9-sinf adabiyot 1-dars Sana: O`qituvchi: Mavzu: ruhiy kamolot vositasi



Download 268,8 Kb.
bet1/158
Sana23.01.2022
Hajmi268,8 Kb.
#405486
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   158
Bog'liq
9-sinf adabiyot kundalik reja


9-sinf adabiyot 1-dars Sana:____________ O`qituvchi:

Mavzu: RUHIY KAMOLOT VOSITASI

Ta`limiy maqsad: Nazariy ma`lumot berish

Tarbiyaviy maqsad: Komil inson ruhida tarbiyalash ;

Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, og`zaki nutq ravonligini rivojlantirish


Dars tipi: yangi bilimlar berish

Dars uslubi: suhbat,”aqliy hujum”

Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita

Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash

2. Uy vazifasi tahlili.

3. Yangi mavzu bayoni

Badiiy adabiyotning asosiy ish quroli so’zdir. O’zi ko’zga ham ko’rinmaydigan so’z yordamida nafaqat atrofdagi narsa-hodisalar, balki boshdagi o’ylar, ko’ngildagi sezimlargacha ifodalash mumkin. Shuning uchun ham san’at turlari orasida adabiyot alohida o’rin tutadi. Insonning o’y xayollari, istag-u armonlari badiiy adabiyotda to’laroq aks ettiriladi. Shuningdek, badiiy adabiyotda tasvirlangan hayot serqirra va ta’sirli bo’ladi. Tasavvur qilaylik, siz «Alpomish» dostonini o’qiyapsiz. Bilasizki, asardagi voqealar bundan minglarcha yillar oldin qayerdadir, kimlar bilandir ro’y bergan, ehtimol, hech qachon bo’lmagandir ham. Asar qahramonlari sizga qarindosh ham, yaqin ham emaslar. Lekin ularning taqdiri sizning taqdiringizga, ularning tuyg’ulari siznikiga qo’shilib ketadi, o’zingizni ulardan ayri tasavvur qilolmaysiz. Doston qahramonlari taqdirining, umuman, ba­diiy asarning tuyg’ularingizga bunchalar qattiq ta’sir ko’rsatishi, sizning sezimlaringizni bezovta qilishi sababi haqida beixtiyor o’ylab qolasiz.

Badiiy adabiyot, umuman, san’at asarlarining inson ruhiyati va ta­fakkuriga ta’siri sababi nimada ekan? Bu savolga beriladigan javob tushunarliroq bo’lishi uchun badiiy va ilmiy adabiyotni solishtirib ko’rish kerak. Avvalgi sinflardan yaxshi bilasizki, «Tabiatshunoslik» va «Geografiya» o’quv fanlari orqali kecha-kunduzning eng go’zal va so’lim fursati bo’lmish tong to’g’risida, yer sharini nurlari bilan yoritib, unga hayot baxsh etuvchi Quyosh haqida bir talay ma’lumotlar beriladi. Quyosh bo’lmasa, yerda tiriklik bo’lishi mumkin emasligi va buning sabablari ilmiy yo’sinda tushuntiriladi. Bu ma’lumotlar sizning bilimingizni oshirgan. Ular yordamida siz tongga xos belgilarning namoyon bo’lish tarzi haqida ma’lum tushunchaga ega bo’lgansiz. Bu xil bilimlar, shubhasiz, sizning tafakkuringizni o’stirgan-u, ammo hissiyotingizga, tuyg’ularingizga deyarli ta’sir qilmagan. Olimlarning ko’rsatishlaricha, badiiy asarlar qanday maqsadda yaratilishiga (kuylash uchunmi, sahnada ko’rsatish uchunmi yoki o’qish uchunmi) va nimani ifoda etishiga (tuyg’uni, tuyg’uning yuzaga kelishiga sabab bo’lgan voqeani yoki obrazlarning bevosita harakatlarini) qarab lirik, epik, dramatik kabi turlarga bo’linadi. Bu adabiy turlarning har biri ham, o’z navbatida, bir qancha janrlarga bo’linib ketadi. Badiiy adabiyotning eng qadimiy shakli — xalq og’zaki ijodi (folklor) bo’lib, uning o’zi ham dostonlar, ertaklar, qo’shiqlar, maqollar, topishmoqlar singari qator janrlarga ajraladi. Og’zaki adabiyot, nomidan ham anglatib turganidek, og’zaki ravishda yaratilgan bo’ladi va uning kim tomonidan dunyoga keltirilganligini aniqlab bo’lmaydi.




Download 268,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish