5.Mavzuni xulosalash.O`quvchilar bilimini baholash,darsni yakunlash
6.Uyga vazifa; mavzuni oqib, savollar tuzish.
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :____________
9-sinf adabiyot 87-89-dars Sana:____________ O`qituvchi:
Mavzu :10 - Nazorat ishi. Insho va tahlil. “Otello timsoliga tavsif” mavzusida insho yozish
Ta`limiy maqsad: BKMlarni nazorat qilish
Tarbiyaviy maqsad: Milliyliklik , ma`naviy merosga hurmat ruhida tarbiyalash ;
Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, yozma nutq ravonligini rivojlantirish
Dars tipi: nazorat ishi
Dars uslubi: yozma ish
Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita
Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash
2. 10-nazorat ishi.Mavzu yuzasidan suhbat, inshoga reja tuzish
siz dunyo adabiyotidagi shoh fojia(tragediya)laridan biri bilan tanishib chiqdingiz. Shu asnoda sizga tragediya timsollarining boshqa janrlardagi asar qahramonlaridan bir qadar farq qilishi sezilib qolgan bo’lsa kerak. Chunki kundalik hayotning mayda-chuydalaridan baland turadigan, turmush tashvishlarini hal qilish to’g’risida emas, balki umr ma’nosini anglash haqida o’ylaydigan boshqacharoq odamlar fojianing qahramoni yoki qurboni bo’la oladi. Shunday odamlarning hayotidagina fojia ro’y beradi. Yuksak orzular, baland axloqiy muammolar quchog’ida yashamaydigan, hamma qatori kun ko’radigan kishilar hayotida ham achchiq ko’rguliklar, dahshatli falokatlar bo’lishi mumkin, lekin ularga fojia deb emas, balki baxtsizlik deb qaraladi.
Fojia buyuk odamlarning buyuk maqsadlar yo’lidagi omonsiz
kurashlari va halokatlaridangina tug’iladi. E’tibor bering: Otello hech qachon ezgulikka xiyonat qilmagan buyuk va qudratli inson, lekin o’zi bilmagani holda kechirilmas jinoyat qilgan sho’rlik odam! To’g’riso’zligi, odamlarga ishonishi, tinimsiz ravishda haqiqatga intilishi uning fojiasini kuchaytiradi. Boshqa jo’nroq odam Dezdemona haqidagi gaplarning tagiga yetish uchun tekshirishlar o’tkazgan, odamlardan so’rab-surishtirgan bo’lardi. Otello bunday maydalikni o’ziga ep ko’rmaydi. Chunki u Yagoning yolg’on gapirishi mumkinligini tasavvur ham qilolmaydi. Otello ulug’ inson bo’lgani uchun ham haqiqatning tagiga yetgach, o’ziga o’zi eng og’ir jazo belgilaydi va uni ijro etadi.
Otello hamisha o’ylanib, qiynalib yashaydi. O’zi yuksak ma’naviyat egasi bo’lgani uchun boshqalardan, hech bo’lmasa, o’z yaqinlaridan poklik, tozalik kutadi. Lekin Yagoning gapiga ko’ra, ayoli ham, ishongan o’rinbosari Kassio ham unga xiyonat qiladi. Otello qasoskor emas, balki nomusli odam. U odamlarning bu qadar tubanligi va olamning bunchalar buzuqligidan hayratga tushadi, qiynalib ketadi.
Fojiaviy timsollardagi shu xil boshqachalik ularning xatti-harakatlari ham, gap-so’zlari ham o’zgacharoq bo’lishini taqozo etadi. Shuning uchun ham tragediyalarda, ayniqsa, yirik tragik timsollar tasvirida hayot haqiqatiga to’la amal qilinmasligi, shartlilikka yo’l qo’yilishi mumkin. Tragik timsollar duch kelgan nohaqlikning ko’lami yirik bo’lgani uchun bunday obrazlarning halokati tufayli tug’iladigan fojia ham dahshatli bo’ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |