O‗zbekistonda iqlim o‗zgarishlari: trendlar, dolzarb muammolar
hamda moslashish choralarining zarurati.
Global iqlim o‗zgarishi
muammosi insoniyat kun tartibida dolzarb bo‗lib turibdi. Global iqlim
o‗zgarishi bu sayyoramizda faqat haroratning o‗rtacha yillik ko‗tarilishi
emas,
balki
barcha
geotizimning
o‗zgarishi, Jahon okeanining
ko‗tarilishining yuzaga kelishi, muz va doimiy muzliklarning erishi,
yog‗ingarchilikning bir tekisda yog‗masligining ortishi, daryolar oqimi
rejimining o‗zgarishi va iqlimning beqarorligi bilan bog‗liq boshqa
o‗zgarishlar demakdir. Insoniyatning vazifalaridan biri shuki, iqtisodiy va
ekologik muvozanatni mutanosiblashtirish hamda adolatli hal etilishiga
erishishdir. Shubhasiz, inson faoliyati iqlimga ta‘sir ko‗rsatadi. Shu
munosabat bilan tevarak-atrofga zararli ta‘sir etishni cheklash uchun
hamjihatlikda harakat qilish zarur.
Sanoatlashtirish davri boshlangunga qadar iqlim o‗zgarishiga faqat
tabiiy sabablar, ya‘ni materik va okeanlarning o‗lchami, Yer orbitasi, uning
magnit maydonining o‗zgarishi, vulqonlarning otilishi ta‘sir ko‗rsatar edi.
Biroq hozir Iqlim o‗zgarishi masalalari bo‗yicha hukumatlararo ekspertlar
guruhi –xulosalariga ko‗ra, sayyoramizda iqlim o‗zgarishining tezlashishi
ko‗proq insonning iqtisodiy faoliyati natijasi o‗laroq havoga turli chiqindi
gazlar chiqishi tufayli yuzaga kelmoqda. O‗zbekistonda chiqindi gazlarning
chiqishi 2005 yilda qariyb 200 mln. tonna SO
2
darajasiga etdi.
O‗zbekistonda bunday gazlarning asosiy manbai bo‗lib energiya ishlab
chiqarish va iste‘mol qilish hisoblanadi. U
uglerod dioksid
, SO
2
ni ishlab
chiqarib, atmosferaga chiqadigan barcha chiqindilarning uchdan ikki
216
qismini tashkil qiladi. Metan ahamiyati bo‗yicha keyingi gaz bo‗lib, tabiiy
gaz, neft va ko‗mirni qazib olishda hamda tashishda yuzaga keladi
44
.
Undan tashqari, ma‘lumotlarga ko‗ra, O‗zbekistonda bir yilda
35 million kubometrga yaqin maishiy chiqindi hosil bo‗ladi. Ularni
utilizatsiya qilish va qayta ishlashni samarali tashkil etish yurtimizda
ekologiya hamda sanitariya muhitini yanada yaxshilash, aholi salomatligini
mustahkamlash, ishlab chiqarishni rivojlantirishda muhim ahamiyatga
egadir.
Iqlim o‗zgarishi, aholi sonining ortishi, urbanizatsiya, o‗rmonlarni
yoppasiga kesish Markaziy Osiyo mintaqasining suv resurslariga, xususan
O‗zbekistonga, katta qiyinchilik tug‗dirmoqda. Global isish tufayli tog‗li
hududlarda muzliklarning erishi allaqachon daryo va ko‗llarning toshib
ketishiga olib kelmoqda. Boshqa tomondan, bugungi kunga qadar
muzliklarning erishi daryolarda suvning qo‗shimcha hajmini ushlab turardi.
Muzliklar hajmining kamayishi so‗ngi 20 yilda daryolar oqimi, xususan,
Amudaryo hamda qisman Sirdaryo va Zarafshonga quyiladigan suvlarning
25-30%ga qisqarishi mumkinligini e‘tiborga olishga majbur etadi. Bu esa
butun mintaqaga jiddiy muammolar tug‗diradi
2
. Bunda, qurg‗oqchil
yillarda Amudaryoning quyi qismida suv mineralizatsiyasining o‗rtacha
yillik miqdori 1,5 martaga, daryo suvi qo‗shilgan ko‗l suvlarining
mineralizatsiyasi boshlang‗ich ko‗llarda 2,5 martaga, ko‗l zanjirini oxirgi
suv havzalarida esa 6-9 martaga ortishi mumkin.
So‗nggi 50 yil davomida O‗zbekistonda harorat dinamikasi rejimining
kuzatuvlari shuni ko‗rsatdiki, maksimal haroratning o‗sish sur‘ati yiliga
0,22 darajaga, minimal esa -0,36 darajani tashkil qildi. Shunga asoslangan
holda ahvolni u qadar yaxshi deb bashorat qila olmaymiz, ya‘ni 20 yildan
keyin respublikaning shimoliy qismida o‗rtacha yillik harorat 2-3 darajaga,
janubiy qismda esa 1 darajaga ortadi.
Respublikaning butun hududi bo‗ylab yog‗ingarchilikning ortishi
kutilmoqda: Farg‗ona vodiysida 5-15% ga, respublikaning shimoliy
qismida esa 15-20%gacha. Biroq boshqa tomondan, iqlim o‗zgarishi suv
yuzalaridan suvning 10-15%ga, o‗simliklar transpiratsiyasi va sug‗orish
me‘yorlarining ortishi tufayli 10-20% ko‗proq yo‗qolishiga olib keladi. Bu
esa
suvning
tiklanmay
iste‘mol
qilinishi
suv
chiqishining
44
http://www.climate.uz/ru/section.scm?sectionId=4316&contentId=4344
217
o‗sishiga
3
muvofiq tarzda o‗rta hisobda 18%ga ortishiga olib keladi. Bu,
shubhasiz, qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishining keyingi o‗sishini
qiyinlashtiradi.
Prognozlarga ko‗ra, ekstremal harorat ko‗rsatkichli kunlar sonining
ortishi (39 darajadan yuqori), O‗zbekistonning bir qator viloyatlarida paxta
hosildorligining 2030 yilda 4%ga va 2050 yilda 10%ga pasayishiga olib
keladi. Qishloq xo‗jaligining boshqa ekinlarida ham hosildorlikning
kamayishi, shuningdek, sug‗orishning kamligi, qurg‗oqchilik, tuproqning
emirilishi va shamol eroziyasi, tuproqning sho‗rlanishi, gumus tarkibining
pasayishi va em-xashak bazasining yomonlashishi hisobiga chorvachilikda
mahsuldorlik pasayishi kutilmoqda.
Tadqiqotlarga ko‗ra, O‗zbekistonda iqlim o‗zgarishi e‘tibor qaratilishi
lozim bo‗lgan boshqa quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin:
Suv resurslari tanqisligining ortishi;
Muz va qor qoplamli kunlar davrining 7-10 kunga kamayishi;
Qurg‗oqchilik xavfi takrorlanishining ortishi (bugunda so‗ngi 10 yilda
har 3 yilda);
O‗rtacha haroratning ortishi;
Issiq mavsumning 10-15 kunga cho‗zilishi;
Yog‗ingarchilikning hududlar bo‗yicha bir tekisda yoyilmasligi;
Seryog‗in yoki umuman yog‗ingarchiliksiz kunlar sonining ortishi;
Qishloq xo‗jaligida etishtiriladigan ekinlar tarkibining o‗zgarishi;
Harorat ko‗tarilishi tufayli aholi salomatligining yomonlashishi bilan
bog‗liq muammolarning ortishi;
Ko‗pchilik hayvonlar va o‗simliklar dunyosi arealining qayta
taqsimlanishi, ya‘ni ekologik jarayonlarning, olinayotgan ekologik
mahsulotlar va ekotizim tomonidan bajariladigan funktsiyalarning
butunlay o‗zgarishi;
Cho‗llanish jarayonining kuchayishi, ya‘ni yashash va xo‗jalik
yuritishga yaroqli yerlarning kamayishi;
Iqtisodiy sohalar ta‘sirida tarmoqlarning tubdan o‗zgarishi hamda
yana ko‗plab oldindan aytib berish mushkul bo‗lgan oqibatlar.
Iqlim o‗zgarishining og‗ir oqibatlarini yumshatish va engib o‗tish
kuchlarning birlashishini hamda manfaatdor barcha tomonlarning maqsadli
yo‗naltirilgan hamkorligini talab qiladi. Iqlim o‗zgarishi bilan bog‗liq ortga
surib bo‗lmaydigan vazifalar qatorida suv, yer va energetik resurslarni
tejash va ularni samarali ishlatishga yordam beruvchi yetakchi
218
texnologiyalarni tatbiq qilish, agroo‗rmonchilik amaliyotini keng tatbiq
qilish, yangi ekologik sof ishlab chiqarish va havoga zararli gazlarning
tabiatga chiqishini kamaytirish bilan bog‗liq vazifalarni ta‘kidlab o‗tish
zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |