7.4. Mintaqa qishloq xo‗jaligini isloh qilish jarayoni
Mamlakatimizda
2017-2021-yillarga
mo‗ljallangan
Harakatlar
strategiyasida belgilangan vazifalarni ijrosiga muvofiq agrar sektorni
modernizatsiyalash va intensiv rivojlantirish, qishloq xo‗jaligini yanada
isloh qilish va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash borasida
muayyan ishlar amalga oshirildi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 fevraldagi
«Qishloq va suv xo‗jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan
takomillashtirish bo‗yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‗g‗risida»gi PF-5330-
son
Farmoniga
muvofiq O‗zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‗jaligi
209
vazirligi negizida Qishloq xo‗jaligi vazirligi va Suv xo‗jaligi vazirligi
tashkil etildi.
Ushbu vazirlikni ikkiga ajratilishi qishloq xo‗jaligi, oziq-ovqat
xavfsizligi va suv iste‘moli sohalarida haqiqiy holatni va rivojlanish
istiqbollarini chuqur tahlil qilish asosida ularni strategik rejalashtirish
siyosati bo‗yicha ta‘sirchan ishlarni yo‗lga qo‗yish, mazkur yo‗nalishlar
bo‗yicha boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish imkoniyatini yaratadi.
O‗zbekiston Fermerlari kengashi O‗zbekiston Fermer, dehqon
xo‗jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi sifatida qayta tashkil etildi.
Davlat statistika qo‗mitasi ma‘lumotlariga ko‗ra, 2018 yilda qishloq
xo‗jaligida 6 124,1 ming tonna don ekinlari ishlab chiqarildi, 2 410,7 ming
tonna kartoshka kavlab olindi, 8 661,4 ming tonna sabzavotlar, 1 607,2
ming tonna oziqbop poliz, 2 090,0 ming tonna mevalar va rezavorlar, 1
313,6 ming tonna uzum yig‗ib olindi.
Dehqon
(shaxsiy
yordamchi)
xo‗jaliklari
dehqonchilik
mahsulotlarining aksariyat turlarini asosiy ishlab chiqaruvchilari bo‗lib
qolmoqda, hisobot davrida kartoshka umumiy hajmining 84,8 %i,
sabzavotlarning 74,7 %i, polizning 56,2 %i, mevalar va rezavorlarning 61,3
%i, uzumning 53,7 %i ular tomonidan ishlab chiqarildi. Don ekinlarining
esa asosiy qismi fermer xo‗jaliklari tomonidan ishlab chiqarildi, ishlab
chiqarilgan ushbu mahsulot hajmining 81,2 %i ular hissasiga to‗g‗ri keladi.
Ishlab chiqarilgan qishloq xo‗jaligi mahsulotlarining umumiy xajmida
chorvachilik mahsulotlarining ulushi 42,7 foizni tashkil etdi. 2018 yilning
yanvarsentyabr oylarida barcha turdagi xo‗jaliklar tomonidan tirik vaznda 1
788,8 ming tonna go‗sht, 7 830,1 ming tonna sut, 5 368,2 million dona
tuxum, 30,2 ming tonna jun ishlab chiqarildi.
43
2017 yildan boshlab g‗alladan bo‗shagan qariyb 1 million gektar
maydonga sabzavot, kartoshka, poliz va dukkakli ekinlar ekilmoqda va
qariyib 5 million tonnadan ortiq mahsulot etishtirilishi yo‗lga qo‗yildi.
Ispaniya, Polsha, Niderlandiya, Gretsiya, Rossiya, Xitoy, Janubiy
Koreya, Turkiya, Vetnam va Indoneziya davlatlarining ilg‗or tajribasidan
keng foydalanishga alohida e‘tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, mamlakatimizda birinchi marta shafran kabi noan‘anaviy
ekin ekish yo‗lga qo‗yildi, soya ekish kengaydi. Qishloq xo‗jaligi
43
O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‗mitasi qishloq xo‗jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi
ma‘lumotlari. Manbaa stat.uz.
210
mahsulotlarining 132 ming tonnasi qayta ishlanib, 100 million dollarlik
tayyor mahsulot, 856 million dollarlik 724 ming tonna ho‗l meva eksport
qilindi.
Chorvachilik tarmog‗ini rivojlantirish dasturlari doirasida baliq, asal
etishtiriladigan, parranda, echki, qoramol boqiladigan ko‗plab xo‗jaliklar
faoliyati yo‗lga qo‗yildi. Zotdor qora bayir otlarini ko‗paytirish va ot
sportini rivojlantirish maqsadida Qashqadaryoda yangi yilqichilik
kompleksi tashkil etildi. Toshkent viloyatida va boshqa hududlarda ham
bunday majmualar barpo qilinmoqda.
Pillachilikda yuqori hosil olishda muhim ahamiyatga ega bo‗lgan,
ammo deyarli yo‗qolib borayotgan an‘analar qayta tiklanmoqda.
Qimmatbaho hom ashyo bo‗lgan ipak etishtirishning mutlaqo yangi tizimi
yo‗lga qo‗yildi. O‗tgan yil mamlakatimizda birinchi marta pilladan yiliga
ikki marta hosil olish tajribasi sinovdan o‗tkazildi va ijobiy natija berdi.
Har bir viloyatda pilla xom ashyosini qayta ishlab, tayyor mahsulot olish
maqsadida to‗g‗ridan-to‗g‗ri chet el investitsiyalari jalb qilindi va ipakni
qayta ishlashga ixtisoslashgan 10 ta korxona ishga tushirildi.
Baliqchilik sohasini tiklash uchun «O‗zbekbaliqsanoat» uyushmasi
tashkil etildi. Uning tizimiga 3 ming 600 ta baliqchilik xo‗jaligi kiritildi.
580 ming gektar tabiiy va 28 ming gektar sun‘iy ko‗llarda 100 ming
tonnadan ortiq baliq etishtirildi.
Asalarichilik
sohasini
rivojlantirish
maqsadida
O‗zbekiston
asalarichilar uyushmasi tashkil etilib, unga asal etishtiradigan 14 mingdan
ortiq tadbirkor a‘zo bo‗ldi.
Suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan tadbirlar
qo‗llab-quvvatlanib,
ularning
tashabbuskori
bo‗lgan
xo‗jalik
va
tashkilotlarga qo‗shimcha imtiyoz va preferentsiyalar berildi. Natijada,
bugungi kunda qariyb 240 ming gektar maydonda ana shunday
texnologiyalar, jumladan, 28 ming gektar erda tomchilatib sug‗orish
texnologiyasi joriy qilindi.
2013 — 2017 yillar davrida sug‗oriladigan yerlarning meliorativ
holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat
dasturiga muvofiq 5443 kilometr kollektor-drenaj shoxobchalari, 751 ta tik
drenaj quduqlarini qurish va rekonstruktsiya qilish, 72,2 ming kilometr
kollektor-drenaj tarmoqlarini, 2907 ta tik drenaj quduqlari, 75 ta meliorativ
nasos stantsiyalari va boshqalarni ta‘mirlash hamda qayta tiklandi, 1745
kilometrdan ko‗proq irrigatsiya tizimlari, 388 kilometr novli sug‗orish
211
shoxobchalari, 135 ta gidrotexnika inshootlari, umumiy hajmi sekundiga
49,6 kub metr suv chiqaradigan nasos stantsiyalari qurilishi va ularni
rekonstruktsiya qilindi.
Natijada, kuchli va o‗rtacha sho‗rlangan maydonlar 149,4 ming
gektarga kamaydi, sizot suvlar sathi yer yuzasiga yaqin (2 metrgacha)
joylashgan maydonlar 302,9 ming gektarga qisqardi, 897 ming gektardan
ko‗proq maydonning meliorativ holatini saqlash chora-tadbirlari amalga
oshirildi, sug‗oriladigan 1,3 million gektardan ko‗proq yerlarning suv
ta‘minoti yaxshilandi.
Shu bilan birga, sug‗oriladigan yerlarning meliorativ holatini
yaxshilashni va suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta‘minlash
bo‗yicha qabul qilingan kompleks chora-tadbirlarga qaramay:
4487 kilometr irrigatsiya tizimi kanallarini, 5250 kilometr sug‗orish
tarmog‗ini, 3636 ta gidrotexnika inshootini, 495 ta nasos stantsiyalari
(agregatlari)ni va 1500 ta tik sug‗orish quduqlarini, shuningdek, 7500
kilometr kollektor-drenaj shoxobchalarini, 13 ta meliorativ nasos
stantsiyalari hamda 185 ta tik drenaj quduqlarini rekonstruktsiya qilish va
qurish talab etiladi;
167 ming gektar sug‗oriladigan yerlarning suv ta‘minoti nihoyatda past
darajada qolmoqda, 1957 ming gektar sug‗oriladigan yerlarni turli darajada
sho‗r bosgan, shu jumladan, 542 ming gektari o‗rtacha va 99 ming gektari
kuchli sho‗r bosgan erlardir.
Qayd etilgan muammolarni bartaraf etish maqsadida 2018-2019
yillarda irrigatsiyani rivojlantirish va sug‗oriladigan yerlarning meliorativ
holatini yaxshilash davlat dasturi qabul qilindi. Unga ko‗ra, sug‗oriladigan
yerlarning suv bilan ta‘minlanganlik va meliorativ holatini baholashning
normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, suv resurslarini oqilona
boshqarish va foydalanishni, irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarining o‗z
vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta‘minlash vazifalari beligilab berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |