4. Mustahkamlash, o`quvchilarni baholash; .Adabiyot keng ma’noda ……. Singari 2 turga bo’linadi. A. Og’zaki va yozma B. Ilmiy va badiiy C .Ilmiy va ma’rifiy D. Memuar va tarixiy
2. Ulkan iste’dodi tufayli o’zbek xalq dostonchiligini yangi bosqichga ko’targan shaxs? A. Hodi Zarif B. Ergash shoir C. Fozil shoir D. Jumanbulbul
5. Uyga vazifa:4-9- sahifalarni o`qish.
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :__ ____
9-sinf adabiyot 2-dars Sana:____________ O`qituvchi:
Mavzu: “Alpomish” dostoni
Ta`limiy maqsad: Doston mazmuni bilan tanishish
Tarbiyaviy maqsad: Milliylik ruhida tarbiyalash ;
Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, og`zaki nutq ravonligini rivojlantirish
Dars tipi: yangi bilimlar berish
Dars uslubi: ifodali o`qish,suhbat, savol-javob
Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita
Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash
2. Uy vazifasi tahlili.
3. Yangi mavzu bayoni
O’quvchi! Siz xalqimizning eng ulug’ dostoni «Alpomish»dan olingan parcha bilan tanishasiz. Bu dostonni o’zbekning buyuk baxshisi Fozil Yo’ldosh o’g’li aytgan. «Alpomish» dostonining boshqa baxshilar tomonidan aytilgan qirqdan ortiq nusxasini olimlar yozib olishgan. Lekin ularning birortasi voqealarning qiziqarliligi, ifodaning ta’sirchanligi, tasvirning izchilligi,o’zbek xalqiga xos belgilarni aks ettira olish qudrati bilan F. Yo’ldosh o’g’li aytgan nusxaga teng kelolmaydi. Fozil shoir 1872-yilda hozirgi Jizzax viloyatining Baxmal tumani Loyqa qishlog’ida tug’ilgan. Yetimlikda o’sgan bo’lajak shoir cho’ponlik qilganvaqtlarida do’mbira jo’rligida terma va dostonlar aytishga qiziqqan. Yigitlik chog’larida davrining taniqli baxshisi Yo’ldosh shoirdan doston aytish sirlarini o’rgangan. Ulkan iste’dodi tufayli o’zbek xalq dostonchiligini yangi bosqichga ko’targan.
Fozil Yo’ldosh qirqdan oshiq xalq dostonlarini to’la yod bilgan va betakror talanti bilan aytgan dostonlarining badiiy jihatdan boshqalarnikidan mukammal bo’lishiga erishgan. «Alpomish» dostoni nafaqat uning ijodida, balki o’zbek xalq dostonchiligida alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki bu dostonda o’zbek xalqiga xos eng ezgu sifatlar haqqoniy hamda ta’sirli aks ettirilgan.
«Alpomish» dostonida o’zbek xalqining azal-azaldan imon-e’tiqod, or-nomus va yurt birligi yo’lida o’zini ayamasligi yorqin aks ettirilgan. Siz dostonni o’qish davomida o’ziga atashtirilgan qizning qalmoqlar orasida talash, yurtdoshlarining begonalarga xor bo’lmasligi uchun jonini tikkan buyuk qahramon Alpomish, imon keltirgani va do’st tutingani uchun Hakimbekning yonida o’zining insofsiz yaqinlariga qarshi kurashgan Qorajon, insoniy fazilatlari bilan ko’pchilik erkaklardan baland tura oladigan Oybarchin va Qaldirg’och timsollari millatimizga xos baland sifatlarni aks ettirganligini ko’rasiz.
«Alpomish» dostonida o’zbek millatiga xos eng yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlar, ayni vaqtda, ayrim millatdoshlarimizdagi cheklanganlik va ojizliklar buyuk bir mahorat bilan tasvirlangan. Bu asar shunchaki bir doston emas, balki xalqimizning ma’naviy olamini ko’rsatuvchi ko’zgudir. Shuning uchun ham 1999-yilda ushbu doston yaratilganining ming yilligi mamlakatimizda bayram qilindi.
Doston matni ustida ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |