7.5. Agrosanoat majmuini rivojlantirish muammolari
Respublika aholisi sonining yuqori sur‘atlar bilan o‗sib borishi, qishloq
xo‗jaligi yerlarning boshqa toifaga o‗tkazilishi va global iqlim o‗zgarishi
ta‘sirining keskinlashuvi oqibatida oxirgi 15 yilda aholi jon boshiga to‗g‗ri
keladigan sug‗oriladigan yer maydonlari o‗lchami 24 foizga (0,23
gektardan 0,16 gektargacha), o‗rtacha yillik suv ta‘minoti darajasi esa 3
048 m
3
dan 158,9 m
3
kubgacha qisqargan.
212
Uzoq yillar davomida qishloq xo‗jaligi erlaridan nooqilona
foydalanilishi oqibatida tuproqning tabiiy unumdorligi va ekinlar
hosildorligi pasayib, etishtirilgan mahsulot sifati yomonlashmoqda, atrof-
muhit ifloslanishi ortib bormoqda. Jumladan, sug‗oriladigan ekin erlaridagi
tuproqlarning 93 foizida harakatchan fosfor miqdori, 68,3 foizida
almashuvchan kaliy miqdori, 79,3 foizida gumus (chirindi) miqdori
o‗rtachadan past darajaga tushib qolgan.
Qishloq xo‗jaligida o‗rtacha yillik suv sarfi 45 696 mln. m3 yoki
iqtisodiyot tarmoqlarida iste‘mol qilingan suv resurslarining 90 foizini
tashkil etib, yuqoriligicha qolmoqda.
Yer va suv resurslari tobora tanqis bo‗lib borayotgan sharoitda qishloq
xo‗jaligi ekinlarini joylashtirishda ekinlarni iqtisodiy samaradorligi va
bozor kon‘yunkturasi inobatga olinmasdan hamda intensiv qishloq xo‗jaligi
joriy etilmaganligi sababli qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarish hajmi
pastligicha qolmoqda.
Jumladan, rivojlangan davlatlarda 1 m3 suv bilan 4–6 AQSH dollarilik
mahsulot etishtirilayotgan bo‗lsa, respublikamizda bu ko‗rsatkich 0,15
AQSH dollarini tashkil etmoqda.
Irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish yirik kapital
qo‗yilmalar talab etishi, ushbu maqsadlar uchun yo‗naltiriladigan byudjet
mablag‗lari hajmining cheklanganligi, to‗g‗ridan-to‗g‗ri investitsiyalarni,
shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb qilish
masalasiga e‘tibor qaratilmayotganligi oqibatida qishloq xo‗jaligi
yerlarning foydalanishdan chiqib ketishi, hududlarning resurs va ishlab
chiqarish salohiyatidan nooqilona foydalanish kabi holatlar yuzaga
kelmoqda, bu esa o‗z navbatida mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini
ta‘minlash va tarmoq eksport salohiyatini oshirishga salbiy ta‘sir
ko‗rsatmoqda.
Respublikada yillar davomida irrigatsiya va melioratsiya holati
yomonlashuvi natijasida foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni bosqichma-
bosqich qayta foydalanishga kiritish, yer osti suv zaxiralaridan samarali
foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda ichki
irrigatsiya tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish orqali suv yo‗qotilishini
kamaytirish, shuningdek, bu ishlarda salohiyatli investorlar ishtirokini
ta‘minlash maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 17
iyundagi «Qishloq xo‗jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish
chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi Farmoni qabul qilindi.
213
Mazkur farmonda, qishloq xo‗jaligida yer va suv resurslaridan samarali
foydalanish kontseptsiyasi va uni amalga oshirish bo‗yicha «Yo‗l
xaritasi»ga ko‗ra 2020–2030 yillarda qishloq xo‗jaligi erlaridan
foydalanish samaradorligini oshirish bo‗yicha amalga oshiriladigan chora-
tadbirlarning hamda 2019–2022 yillar davomida qishloq xo‗jaligi erlarida
suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishning prognoz ko‗rsatkichlari
tasdiqlandi.
Kontseptsiyada 5 ta muhum ustuvor vazifa belgilangan bo‗lib, unda
asosan qishloq xo‗jaligi erlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suv
va gidroinshootlardan foydalanish samaradorligini oshirish, yerlarning
meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo‗jaligi ekinlari selektsiyasi va
urug‗chiligini rivojlantirish, qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini chuqur qayta
ishlash va sotish, logistika va marketing tizimlarini rivojlantirish, yer va
suv
resurslaridan
samarali
foydalanishda
ilm-fan
va
amaliyot
integratsiyasini jadallashtirishga qaratilgan tadbirlarni o‗z ichiga oladi.
Kontseptsiyani amalga oshirish doirasida irrigatsiya-melioratsiya
tarmoqlarini tiklash, rekonstruktsiya qilish, suv tejaydigan texnologiyalarni
joriy etish hamda suvsizlikka chidamli ekinlarni ekish orqali foydalanishga
kiritish uchun investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik
asosida 50 yilgacha bo‗lgan muddatga berish belgilandi.
Shuningdek, qishloq xo‗jaligida foydalanishdan chiqib ketgan
sug‗oriladigan yerlar, shuningdek, lalmi va o‗rmon fondi yerlari –
O‗zbekiston Respublikasi fuqarolari va qishloq xo‗jaligi korxonalariga,
yaylov, bo‗z, ko‗p yillik daraxtzorlar va boshqa yerlar – yuqorida qayd
etilgan subyektlar bilan birga O‗zbekiston Respublikasi rezidenti bo‗lgan
investorlarga ham beriladi.
Kontseptsiyani amalga oshirishda yer maydonlarini foydalanishga
kiritishda
tadbirkolik
subyektlarini
davlat
tomonidan
qo‗llab-
quvvatlashning quyidagi mexanizmlari qo‗llanilmoqda:
yerdan foydalanuvchilarga qishloq xo‗jaligi ekinlarini mustaqil
joylashtirish, yerga ishlov bermasdan ekin ekish va yerlarni ikkilamchi
ijaraga berish huquqi beriladi.
mazkur yer maydonlari maqbullashtirilmaydi, yer uchastkasi yoki
uning bir qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‗yilishiga yerdan
foydalanuvchi roziligi asosida sarf etilgan mablag‗larning bozor qiymati va
olib qo‗yish sababli etkazilgan zararning o‗rni to‗liq qoplanganidan
so‗nggina ruxsat etiladi.
214
Ushbu yer maydonlarida barpo etiladigan infratuzilma obyektlarini
(dala shiypon, mahsulotlar saqlanadigan omborxonalar, sug‗orish
inshootlari va boshqalar) joylashtirishga ruxsat beriladi.
Erdan foydalanuvchilarning ehtiyojlari uchun olib kelinadigan va
respublikada ishlab chiqarilmaydigan xomashyo, materiallar, texnika,
asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilangan tartibda bojxona to‗lovlari (qo‗shilgan qiymat solig‗idan
tashqari) to‗lashdan ozod qilinadi.
Qonunchilikda belgilangan imtiyozli davr yakunlanganidan so‗ng,
yangidan foydalanishga kiritilgan yer uchastkasiga nisbatan 10 yil
davomida ushbu yer uchastkasi foydalanishga kiritilgunga qadar
belgilangan soliq stavkalari qo‗llaniladi.
Investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik to‗g‗risidagi
bitimda nazarda tutilgan hollarda O‗zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti
mablag‗lari hisobidan har bir gektar qishloq xo‗jaligiga mo‗ljallangan
yerlarni foydalanishga kiritish bilan bog‗liq xarajatlarning 50 foizi, lekin
bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobaridan oshmagan qismi qoplab
beriladi.
Investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik to‗g‗risidagi
bitimda nazarda tutilgan hollarda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‗llab-
quvvatlash davlat jamg‗armasi mablag‗lari hisobidan yerlarning suv
ta‘minoti tizimlarini qurish, rekonstruktsiya qilish uchun jalb etilgan
kreditlarning bir gektar hisobiga 40 mln. so‗mdan oshmaydigan qismiga
tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 5 foizlik punkti
qoplab beriladi.
Bunda yer maydonlari investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy
sheriklik to‗g‗risidagi bitim imzolanganidan so‗ng qonun hujjatlarida
vakolat berilgan davlat organi ning qaroriga asosan ajratib beriladi.
Bundan tashqari mazkur farmon bilan qishloq xo‗jaligi yerlari maxsus
muhofazaga olinib, ushbu yerlarni qishloq xo‗jaligidan boshqa
maqsadlarga, shu jumladan sanoat va fuqarolik obyektlari (binolar va
inshootlar) qurilishi uchun ajratilishiga yo‗l qo‗yilmaydi.
Unga ko‗ra, qishloq xo‗jaligidan boshqa maqsadlarda foydalanish
uchun olib qo‗yiladigan sug‗oriladigan yerlar uchun kompensatsiya to‗lovi,
olib qo‗yilayotgan yer maydonlari joylashgan joylarni hisobga oluvchi
koeffitsientlar qo‗llanilmagan holda, xuddi shunday yangi yerlarni
215
o‗zlashtirish uchun talab etiladigan mablag‗ning 10 barobari, lalmi yerlar
va sug‗orilmaydigan ko‗p yillik daraxtzorlar egallagan yerlar, pichanzorlar
va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash bilan bog‗liq xarajatlarning 20
barobari miqdorida hisoblanadi.
Ushbu me‘yor o‗zboshimchalik bilan yerlarning qishloq xo‗jaligi
muomalasidan chiqishiga sabab bo‗lgan hollarda etkazilgan zararni
hisoblashda ham qo‗llaniladi.
Sug‗oriladigan yerlar hisobidan bog‗dorchilik, uzumchilik va boshqa
ko‗p yillik daraxtzorlar hamda issiqxona xo‗jaliklarini tashkil etish uchun
yer ajratish O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadigan tartib asosida amalga oshirilishi belgilab qo‗yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |