 
O‗zbekiston tajribasida ko‗rilmagan mislsiz ishlar bajarilganini ko‗rsatadi. 
Mazkur temir yo‗lining qurib, ishga topshirilishi respublika 
rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‗ldi. Bu yo‗l respublikaning janubiy 
mintaqasi – Qashqadaryo va Surxondaryo vohalarini boshqa hududlar bilan 
bog‗laydigan, qon tomirday zarur bo‗lgan vositani, butun mamlakat 
bo‗ylab yagona va yaxlit temir yo‗l transport kommunikatsiya tizimini 
barpo etishga imkon berdi. 
Mamlakatimizda yaxlit temir yo‗l tarmog‗ini shakllantirish bo‗yicha 
strategik yo‗nalishlar belgilab olindi. Bu borada 1994-2001 yillarda 
uzunligi 700 kilometrga yaqin «Navoiy–Uchquduq–Nukus» temir yo‗li 
qurib bitkazildi. Natijada, ushbu temir yo‗l liniyasi ishga tushirilgan 
dastlabki yillardanoq, Qoraqalpog‗iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga 
katta miqdorda har xil xalq iste‘mol yuklari yetkazib berila boshlandi. 
Bu yo‗l O‗zbekistonning chet davlatlarga, avvalo, Transafg‗on temir 
yo‗l koridori orqali yaqin kelajakda to‗g‗ridan-to‗g‗ri Hind okeani, Janubiy 
va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari portlariga chiqish va eksport 


235
imkoniyatini, shu bilan birga, respublikaning tranzit rolini kengaytirish 
borasidagi salohiyatini keskin oshirdi. 
Temir yo‗l tarmog‗ining ishga tushirilishi natijasida yuk tashish va 
yo‗lovchilar qatnovini tashkil qilish, temir yo‗llarga xizmat ko‗rsatish va 
yo‗l xavfsizligini ta‘minlash uchun 2,5 mingga yaqin qo‗shimcha yangi ish 
o‗rni yaratildi. Yangi tashkil etilgan korxonalar va xizmat shoxobchalarida, 
ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalarida esa qo‗shimcha 
tarzda 4 mingdan ortiq kishi ish o‗rinlariga ega bo‗ldi. 
Mintaqaning tabiiy yer osti boyliklarini o‗zlashtirish uchun yangi 
imkoniyatlar paydo bo‗ldi. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining 
ijtimoiy-iqtisodiy hayoti tub burilishlarga yuz tutib, aholining turmush 
farovonligi oshdi. Yuk va yo‗lovchi tashish masofasi 170 kilometrga, 
harakat vaqti esa 7 soatga qisqardi. Natijada temir yo‗l bo‗ylab 
tashilayotgan tranzit va mahalliy yuklar salmog‗i sezilarli miqdorda 
ko‗paydi. O‗tgan yili mazkur temir yo‗ldan bir yilda o‗rtacha 5 million 
tonna yuk o‗tkazilayotgani, shundan qariyib 80 foizi tranzit yuklar ekanligi 
ana shundan dalolat beradi. 
Respublikaning 
xorijga, 
jumladan, 
mamlakatimiz 
janubidagi 
davlatlarga chiqishida Mashxad—Seraxs —Tajan temir yo‗lining qurilishi 
muhim voqea bo‗ldi. 1996 yil 13 mayda Eron Islom Respublikasining 
Mashxad shahrida uzunligi salkam 300 km bo‗lgan bu temir yo‗l 
tarmog‗ining tantanali ochilish marosimi bo‗lib utdi. Bu yo‗l eng qisqa 
masofa orqali Markaziy Osiyo mamlakatlarini Fors qo‗ltig‗i bilan 
bog‗laydi va tashqi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga keng 
imkoniyatlar ochib beradi.
Markiziy Osiyo hududida Toshkentdan Samarqandgacha ilk tezyurar 
yo‗lovchi harakatni tashkil qilish maqsadida 2008 yil «O‗zbekiston temir 
yo‗llari» AJ va «Talgo» (Ispaniya) kompaniyasi o‗rtasida 2 ta tezyurar 
yo‗lovchi elektropoezdlarni sotib olish to‗g‗risida bitim imzolandi. 
2011 
yil 

oktyabrdan 
«Afrosiyob» 
(Ispaniyaning 
«Talgo» kompaniyasi tomonidan islab chiqarilgan) yuqori tezlikda 
xarakatlanadigan poezdi Toshkent-Samarqand-Toshkent 161G‗162 sonli 
yo‗nalishga ishga tushirildi. 
Yangi tezyurar poezd bu marshrut orqali xizmat ko‗rsatadigan boshqa 
elektr poezdlar bilan birga, Toshkent va Samarqand shaharlari o‗rtasida 
harakat qiladi. Yuqori tezlikdagi «Afrosiyob» poezdi ikki soat va o‗n besh 


236
daqiqa ichida 344 km temir yo‗l masofasini bosib o‗tadi. Maksimal tezligi 
soatiga 250 kilometrni tashkil etadi. 
O‗zbekiston temir yo‗llarini doimiy tok asosida elektrlashtirish 1971 
yilda boshlangan. So‗nggi loyihalardan biri To‗qimachi-Angren temir yo‗l 
uchastkasini elektrlashtirish edi, bu 2010 yilda amalga oshirildi. 
Ko‗rsatilgan 
temir 
yo‗l 
uchastkasini 
ishga 
tushirish 
hisobiga 
elektrlashtirilgan uchastkalar uzunligi 1601 km ga etdi. 
Loyihaning maqsadi bu uchastkada mavjud bo‗lgan dizel tortishni 
o‗zgaruvchan tokli elektr tortishga o‗zgartirish edi, bu Toshkent hududida 
barcha temir yo‗l liniyalarini zamonaviy texnologiyalarga o‗tishni 
yakunlashga olib keladi. 
Loyihaning maqsadi bu uchastkada mavjud bo‗lgan dizel tortishni 
o‗zgaruvchan tokli elektr tortishga o‗zgartirish edi, bu Toshkent hududida 
barcha temir yo‗l liniyalarini zamonaviy texnologiyalarga o‗tishni 
yakunlashga olib keladi. 
Butun uchastka bo‗ylab yangi texnologiyalar - SCADA masofadan 
boshqarish tizimi, aloqa tizimi, tortish podstansiyalari, mikroprotsessor 
markazlashtirish tizimi, o‗q va telekommunikatsiya elektron hisoblash 
tizimlari joriy qilingan. Elektr ta‘minot tizimi poezdlarning soatiga 160 km 
gacha tezlik bilan harakatlanishini hisobga olgan holda qurilgan. 
Qurilish paytida umumiy uzunligi 265 m bo‗lgan 3 ta ko‗prik, 2258 ta 
elektr minoralar, elektr podstansiyalar, poezdlar harakat xavfsizligini 
ta‘minlovchi zamonaviy uskunalar va nazorat asboblar bilan jihozlangan 
navbatchi punktlari va markazlashtirilgan elektr ta‘minot postlari uchun
6 ta bino va inshootlar barpo etildi. 
Hozirgi 
vaqtda 
Maroqand-Qarshi, 
Qarshi-Termiz 
temir 
yo‗l 
uchastkalarini 
elektrlashtirish, 
yangi 
elektrlashtirilgan 
Angren-Pop 
liniyasini qurish investitsion loyihalari amalga oshirildi. 
2016 yilning 22 iyunda O‗zbekiston va Xitoy hamkorligining yirik va 
istiqbolli loyihasi ijrosi – Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‗li hamda 
Qamchiq tunneli foydalanishga topshirildi. 
Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‗l liniyasini barpo etishdan 
maqsad ham nafaqat Farg‗ona vodiysi viloyatlari va mamlakatimizning 
boshqa hududlari o‗rtasida temir yo‗l orqali yuk va yo‗lovchi tashish 
imkoniyatini yaratish, shu bilan birga, Xitoy – Markaziy Osiyo – Evropa 
yangi xalqaro tranzit temir yo‗l koridorining eng muhim bo‗g‗ini bo‗lishi 
nazarda tutilgan edi. Uzunligi 123,1 kilometr bo‗lgan Angren-Pop temir 


237
yo‗lining Qamchiq dovonidan o‗tgan qismida 19,2 kilometrlik tunnel barpo 
etildi. 
Ushbu 
qurilish 
jarayonlari 
davomida 
o‗zbekistonlik 
temiryo‗lchilarning salohiyatiga xitoylik mutaxassislar qoyil qolishdi, 
xitoyliklarning mahoratiga o‗zbekistonliklar tasannolar aytishdi. Katta 
mehnat g‗alabasiga har ikki tomonning yuksak mehnati, hamjihatligi 
tufayli muddatidan avval erishildi. 
2017 yilda 
Prezidentimiz 
Shavkat 
Mirziyoev 
Xitoy 
Xalq 
Respublikasiga davlat tashrifi davomida Xitoy ishbilarmon doiralari 
vakillari bilan uchrashdi. Aynan ana shu anjumanda Davlatimiz rahbari 
Xitoyning «China Railway Tunnel Group» kompaniyasiga Angren-Pop 
temir yo‗lining Qamchiq dovoni qurilishining muvaffaqiyatli amalga 
oshirilganligi uchun alohida minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, mazkur 
tashrif doirasida ko‗plab sohalar, xususan, transport va kommunikatsiya 
infratuzilmasini rivojlantirish borasida «O‗zbekiston temir yo‗llari» 
aktsiyadorlik jamiyati bilan XXRning yetakchi quruvchi kompaniyalari 
o‗rtasida samarali kelishuvlarga erishildi. 
Bugungi kunda ushbu temir yo‗l orqali Toshkent – Andijon – Toshkent 
yo‗nalishida har kuni zamonaviy tezyurar yo‗lovchi poezdlari aholiga 
xizmat ko‗rsatmoqda. Andijon – Buxoro – Andijon yo‗nalishida haftasiga 
ikkita yo‗lovchi poezdi, haftada bir marotaba Andijon – Urganch – 
Andijon, Andijon – Moskva – Andijon yo‗nalishlarida yo‗lovchi poezdlari 
qatnovi tashkil etildi. Bundan tashqari, bir sutkada o‗nlab yuk poezdi 
Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‗li orqali o‗tib, yuklarni o‗z 
manziliga etkazmoqda. 
Xususan, mazkur temir yo‗l orqali, bir yil davomida 413 ming 162 
nafardan ortiq yo‗lovchiga xizmat ko‗rsatildi, 7395,6 ming tonna yuk 
tashildi. Shuningdek, 1718 ta yangi ish o‗rinlari yaratildi. 
Mustaqillik yillarida temir yo‗llarni elektrlashtirish ishlariga katta 
ahamiyat qaratildi. O‗tgan davrda Xovos–Bekobod, Xovos–Jizzax 
liniyalari 
elektrlashtirildi 
va 
Maroqand–Qarshi, 
Maroqand-Buxoro 
yo‗nalishlarini elektrlashtirish ishlari 2016 yilda yakunlandi. Toshkent–
Samarqand–Buxoro, Toshkent-Samarqand-Qarshi yo‗nalishlarida tezyurar 
elektropoezdlar qatnay boshladi. Natijada poezdlardan foydalanish 
xarajatlarini 20 foizga kamaytirish, yo‗lovchi va yuk tashish tezligini 1,3 
barobar oshirish imkoni yaratildi. Markaziy Osiyo mintaqasida eng birinchi 
bo‗lib yuqori tezlikda harakatlanuvchi Toshkent, Samarqand, Qarshi va 


238
Buxoro shaharlarini bog‗lovchi «Afrosiyob» poezdlari qatnovi yo‗lga 
qo‗yildi. 
Jamiyat lokomotiv parklarini, yo‗lovchi va yuk vagonlarini yangilash 
bo‗yicha bir qator loyihalarni amalga oshirish muhim masalardan biridir. 
«O‗zbekiston temir yo‗llari» AJ korxonalarida yo‗lovchi va yuk 
vagonlarini seriyali ishlab chiqarish o‗zlashtirildi. Bu, hususan, havoni 
sovitish moslamasi bilan johozlangan kupeli vagonlar, yuk vagonlarining 
eng katta talabga turlari – yopiq, neft mahsulotlari uchun sisternalar, 
yarimvagonlar va boshqalar. 
Bundan tashqari, temir yo‗l infratuzilmasi va harakatlanuvchi tarkib 
uchun ehtiyot qism, uzel va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va 
import o‗rnini bosishni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish