LАBORАTORIYa IShI № 2.
Metаllаrning kimyoviy xossаlаri
.
Ishning maqsadi:
metallarning kimyoviy xossalari bilan tanishish.
Tajriba №1.
Metallarning xavo kislorodi bilan oʼzaro taʼsiri.
a) Kerosinli bankacha ichidagi natriyning kichik boʼlakchasini pingʼet
bilan olib, filqtr kogʼozda artib, pichoq bilan kesiladi. Metallarning kesilgan
yuzasida qanday xodisa yuz beradi? Tegishli reaksiy tenglamasini tuzing.
b) Magniyning kichik boʼlakchasini pingʼet bilan ushlab yondiring.
Magniyning yonishiga eʼtibor bering. Qilingan ishlar yuzasidan natriy va
magniy aktivligi toʼgʼrisida xulosa chiqaring.
Tajriba №2.
Metallarning suv bilan oʼzaro taʼsiri.
a) Natriyning kichik boʼlakchasini filqtr kogʼozda artib, suv solingan va
unga ikki tomchi fenolftalein tomizilgan chinni kosachaga tashlang.
Kosachaning ustini oyna bilan berkiting. Reaksiy shiddatli borishini va suv
asta-sekin qizarishini kuzating. Natriyning suv bilan boʼlgan reaksiy
tenglamasini yozing.
b) 10 tomchi suv solingan probirkaga kichik magniy boʼlakchasini
tashlang. Vodorod ajralib chiqishi sezilarlimi?
Reaksiy tenglamasini tuzing
va metallarning suvga nisbatan aktivligini solishtiring.
Tajriba №3.
Metallarning xlorid va suyultirilgan sulfat kislotalari bilan
oʼzaro taʼsiri. 6 ta probirkaga 10 tomchidan xlorid yoki suyultirilgan 10% li
sulfat kislota eritmasidan soling. Xar bir probirkaga magniy, alyuminiy, rux,
qalay, mis metallarining kichik boʼlakchasidan tashlang. Аgar kerak boʼlsa
qizdiring. Xamma probirkada reaksiy boradimi? Tegishli reaksiy
tenglamasini tuzing. Qilingan tajribaga asoslanib
metallarning aktivligi
toʼgʼrisida xulosa chiqaring va reaksiy tenglamasini yozing.
Tajriba №4.
Metallarning kongʼentrlangan sulfat kislota bilan oʼzaro
taʼsiri. Probirkaga 5-6 tomchi kongʼentrlangan sulfat kislota soling va bir
boʼlak mis tashlang, oxista qizdiring. Extiyotkorlik bilan xidlang. Reaksiy
tenglamasini tuzing.
Tajriba №5.
Metallarning ishqorlar bilan taʼsiri.
6 ta probirka olib, xar biriga koʼrsatilgan metallar: magniy, mis, temir,
rux, qalay, alyuminiylardan tashlang (xar bir
probirkaga bittadan metall
boʼlakchasi soling). Metallarning ustiga 30% li natriy ishqoridan 10 tomchi
soling. Bir oz qizdiring. Xamma probirkalarda reaksiy boradimi?
Tegishli reaksiy tenglamasini yozing.
Tajriba №6.
Metall gidrooksidlarining olinishi va ularning xossalari.
a) 8 ta probirkaga 5 tomchidan quyidagi eritmalarni soling:
Magniy, rux, xrom, mis, alyuminiy, ikki valentlik temir va marganegʼ
tuzlari. Xar bir probirkaga choʼkma tushguncha NaOH ning 10% li
eritmasidan tomchilab soling. Reaksiyning molekulyar,
ionli tenglamasini
tuzing.
b) Xosil boʼlgan choʼkmani gʼentrofugada ajrating. Undan keyin xar bir
choʼkmaga 10% li NaOH eritmasidan 3-4 tomchi soling. Choʼkmaning
erishini kuzating. Molekulyar va ionli tenglamasini tuzing.
v) (a) punktida koʼrsatilgandek kilib metall gidrooksidlarini xosil
qiling, shu choʼkmaning erish, erimasligini kuzating. Reaksiyning
molekulyar va ionli tenglamasini yozing. Kislotalarda eriydigan gidrooksidlar
qanday xossaga ega? Kislota va ishkorlarda eriydiganlari
qanday xossaga
ega?
Tajriba №7.
Metallarning bir-birini siqib chiqarishi.
3ta probirkaga quyidagi koʼrsatilgan 2n eritmalaridan 5 tomchidan
quying: mis sulfat,
temir sulfat, rux sulfat. Xar bir probirkaga koʼrsatilgan
metallarning kichik boʼlakchasini tashlang: 1-rux, 2-alyuminiy, 3-mis.
Boradigan reaksiy tenglamalarini yozing. Oksidlovchi va qaytaruvchini
koʼrsating. Oʼrganilgan metallarning aktivligi kamayishi tartibida
joylashtiring va unga vodorodni qoʼshing.
Savol va masalalar.
1. Metallarning fizik xossasi nima?
2. Na + H
2
O =
3. Mg + H
2
SO
4(suyul.)
=
4. Cu + H
2
SO
4(kongʼ.)
=
5. Al + HCl =…; Al + NaOH =