Temirning ikki xil: temir (II) va temir (III) birikmalari eng ko‘p uchraydi.
Ozroq miqdorda temir (VI) birikmalari — ferratlar ham ma’lum, masalan,
kaliy
ferrat K2F e04 va bariy ferrat BaFe04.
Temir (II) oksid FeO — oson oksidlanadigan qora kukun. Temir (III) oksidni
500°C da uglerod (II) oksid bilan qaytarish orqali olinadi:
Fe20 3+C0=2Fe0+C02
FeO asosli oksid xossalarini namoyon qiladi: kislotalardan oson erib, temir (II)
tuzlarini hosil qiladi.
Temir (III) oksid Fe20 3 — temirning eng barqaror tabiiy kislorodli birikmasi.
Kislotalarda erib temir (III) tuzlarini hosil qiladi.
Temir (I, III) oksid Fe20 3 — tabiatda magnetit minerali holida uchraydi. U
tokni yaxshi o ‘tkazadi, Shu sababli elektrodlar tayyorlash uchun foydalaniladi.
Oksidlarga temir gidroksidlari muvofiq keladi.
Temir (II) gidroksid Fe(OH)2 havosiz joyda temir (II) tuzlariga ishqorlar ta’sir
ettirilganda hosil bo‘ladi:
Fe2++20H-=Fe(0H)2
Oq rangli cho‘kma tushadi. Havo ishtirokida uning rangi yashilroq, so‘ngra
qo‘ng‘ir tusga kiradi. Temir (II) kationlari Fe2+
havo kislorodi yoki boshqa
oksidlovchilar ta’sirida oson oksidlanib, temir (III) Fe3+ ga aylanadi. Shuning uchun
temir (II) birikmalarining eritmalarida doimo temir (III) kationlari bo‘ladi. Xuddi
Shu sababli oq tusli temir (II) gidroksid Fe(OH)2 havod^cKstlab yashilroq, so‘ngra
qo‘ng‘ir tusga kirib, temir (III) gidroksid Fe(OH)3 ga aylanadi:
4Fe(0H)2+ 02+2H20=4Fe(0H)3
Fe(OH)2 asos xossalarini namoyon qiladi, mineral
kislotalarda yaxshi erib,
tuzlar hosil qiladi.
Temir (III) gidroksid Fe(OH)3 temir (III) tuzlariga ishqorlar ta’sir ettirilganda
qizil-qo‘ng‘ir cho‘kma holida hosil bo‘ladi:
Fe3++30H-=Fe(0H)3
Fe(OH)3 — temir (II) gidroksidga qaraganda kuchsizroq asos. Bunga sabab
Shuki, Fe2+ da ionning zaryadi Fe3+
dagiga qaraganda kichik, radiusi esa katta,
demak, Fe2+ gidroksid-ionlarni bo‘shroq
tutib luradi, ya’ni Fe(OH)2 ancha oson
dissotsilanadi. Shuning uchun lemir (II) tuzlari juda oz darajada; temir (III) tuzlari
esa — juda kuchli gidrolizlanadi
Fe2+ + H20 Fe(OH)+ + H+ Fe3+ + H20 <=> Fe(OH)2+ + H+
Temir (III) gidroksidda salgina amfoterlik
xossasi bor-u suyultirilgan
kislotalarda va ishqorlarning konsentrlangan eritmalarida eriydi:
Fe(0H)3+3H+=Fe3++3H20 Fe(0H)3+30H-=[Fe(0H)6]3
Temir tuzlaridan quyidagilar eng ko‘p ishlatiladi: 1) temir (II) sulfatning
geptagidrati (temir kuporosi) FeS04-7H20 o‘simliklarning
zararkunandalariga
qarshi kurashda, moy-bo‘yoqlar tayyorlashda va b. maqsadlarda
ishlatiladi; 2) temir
(III) xlorid FeCl3 suvni tozalashda koagulyant sifatida,
Shuningdek gazlamalarni
bo‘yashda bo‘yoqni o ‘chmaydigan qilish uchun ishlatiladi; 3) temir (III) sulfatning
nonagidrati Fe2(S04)3- 9H20 koagulyant sifatida,
Shuningdek, metallarni
dorilashda ishlatiladi; 4) temir (III) nitratning nonagidrati F e(N 03)3 • 9H20 ip-
gazlamalarni bo‘yashda bo‘yoqni o‘chmaydigan qilish uchun va ipakni
og‘irlashtiruvchi sifatida ishlatiladi.
•
Do'stlaringiz bilan baham: