8-BOB. Metallar, temir-tersak va chiqindilarni korroziyadan himoya qilish
8.1. Emirilish haqida umumiy ma’lumotlar va metallarda kimyoviy korroziya
Metall konstruksiyalar ishlatiladigan hamma joyda - havoda ham, suvda ham, suv ostida ham metallar bilan ta’sirlashuvchi va ularni emiruvchi ko‘plab moddalar mavjud. Ular metallarni korroziyalanishiga sabab bo‘ladi (8.1-rasm). Metallar korroziyasi - metallarning tashqi muhit bilan ximiyaviy yoki elektroximiyaviy ta’sirlashishi natijasida o‘z-o‘zidan emirilish, chirish jarayonidir. Bunday emirilish havo kislorodi, nam oltingugurt, azot oksidlari va boshqa ximiyaviy aktiv moddalar ta’sirida ham ro‘y beradi. Oddiy suvga nisbatan sho‘r suvda metallar ancha tez emiriladi. Po‘lat va cho‘yan buyumlari sirtidagi zang korroziyaning eng ko‘zga tashlanadigan ko‘rinishidir.
(a) (b)
8.1.(a,b)-rasm. Metallarning korroziyalanishi
Xar bir davlat iqtisodiyoti korroziya natijasida juda katta zarar (milliy daromadni 5-10 %) ko‘rmoqda. Korroziyadan ko‘rilgan zarar hisoblanganda, yaroqsiz holga kelgan konstruksiya va metall buyumlarni o‘rniga yangilarini almashtirishga ketgan xarajatlar hisoblanmasdan, ularni yo‘q bo‘lishi, avariyalar yuz berishi, metall konstruksiya va uskunalarni ta’mirlashga, almashtirishga ketgan xarajatlar, korroziya natijasida oziq-ovqat va kimyo sanoati mahsulotlarini buzilishi, metall sarfini ko‘payishi ham hisobga olinadi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, korroziyani oldini olishga yoki kamaytirilishga ketgan xarajatlar, emirilish natijasida zararni qoplashga ketgan xarajatlardan bir necha marta kam bo‘ladi.
Korroziyaga faqat metallar hamda ularning qotishmalari emas, balki qurilish materiallari, jumladan, beton ham uchraydi.
Hozirgi zamon texnikasining asosiy materiali bo‘lgan temir asosida olinadigan qotishmalar korroziyadan eng ko‘p zararlanadi. «Zang temirni yoydi» deb bejiz aytilmagan. Haqiqatan ham 10 foizga yaqin metall korroziyaga uchrab yo‘qolib ketadi. Temirdagi zangning tarkibi Fe2O3 · nH2O ko‘rinishida bo‘lib, u mustahkam emas, g‘ovak shaklidadir. Korroziyadan so‘ng eroziya sodir bo‘ladi. Eroziya metall buyumlarning mexanik ta’sir natijasida chirishidir. Bu jarayondan keyin metall ishga yaroqsiz bo‘lib qoladi. Shunga qaramay taxminan qora metall temir-tersak va chiqindilarining 2/3 qismi marten pechlari va konverterlarda qayta eritilib, sanoatga qaytariladi.
Texnikada korroziya tezligi 1 m2 metall yuzasida 1 soatda chirigan metallning gramm miqdori bilan o‘lchanadi. Agar bu qiymat 0,1 g/m2 dan ortiq bo‘lmasa, metall korroziyaga chidamli, 3 g/m2 va undan ortiq bo‘lsa, korroziyaga chidamlilik kam, 1 m2 yuzadan bir soat ichida 10 g dan ortiq metall yo‘qolsa, korroziyaga chidamsiz hisoblanadi.
Korroziyani klassifikatsiyalanishi, bir qancha alomatlariga ko‘ra amalga oshiriladi:
1. Jarayon mexanizmiga ko‘ra kimyoviy va elektrokimyoviy korroziyaga bo‘linadi; yuz berish sharoitiga ko‘ra: atmosfera, gaz, elektrolitlarda yuz beradigan, tuproq (er), struktuktura (metalni strukturasini bir xil bo‘lmasligi), elektrokorroziya, kavitatsion va boshqa korroziyalar mavjud.
2. Korrozion emirilish xarakteriga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
- yoppasiga (yaxlit) emirilish, metalni butun yuzasida yuz beradi;
- maxalliy emirilish, yuzani faqat ayrim uchastkalarida yuz beradi;
Do'stlaringiz bilan baham: |