markazita aylanib, shaharlar qad koʻtardi. Ular xom/isht va paxsadan bino
qilingan baland va qalin devorlar bilan oʻrab olindi. Shunday qilib, temir va
poʻlat buyumlardan keng koʻlamda foydalanish Oʻrta Osiyo shagʻar va
qishloqlari taraqqiyotiga ham samarali taʼsir etdi.
•
Oʻzbekistonda Temir davriga oid yodgorliklarni sanalashtirish va
dastlabki turkumlarga ajratilishiga doyr tadqiqotlar S.P.Tolstov, A. I.
Terenojkin va Ya. Gʻulomovlar tomonidan amalga oshirilgan. Oʻzbekiston
hududida Temir davri yodgorliklari mil. av. 8—6-asrlarga mansub. Ular
Xorazm,
Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro, Toshkent
viloyatlarida va Fargʻona vodiysida oʻrganilgan; Koʻzaliqir, Qalʼaliqir va
Dingilja singari qad. qalʼa va qishloq, shahar xarobalari, Tagisken va Uygarak
qabristonqoʻrgʻonlari, Boʻkantov qoyatosh suratlari tekshirilgan. Temir
davrida qad. Xorazm hududlarida dastlabki yirik sugʻorish inshootlari
vujudga kelgan.
•
1960
–
70 y.larda Surxondaryoda Kuchuktepa, Jondavlat va
Qiziltepaning
quyi qatlamlari, Pachmoqtepa, Qizilchatepa yodgorliklari
oʻrganildi. L.I. Albaum Kuchuktepadan mil. av. 6
–
4-asrlarga oid uyjoy
qoldiklari, kulolchilik, temirdan yasalgan uyroʻzgor va deqqonchilik
buyumlarini topgan. 60y.larda Buxoro viloyatida Xazora yodgorligi va
Sarmichsoy petrogliflari tekshirildi. Qashqadaryoda
Temir davriga oid
Chimqoʻrgʻon yodgorligi (1972) oʻrganildi. 1973-yilda Chordara istehkomi
(Konimex tumani) va Romushtepa (Jondor tumani) tekshirildi.
•
Temir davriga mansub arxeologik yodgorliklar Toshkent viloyatida
Burganliktepa, Qovunchitepa, Tuyaboʻgʻiztepa va Burchmulla xazinasi,
Fargʻona vodiysida esa, Eylaton yodgorligi va Oqtosh qabristoni asosida
oʻrganilgan. 80
–
90 yillardan Koʻktepa (Samarqand viloyati), Yerqoʻrgʻon
va Uzunqir (Qashqadaryo viloyati) kabi mil. av. 7
–
6-asrlarga oid nodir
obidalarda arxeologik qazishlar oʻtkazildi. Bu yodgorliklarning tadqiqotlarida
R. Sulaymonov, M. Filanovich, A. Saʼdullayev, M. Isamiddinov, Sh. Odilov,
B. Matboboyev va boshqalarning hissasi katta boʻddi. Temir davriga oid
yodgorliklarning
tadqiqot natijalari, Shubhasiz, Oʻzbekiston tarixining eng
muhim masalalaridan hisoblanadi. Shaharsozlik madaniyatining shakllanishi
shaharlar va mamlakatlararo savdosotiq munosabatlarining rivoji hamda ilk
davlatchilik tizimlarining shakllanishi va rivoji tarixini oʻrganishda samarali
natijalar bermoqda. Chunki, Temir davrida mamlakatimiz hududida Xorazm,
Baqtriya, Sugʻd, Choch va Fargʻona kabi qad. tarixiymadaniy oʻlkalar
shakllanib, Katta Xorazm, YunonBaqtriya (Baxtar) podsholigi, Sugʻd
mahalliy hokimlar konfederatsiyasi, Qangʻ davlati va Fargʻona afshinlari kabi
hokimiyatlar tashkil topgan edi.
.
•
Temir zamonaviy texnika uchun eng zarur metallardan biri. Lekin sof
Temir yumshoq boʻlgani uchun oz ishlatiladi. Temir birikmalari sanoat,
qishloq xoʻjaligi. va qurilish ishlarida keng qoʻllanadi.
•
Hayvon organizmlari va usimliklarda urta hisobda 0,02% Temir buladi.
U qondagi gemoglobin tarkibiga kiradi, kislorod almashinuvi va oksidlanish
jarayonlarida ishtirok etadi. Oʻzida koʻpgina miqdorda Temir toʻplaydigan
organizmlar (konsentratorlar) ham bor (mas., temir bakteriyalar 17— 20%
gacha Temir toʻplaydi). Hayvon va oʻsimliklar organizmidagi Temir oqsillar
bilan bogʻlangan buladi. Oʻsimliklarda Temir yetishmasa, usishi sekinlashadi
va xlorofill
hosil bulishi kamayadi, koʻpayib ketsa ham zarar qiladi, mas.,
sholi kam don tugadi. Odam va hayvonlar Temirni ovkatdan oladi (jigar,
goʻsht, tuxum, dukkakli donlar, non, yorma, lavlagida Temir ayniqsa koʻp
boʻladi). Odam organizmi uchun bir kechakunduzda 60–100 mg Temir kerak.
Tarkibida Temir boʻlgan dorilar (qaytarilgan Temir, Temir laktak, Temir
glitserofosfat, Temir (II) sulfat, Blo tabletkasi, ferramid, gemostimulin va
boshqalar) Temir yetishmaydigan kasalliklarda
hamda kuvvat dori sifatida
ishlatiladi.
•
Temir oltingugurt bilan sulfidlar hosil qiladi: Temir (P)sulfid FeS,
Temir disulfid FeS2 va boshqa Tabiiy Temir sulfidlari (pirit va markazit FeS2,
pirrotin Fe7S8) Yer poʻstida keng tarqalgan (qarang
Oltingugurt
) Temir ning
2 ta xloridi maʼlum: Temir (II) xlorid GʻeS12 va Temir (Sh)xlordi GʻeS13
Temir (II) xlorid GʻeS12 rangsiz kristallar; oksidlanishi sababli havoda
sargʻayadi. Suyuqlanish temperaturasi 677°, qaynash temperaturasi 1026°;
zichligi 3,162 g/sm³. Suvda, etanolda, atsetonda eriydi. Temir qirindilariga
500° da gaz holatdagi xlorid kislota taʼsir ettirib yoki GʻeS13ni vodorod bilan
kaytarib olinadi. Organik sintezda katalizator, GʻeS13 olishda, antianemik
preparatlar komponenti sifatida qoʻllanadi.
•
Temir(Sh)xlorid GʻeS13 — toʻq kizil tusli kristallar.
Suyuqlanish
temperaturasi 309°, qaynash temperaturasi 320°; zichligi 2,898 g/sm³. Suvda,
spirtda, atsetonda eriydi. Tabiatda molizit minerali koʻrinishida uchraydi.
400—500° da Temirga quruq holdagi xlor yoki 500° da Gʻe2O3 ga xlorid
kislota taʼsir ettirib hosil qilinadi. Suvni tozalashda koagulyant, gazlamalarni
boʻyashda xurish, katalizator sifatida, analitik kimyoda SCN~, Sn2Q ionlarini
ochishda, fenol va yenollarni aniklashda qoʻllanadi
.
•
Do'stlaringiz bilan baham: