A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

Tuproq eroziyasi.
O‗zbekiston hududi tabiiy-iqlim sharoitiga ko‗ra 
cho‗llanish va tuproqning anchagina emirilish jarayonlariga uchragan. 
O‗zbekiston hududidagi eng jiddiy ekologik muammolar quyidagilar: 
tuproqning sho‗rlanishi, 
eol va suv eroziyasi
, yaylovlarda em-xashak 
mahsuldorligining pasayishi, o‗rmonsizlanish va boshqalar. 
Tuproq eroziyasi – agrotizimning asosiy muammolaridan bo‗lib, 
tuproqning ifloslantiruvchilari uchun bufer va filtr bo‗lib xizmat qilish, 
yashash muhitini ta‘minlash qobiliyati va bioxilma xillikni ushlab turish 
kabi funktsiyasiga jiddiy ta‘sir qiladi. Tuproq eroziyasi deganda 
vaqtinchalik suv oqimi yoki shamol bilan tuproqning ustki qismini uzib 
olish, ko‗chirish va qatlam hosil qilish kabi o‗zaro bog‗liq bo‗lgan 
jarayonlar yig‗indisi tushuniladi. Shuning uchun eroziyaning ikkita turi 
farqlanadi: suv va eol.

Eol eroziya (shamol eroziyasi, deflyatsiya) – dinamik jismoniy jarayon 


bo‗lib, tuproq buzilishiga olib keladi, yumshoq, qurib ketgan, bo‗shab 
qolgan yer ustidan kuchli shamol o‗tganda yuzaga keladi. U chang bo‗ron 
(zarrachalar muallaq holatda) va mahalliy eroziya ko‗rinishida namoyon 
bo‗ladi. Aniqlanganki, 2,5 sm qalinlikdagi tuproq qatlami buzilishi bilan 
har bir gektardan qariyb 15 t gumus, 1000 kg azot, 200 kg fosfor uchib 
ketadi. Shamol eroziyasi natijasida urug‗lar uchib ketadi, qishloq xo‗jaligi 
ekinlari nobud bo‗ladi va zarar ko‗radi, o‗g‗itlar yerga singmay daladan 
tashqari chiqib ketadi, tuproq unumdorligi pasayadi, oxir-oqibat, turli 
ierarxiyadagi ekologik tizimlar buziladi. Bu esa iqtisodiy, ijtimoiy 
muammolar yuzaga kelishiga olib keladi. Eol eroziya butun dunyoning arid 
va yarimarid iqlim sharoitli mamlakatlarida milliy va baynalmilal 
muammodir 
O‗zbekiston hududida 3 viloyat tabiiy sabablarga ko‗ra shamol 
eroziyasiga duch keladi: Qashqadaryo viloyati, Surxondaryo viloyatining 
janubi-sharqiy chekkalari hamda Farg‗ona viloyatining g‗arbiy qismi. 
Bundan tashqari, O‗zbekistonning sug‗oriladigan erlarida shamol eroziyasi 
Farg‗ona, Zarafshon vodiylari va Qarshi cho‗llarida yoyilgan. O‗zbekiston 
hududi tekisliklarining katta qismidagi tuproq, jumladan, Ustyurt yassi 
tog‗lari, Janubiy Orololdi, Qizilqum o‗rtacha eroziyaga uchragan deb 


219
baholanadi. Iqlim o‗zgarishi bilan eroziya jarayoni kuchaydi. Agar 1965 
yilda O‗zbekistonda sug‗oriladigan maydonning 395,1 ming gektar shamol 
eroziyasiga uchragan bo‗lsa, 2018 yilda esa bu maydon 1,5 martaga ortib 
628,4 ming gektarga etdi. 
Tuproqning eol eroziyasining intensivligiga, birinchi navbatda, 
quyidagi omillar ta‘sir ko‗rsatadi: shamolning tezligi va yo‗nalishi; tuproq 
ustki qatlamining fizik-ximik holati; atmosfera va to‗shaladigan yuza 
oralig‗idagi chegara qatlamning harorat va shamol gradientlari. Eol 
eroziyasi jarayonlarining rivojlanishiga antropogen omillarning ta‘sir 
ko‗rsatishiga ham hech shubha yo‗q. Bu, birinchi navbatda, aholi sonining 
o‗sishi hamda ularni suv va oziq-ovqat resurslari bilan ta‘minlash 
zaruratiga bog‗liq. Erdan intensiv foydalanganda tuproqqa ortiqcha ta‘sir 
etish birdan kuchayish ro‗y beradi. Bu holat uning sho‗rlanishi, kimyoviy 
moddalar bilan zararlanishi (pestitsidlar, og‗ir metallar) gumusning 
kamayishi hamda boshqa salbiy oqibatlarni yuzaga keltiradi. 
Tuproq emirilishiga olib keladigan jarayonlardan ko‗riladigan zararni 
imkon 
qadar 
kamaytirish 
uchun 
doimiy 
ekologik 
monitoring 
ma‘lumotlariga asoslangan bir qator tadbirlar majmuini ishlab chiqish 
zarur. Shamol eroziyasi bilan kurashning an‘anaviy usuli fitomeliorativ 
tadbirlarni o‗tkazishdir. Shu maqsadda iloji boricha uzoq vaqtga tuproq 
yuzasini vegetativ qoplam bilan yopish, dalani himoyalovchi o‗rmon ixota 
tizimini yaratish hamda asrab-avaylash va boshqalarga e‘tibor qaratish 
lozim. Muammoli hududlarda joylashgan sug‗oriladigan yerlar uchun iqlim 
o‗zgarishi sharoitida quyidagi tadbirlar juda zarur: sug‗orish uchun katta 
miqdorda suv talab qilmaydigan qishloq xo‗jaligi ekinlarini tanlab olish 
hamda navlar bilan selektsion ishlar olib borish; yuqori darajadagi 
agrotexnika, ekishning asoslangan muddatlari, mineral va organik 
o‗g‗itlarni o‗z vaqtida solish, imkon boricha, tomchilab sug‗orishni 
qo‗llashga rioya qilish. 
Bu borada mamlakatimizda keng ko‗lamli islohotlar amalga 
oshirilmoqda. Xususan, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2018 yil 5 iyundagi «Sug‗oriladigan yerlarni shamol eroziyasiga hamda 
suv xo‗jaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlari barpo 
etish va rekonstruktsiya qilish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi Qarori qabul 
qilindi. Mazkur qaror ijrosini ta‘minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 
xuzuridagi Sug‗oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash 
Jamg‗armasining 2018 yil uchun meliorativ tadbirlarni moliyalashtirishga 


220
494,6 mlrd. so‗m mablag‗lar sarflagan. Jumladan, meliorativ texnikalar 
sotib olish 40,0 mlrd. so‗m, tomchilatib sug‗orish tizimini joriy qilish 
uchun 10,0 mlrd so‗m, ixota daraxtzorlarini barpo etish maqsadlarida 2.5 
mlrd so‗m mablag‗lar yo‗naltirilgan.
Hozirgi kunda mamlakatning o‗rmon xo‗jaliklari Orol dengizining 
qurigan tubida 500 ming gektardan ortiq maydonlarda o‗rmon ixotazorlari 
barpo etilgan va bu ishlar har yili muntazam amalga oshirib kelinmoqda. 
2018 yilning 29 noyabrida O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti 
«Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‗g‗risida»gi farmoni 
qabul qilingan edi. 
Farmonga ko‗ra, qishloq xo‗jaligiga innovatsiyalarni joriy etish 
sohasida eng avvalo, mavjud yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona 
foydalanish imkonini beruvchi «Aqlli qishloq xo‗jaligi» kontseptsiyasiga 
asoslangan qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishining zamonaviy sinalgan 
shakllarini joriy etish, agrar sektorda qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini 
maksimal darajada avtomatlashtirish, hosildorlikni jiddiy oshirish va 
moliyaviy ko‗rsatkichlarni yaxshilash, shuningdek, mamlakat oziq-ovqat 
xavfsizligini ta‘minlash imkonini beruvchi innovatsion g‗oyalar, 
ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishga ko‗maklashish kabi vazifalar 
vazirlikning asosiy faoliyat yo‗nalishlari etib belgilandi. 
Olimlarning taxminlariga ko‗ra, 2050 yilga borib Yer sayyorasi aholisi 
9,6 milliardga etib, ularni oziq-ovqat bilan ta‘minlash uchun bugungiga 
nisbatan 70 foiz ko‗p mahsulotlar kerak bo‗lar ekan. Ammo, ekologik 
vaziyatning yomonlashishi, energiya vositalarining qimmatlashuvi va yer 
unumdorligining pasayib ketishi talab darajasidagi oziq-ovqat ishlab 
chiqarishga jiddiy to‗siq bo‗lishi ham ta‘kidlanmoqda. Xo‗sh, unda 
kelajakda bashariyat ochlikka mahkum bo‗ladimi? Albatta, yo‗q. Bu 
muammolarni dehqonchilik faoliyatini o‗zgacha usullar asosida boshqarish, 
xususan, sohaga narsalar interneti kontseptsiyasi kabi zamonaviy 
texnologiyalar va innovatsion yyechimlar kiritish, bir so‗z bilan aytganda
«aqlli» qishloq xo‗jaligi orqali hal etish mumkin. 
«Future Market Insights» tahlilchilariga ko‗ra, dunyoda «aqlli» qishloq 
xo‗jaligiga o‗tish sekinlik bilan, ammo ishonchli tarzda amalga oshirilyapti. 
Bozorning katta qismi (53 foizi) Shimoliy Amerikada joylashgan.
Bu AQSH fermerlari tomonidan aqlli innovatsiyalarga bo‗lgan kuchli 
qiziqish bilan bog‗liqdir. IT-texnologiyalar yer maydonlarida asosan don 


221
ekinlari etishtirishda faol qo‗llanilyapti va bu «aniq dehqonchilik» nomi 
bilan atalyapti. 
Umuman olganda, «Goldman Sachs Group» tahlilchilari ko‗plab 
mamlakatlar «analog»dan «aqlli»ga o‗tish orqali o‗z qishloq xo‗jaligini 
faol rivojlantirib borayotganini tasdiqlashyapti. Ularning prognoziga ko‗ra, 
yangi texnologik yechimlarni joriy etish bilan 2050 yilga borib 
dehqonchilikni dunyo bo‗yicha 70 foizga oshirishga erishish mumkin. Bu 
deyarli 800 mlrd. dollarlik qo‗shimcha mahsulot demakdir. 
Albatta, bularning ustida ishlash uchun hozirgidan tamomila boshqacha 
mashinalar va agregatlar kerak. Ta‘kidlash joizki, qishloq xo‗jaligi 
texnikalari ishlab chiqaruvchi dunyoning yetakchi kompaniyalari o‗z 
taraqqiyot strategiyalarini dehqonchilik jarayonlarini raqamlashtirish va 
avtomatlashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda belgilab olishni 
allaqachon boshlab yuborishgan. 
Agrar texnikalar sohasida «aqlli» qurilmalarni qo‗llash darajasi 
bo‗yicha Evropa hozircha AQShdan ortda qolmoqda. EIda 80 foiz qishloq 
xo‗jaligi texnikalari navigatsiya tizimlari bilan sotilishiga qaramay, 
ularning qariyb 30 foizi amalda tarmoqqa ulangan xolos. Bunga sabab, 
EIda yirik fermer xo‗jaliklari AQShdagiga nisbatan ancha kam. Chunki 
Evropada etarli texnikalarga ega kichik oilaviy fermalar ustuvorlik qiladi 
va 
ularni 
ancha 
qimmat 
bo‗lgan 
«aqlli»lariga almashtirishga 
shoshilishmaydi. 
Uchuvchisiz transport vositalari. Tractica konsalting kompaniyasi 
ma‘lumotiga ko‗ra, 2024 yilga borib, qishloq xo‗jaligi robotlari yetkazib 
berish 32 mingtaga oshib, 594 ming birlikni tashkil etadi. 2016 yili dunyo 
bo‗yicha agrar ishlab chiqarish kompleksi (AIChK)ni robotlar bilan 
ta‘minlovchi 150dan ortiq sanoat ishtirokchilari ro‗yxatga olingan. 
Tahlilchilar AIChKda robotlar qo‗llashning quyidagi muhim sohalariga 
e‘tibor qaratishadi: 

haydovchisiz traktorlar va uchish apparatlari; 

moddiy resurslarni boshqarish; 

qishloq xo‗jaligi vegetatsiyasi avtomatlashtirilgan tizimlari; 

o‗rmon va yerosti boshqaruvi; 

qoramol fermalarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari. 
Traktor va yuk tashuvchi mashinalarga o‗rnatilgan o‗ziyurar 
tizimlarning inson omili ta‘sirini kamaytirish bilan bir qatorda, yana bir 


222
muhim afzalligi bor: ular don va yonilg‗i o‗g‗irligini kamaytirishga imkon 
beradi. 
Intellektual fermalarda nafaqat haydovchisiz transport vositalari, balki 
kamera va yuqori sezuvchi sensorlar bilan ta‘minlangan uchuvchisiz uchish 
apparatlaridan ham foydalanish mumkin. Ular bir necha soat davomida 
qishloq xo‗jaligi uchastkalarida tadqiqot olib borish, kamera va sensorlar 
yordamida yiqqan ma‘lumotlarni fermerga yetkazish, maydonlar elektron 
xaritasini 3D formatda yaratish, ekinlarni samarali o‗g‗itlash maqsadida 
me‘yorlashtirilgan vegetatsiya indeksini hisoblash, olib borilayotgan 
ishlarni xatlash, erni himoyalash va boshqa imkoniyatlarga ega. Hozirda 
uchuvchisiz qurilmalardan AQSH, Xitoy, Yaponiya, Braziliya va YI 
mamlakatlari qishloq xo‗jaliklarida keng foydalanilmoqda. 
Dehqonchilikda datchik va sensorlardan foydalanish — intellektual 
ferma tashkil etishda muhim qadam hisoblanadi. O‗nlab kvadrat kilometr 
joydan ular radiokanallar orqali nazoratdagi obyektlar holati — asosan, 
tuproqning namlik darajasi, harorat, o‗simlikning sog‗lomlik darajasi, 
yonilg‗i zaxirasi va boshqa muhim parametrlar haqida uzluksiz ma‘lumot 
yetkazib tura oladi. 
Masalan, 
nazorat 
nuqtalariga 
o‗rnatiladigan sensorlar tuproq 
xususiyatlarining asosiy tizimlarini aniqlashga moslashtirilgan. Datchiklar 
esa tabiiy xilma-xillik (relef, tuproq turi, yorug‗lik, ob-havo, begona o‗tlar 
va zararkunandalar miqdori), kasallikka chalingan o‗simlik, hosildorlik 
haqida oldindan ma‘lumot beradi. Sensor va datchiklar nafaqat ekin 
etishtirishga, balki hosilni to‗liq saqlashga ham yordam beradi. Bularning 
bari o‗simliklarni parvarishlashga aql bilan yondashuvni ta‘minlaydi. 
Elektron qurilmalar chorvachilik va baliqchilik xo‗jaligini samarali 
boshqarishga ham yordam beradi — qoramollar joylashgan joy va ob-havo 
o‗zgarishlarini nazorat qiladi. Bunday qurilmalar orqali fermerlar 
allaqachon jonivorlar homiladorligi, sog‗ish vaqti va kasallik belgilarini 
aniqlashni o‗rganib olishgan. 
Qoramollarni sun‘iy yo‗ldosh orqali nazorat qiluvchi «FindMySheep» 
mashinalararo yechimi bunga ajoyib misol bo‗la oladi. Bu tizim datchiklari 
xaritada har qanday hayvonning harakatini ko‗rsatib, ularni biriktirib 
turadi. «General Alert»ning boshqa bir tizimi esa fermalardagi hayvonlarni 
kuzatish bilan birga, ularning salomatliklarini ham tekshiradi. 
Dunyo bo‗yicha 70 foiz toza suv qishloq xo‗jaligi uchun sarflanar
achinarlisi uning 60 foizi shunchaki isrof bo‗lib ketar ekan. Bu muammoni 


223
ham aqlli tizim hal qiladi — tizim suv nasoslarini masofadan turib 
boshqarish imkonini berib, fermerlarni suv oqishi va etishmovchiligi 
haqida ogohlantiradi. Hindistonlik fermerlar bu borada «Nano Ganesh» 
mobil tizimidan foydalanishadi. Tizim yordamida ular suvni, mablag‗larini 
va vaqtlarini tejab qolishga erishmoqdalar. 
Chilida esa mevalar plantatsiyasini datchiklar bo‗yicha sug‗orish suv 
sarfini 70 foizga kamaytirish imkonini bermoqda. Albatta, bunday 
tadqiqotlar dunyo bo‗ylab olib borilyapti. Masalan, NASA AQSH 
geologiya xizmati bilan hamkorlikda sun‘iy yo‗ldosh yordamida shtatlar 
hududida tuproq namligi haqida dolzarb ma‘lumotlarni qo‗lga kiritgan. 
Qishloq 
xo‗jaligiga 
intellektual 
texnologiyalarni 
joriy 
etish 
iste‘molchilari, albatta, fermerlar va fermalar rahbarlaridir. Texnologik 
provayderlar esa yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Ular iste‘molchilar 
uchun innovatsion dasturlar yoki mobil ilovalar, M2M uskunalari, 
datchiklar va kuzatuv qurilmalari, aloqa kanallari, ma‘lumotlarni tahlil 
qilish vositalari va boshqa aqlli yechimlar ishlab chiqish uchun javobgardir. 
Ammo, har bir ferma (har bir fermer) ham internetga ulangan emas. Hatto 
tarmoqqa ulanish uchun uncha katta bo‗lmagan fermaga etarlicha sarmoya 
lozim. Byudjeti kam xo‗jaliklarga qanday yordam berish kerak? 
Masalan, 10 million kamrentabelli fermalarga ega Afrikada «Esoko» 
mahalliy ishlanma yordamga keldi. Ishlanma fermerlarga xo‗jaliklari 
holati, ob-havo, mahsulot etishtirish bo‗yicha tavsiyalar haqidagi muhim 
ma‘lumotlarni taqdim etadi. Shu tizimda «eBay» usulidagi internet-do‗kon 
ham faoliyat ko‗rsatadi. Uning eng ommalashgan funktsiyasi fermerlarga 
turli mahsulotlarning joriy narxini ko‗rsatib turishidir. Bu orqali ular 
mahsulotini foydali narxlarda sota oladilar. Mazkur tizim natijasida shaxsiy 
xo‗jaliklar daromadi ikki yilda 12 foizga o‗sgan. 
Yaponiyaning «SoftBank» mediakorporatsiyasi esa iyo‗l oyida 
Kolumbiyada aqlli datchiklar parvozi sinovini yakunladi. Sholi maydonlari 
uchun mo‗ljallangan bu qurilma tuproq va suvning ozuqaviy miqdori, 
namlik va harorat darajasini o‗lchaydi hamda yig‗ilgan ma‘lumotlarni 
smartfonlar orqali har bir fermerga individual jo‗natadi. 
O‗zining barcha afzalliklariga qaramay, aqlli qishloq xo‗jaligi hali 
rivojlanishning 
boshlang‗ich 
bosqichida. 
«AQShning 
Trimble» 
kompaniyasi hisobotiga ko‗ra, dunyodagi har to‗rtta fermadan faqat bittasi 
ma‘lumotlar yig‗ish bazasidan foydalanadi. Bunga moliyaviy omillar 
(bunday infratuzilmani tashkil etish fermerlar tomonidan salmoqli dastlabki 


224
sarmoya talab qiladi) asosli to‗siq bo‗lib turibdi. Bundan tashqari, 
ma‘lumotlar xavfsizligi, dehqonchilikdagi o‗ziga xos siyosat va ob-havo 
ham aksariyat fermerlarni ikkilantiradi. 
Aqlli texnologiyalar nafaqat dehqonchilik, bog‗dorchilik yoki 
chorvachilikda, balki baliqchilik sohasida ham o‗z samarasini bermoqda. 
Baliqlar migratsiyasini kuzatib borish va baliq ovlash uchun eng yaxshi 
joyni tanlash, ozuqa namunalarini tahlil qilish, ehtimoliy kasalliklarni 
aniqlash kabilarni endi zamonaviy texnik qurilmalar, monitorlar yoki GPS 
datchiklari yordamida amalga oshirsa bo‗ladi. Shuningdek, suvning sifati 
haqida ham ma‘lumot olish mumkin. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish