A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT
INSTITUTI
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi
“FANDAGI YANGILIKLAR, FANNI O‘QITISHNING
DOLZARB MASALALARI”
moduli bo‘yicha
KIMYO DARSLARIDA XALARO TDQIQOTLAR TOPSHRIQLARIDAN
FOYDALANISH
“KIMYO DARSLARIDA XALARO TDQIQOTLAR TOPSHRIQLARIDAN
FOYDALANISH”
o‘quv kursining
“Temir va uning birikmalari mavzusini o‘tish usullari” mavzusidan
ma’ruza matni
Ma’ruzasi: Ganiyeva Shoira Muratbayevna
Toshkent 2021
3-Mavzu: Temir va uning birikmalari mavzusini o‘tish usullari.
Reja:
1.Temir va uning birikmalari haqida ma’lumotlar.
2.Mavzuni tushuntirishda turli usullardan foydalanish.
3.Mavzuga oid laboratoriya ishlarini o‘kazish uchun tavsiyalar.
Jahonda kimyo fanidan ta’lim berish jarayonida o‘quvchilarning ilmiy
dynyoqarashini rivojlantirish, ijodkorligi,bilim samaradorligini oshirishga
qaratilgan 2030 yilgacha belgilangan Xalqaro ta’limkonsepsiyasida “butun hayot
davomida sifatli ta’lim olishga imkoniyar yaratish” dolzarb vazifa sifatida
belgilangan.Ushbu ta’lim tizimida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kasbiy
faoliyatida metodik tayyorgarlik darajasini oshirish,kimyo fanining kompetentlik
darajasini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanishga alohida
e’tibor qaratilmoqda.
Dunyo miqyosida ta’lim tizimida axborot textologiyalarini joriy
etish,fanlarni integratsiyalab o‘qitish mexanizmlarini yaratish,amalga oshirish va
takomillashtirishning ilmiy asoslangan tizimini yaratish,temir mavzusiga oid
bilimlarni innovatsion yondashuv asosida takomillashtirish borasida ilmiy-tadqiqot
ishlari olib borilmoqda.Mazkur tadqiqot ishi temir mavzularini pedagogik va
axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib o‘tishda o‘quvchilarga
metodik bilimlarni takomillashtirish imkoniytlarini kengaytirmoqda.
Mamlakatimizda ta’lim olishga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan
sharaoitlar yosh avlodning mustaqil va erkin fikrlay olishi ro‘y berayotgan voqea-
hodisalarga ijobiy munosabatini munosabatini bildirishga imkon beradi.
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasining 3-bobi,8-bo‘limida “ta’limda multimediya mahsulotlarini ishlab
chiqish va ularni qo‘llash jarayonini tizimli tashkil etish choralarini ko‘rish” kabi
ustuvor vazifalar belgilangan.Bu borada kimyo o‘qituvchilarining kasbiy metodik
tayyorgarligini takomillashtirish,imkoniyatlarini kengaytirish,tabiiy fanlarga oid
o‘quv materiallarini animatsion-vizual tarzda taqdim etish asosida takomillashtirsh
muhim ahamiyat kasb etadi.
•
Temir
(lot. Ferrum), Fe —
Mendeleyev davriy sistemasining
VIII
guruxiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 26 ; atom massasi 55,847. Temir
4 ta barqaror izotop: 54Fe(5,84%), 56Fe(91,68%), 57Fe(2,17%) va 58Fe(0,31%)
dan iborat. Temir qadimdan ishlatib kelingan. Inson dastlab metiorit temirini bilgan.
Temirning qad. xalkdar tilida atalishi bunga dalildir: qad. misrliklar tilida "benipet"
— "osmon temiri" maʼnosini bildiradi; qad. yunoncha sideros, lotincha sidus —
yulduz, osmon jismi bilan bogʻlaydilar. Mil. av. 14-asrlardagi xettlar yozuvida
Temir haqida osmondan tushgan metall deb eslanadi. Roman tillarida Temirning
rumocha atalish negizi saklanib qolgan (mas., frans. fer, ital. ferro).
•
Do'stlaringiz bilan baham: |