A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik


-jadval. Qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

7.4-jadval. Qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh 
qilishning huquqiy asoslari 
 
Qishloqda agrar munosabatlarni isloh qilishning huquqiy asoslari 
Bevosita talluqli qonunlar 
Asosiy qonunlar 
Bilvosita talluqli qonunlar 
Yer kodeksi 
O‗zbekiston Respublikasi 
davlat mustaqilligi asoslari 
to‗g‗risida 
Davlat tassarufidan chiqarish 
va xususiylashtirish to‗g‗risida 
Yer to‗g‗risida 
Ijara to‗g‗risida
Qishloq xo‗jaligi 
kooperativi (shirkat 
xo‗jaligi) to‗g‗risida 
Tadbirkorlik erkinliklari va 
kafolatlari to‗g‗risida 
Fermer xo‗jaligi to‗g‗risida 
O‗zbekiston Respublikasi 
Konstituttsiyasi 
Yer solig‗i to‗g‗risida 
Soliq kodeksi 
Dehqon xo‗jaligi to‗g‗risida 
Fuqarolik kodeksi 
Aholini ish bilan ta‘minlash va 
bandlik to‗g‗risida 
Naslchilik to‗g‗risida 
Banklar va bank faoliyati 
to‗g‗risida 
Suv va suvdan foydalanish 
to‗g‗risida 
Tashqi iqtisodiy faoliyat 
to‗g‗risida 
Mulkchilik to‗g‗risida 
Bankrotlik to‗g‗risida 
Sanatsiya to‗g‗risida 
Oilaviy tadbirkorlik to‗g‗risida 
 
Agrosanoat integratsiyasi butun qishloq xo‗jaligi ishlab chiqaruvchilari 
va qiymat tizimidagi ishtirokchilarning iqtisodiy manfaatlarini birlashtirish 
imkonini beradi. Shuningdek, agrosanoat kompleksini boshqarishni 
mexanizmini agrosanoat majmui shakllantirish va hududiy va tarmoq 
xususiyatlariga nisbatan «o‗sish polosini» joylashtirish kabi tushunchalar 
asosida tashkil etishga imkon beradi. 
Eng umumiy tavsifda qiymat zanjiri xarajat manbalarini va 
differentsiatsiya manbalarini tushunish uchun mo‗ljallangan strategik 
ahamiyatga ega faoliyatlar orqali xom-ashyolardan final iste‘molchilarga 
tasniflash usuli hisoblanadi. Zanjirning har bir bosqichi o‗zining maqbul 
miqyosiga ega, shuning uchun turli tashkilotlarda, kompaniyalarda, 
firmalarda yoki yirik sanoat korporatsiyasining bo‗linmalarida qo‗shimcha 
qiymat mavjud. 


207
Mamlakatning raqobatbardosh afzalliklaridan biri qishloq joylarining 
tabiiy, demografik, iqtisodiy, tarixiy va madaniy salohiyati bo‗lib, ulardan 
oqilona va samarali foydalanish ko‗p tarmoqli barqaror rivojlanishni, to‗liq 
ish bilan ta‘minlanishni, qishloq aholisining turmush darajasini va sifatini 
ta‘minlaydi.
Qishloq joylarining strategik ijtimoiy-iqtisodiy o‗zgarishlarni amalga 
oshirishdagi rolini kuchaytirish qishloq rivojlanishining kompleks 
yondashuvidan jamiyatning ijtimoiy-hududiy kichik tizimi sifatida 
foydalanishni talab qiladi, u ishlab chiqarish, demografik, ijtimoiy-
madaniy, ekologik, rekreatsion kabi bir qator muhim milliy iqtisodiy 
funktsiyalarni amalga oshiradi. Qishloq joylarini barqaror rivojlantirishning 
muhim shartlaridan biri qishloq aholisi uchun mavjud bilim va 
ma‘lumotlarning darajasini oshirishdan iborat. 
Agrosanoat majmuasida muhim o‗rinni qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini 
tayyorlash, qayta ishlash va tayyor mahsulotlarni iste‘molchilarga yetkazib 
berish 
bilan 
shug‗ullanuvchi 
tarmoqlar 
egallaydi. 
O‗zbekistonda 
etishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlari iqlim sharoitining juda qulayligi 
tufayli jahon qishloq xo‗jaligi mahsulotlari bozorida yuqori darajada 
raqobatlasha oladi. Aynan agrar sektorda eksportga mo‗ljallangan mahsulot 
ishlab chiqarishni yo‗lga qo‗yish va uni qayta ishlaydigan sanoatni 
yetakchi o‗ringa ko‗tarish qishloq xo‗jaligida barqaror iqtisodiy o‗sishni 
ta‘minlaydi. 
Mamlakat 
raqobatbardoshligini 
oshirishni 
global 
tizimga 
integratsiyalashgan hamda optimal loyihalashtirilgan milliy logistik 
xizmatlar majmui taqdim etadi. Bunda ichki va tashqi logistika 
xizmatlarining qay darajada rivojlanganligi katta o‗rin egallaydi. Aynan 
jahon bozoriga eksport qilinayotgan mahsulotlarni tashish jarayonida uning 
sifati o‗zgarmasligi, tovar yetkazib berish umumiy zanjiridagi xarajatlarni 
monitoring qilib borish va bozordagi holatni nazorat qilish uchun 
agrosanoatda logistik funktsiyalariga birinchi navbatda e‘tiborni qaratishi 
lozim. 
Logistik 
tizimlarda 
zamonaviy 
axborot 
kommunikatsion 
texnologiyalardan keng foydalanish logistik masalalarni hal etishning 
samarali axborot va instrumental-operatsion ta‘minotini yaratish uchun 
qulay shart-sharoitlarni yaratishga asos bo‗ladi. Birinchi navbatda, bunday 
ta‘minot logistikada qaror qabul qilishni qo‗llab-quvvatlash tizimlari uchun 
ayniqsa zarurdir. 


208
Meva-sabzavotlarni ishlab chiqarish va ularni saqlashga qaratilgan 
hajmining oshishi, mazkur mahsulotlarni saqlash uchun maxsus 
sovutgichlarni qurish va saqlash texnologiyasini takomillashtirishga 
mustahkam zamin yaratdi. Xususan, 2016 yilda 93,1 ming tonna meva-
sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun 204 yangi sovutish kamerasi tashkil 
etildi hamda 12,7 ming tonna mahsulotni saqlaydigan 26 sovutish kamerasi 
modernizatsiya qilindi. 
Qishloq xo‗jaligi tarmog‗ining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‗rnini 
inobatga olgan holda mazkur tarmoqni modernizatsiyalash, bu jarayonda 
esa temir yo‗l logistikasini yanada rivojlantirish, bu sohalardagi islohotlarni 
yanada izchil davom ettirish lozim. 
Aynan logistika xizmatlarini ko‗rsatish miqdori va sifati jihatdan 
dunyo tajribasida temir yo‗l sohasi katta o‗rinni egallamoqda. Yurtimizda 
ham temir yo‗l logistika liniyasi bo‗ylab zamonaviy agrosanoat korxonalari 
qurilmoqda, yangi ish o‗rinlari tashkil etilmoqda. 
Mintaqalar qishloq xo‗jaligida olib borilayotgan islohotlar natijasida 
paxta maydonlari kamaytirilib, meva-sabzavotlar etishtirish ko‗paymoqda. 
Bu esa o‗z navbatida ichki va tashqi bozorni qishloq xo‗jaligi mahsulotlari 
bilan ta‘minlash imkoniyatini beradi. Bu jarayonni tizimli tashkillashtirish 
maqsadida mintaqalar va xalqaro magistrallarga chiqishni temir yo‗l 
liniyalarini qurish orqali amalga oshirish lozim. 
Mamlakat agrosanoat majmuasining xalqaro aloqalarini rivojlantirish, 
dunyo mamlakatlari va ilg‗or texnologiyalardan foydalanish katta ijobiy 
ahamiyatga ega. Shuningdek, o‗zimizda shakllangan tajriba va 
texnologiyalarni targ‗ib qilish va dunyoga tarqatish zarurati ham mavjud. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish