MAVZU: RUHIY POKLIK VA MA`NAVIY POKLIK
REJA:
1.Poklik – saodat kalitidir.
2.Ruhiy poklik.
3.Ma`naviy poklik.
1.Poklik – saodat kalitidir.
Biz g`oyatda baxtli insonlarmiz. Zero, bizni Alloh taolo O`ziga banda bo`lishga loyiq kurdi, o`zining so`nggi va mukammal kalomi nozil qilingan sunggi Paygambariga ummat qildi, musulmon diyorda, musulmon oilada musulmon qilib dunyoga keltirdi. Dunyoga kelib, aqlimizni tanigach, oq-qorani ajratadigan bo`lgachgina, bu nematlarning naqadar ulugligini, shukrini ado qilib bo`lmas darajada benihoyaligini anglab etdik. Bu dunyoda shirk, kufr, nifoq, hasad, yolgon, xiyonat kabi ulkan gunohlar borligini, bidat-xurofot, shubha-gumon, irim-sirim kabi masiyatlar, jaholatlar borligini ko`rgachgina, Alloh taolo bizni hali dunyoga kelmasimizdan bu kabi illatlardan poklab qo`yganini tushundik. Ana shu poklik tufayli biz dunyodagi eng baxtli insonlarmiz, deb baralla ayta olamiz. Khush, poklik nima uzi? Keling, bugun ana shu go`zal tushuncha haqida suhbat qilaylik.
Poklik, tozalik degan suzlarning lugaviy manosi barchamizga malum. Ular hech qanday kir, zarar va shu kabi salbiy tasirlar aralashmagan holat yoki narsani anglatadi. Toza suv deganda rangi, hidi, tami o`zgarmagan suv tushunilsa, pokiza libos deganda toza yuvilgan, dog` tegmagan kiyim tushuniladi va hokazo. Bularning barchasi moddiy tozalikdir. Ammo manaviy poklik ham borki, bu poklik insonning ichki dunyosida, qalbida, ruhida buladi. Insonning asli, javhari, uning jismini, khatti-harakatlarini boshqarib turuvchi masdar esa ruhdir. Demak, uning moddiy pokligi ham manaviy poklikdan kelib chiqadi. Shuning uchun poklik deganda faqat moddiy yoki faqat manaviy poklikni keskin ajratib bo`lmaydi.
Haqiqiy poklikning – ham moddiy, ham manaviy poklikning qanday bulishini esa bizga muqaddas Islom dinimiz urgatadi. Zero, Islomning uzi poklik asosida bunyod bo`lgandir. Shuning uchun biz poklikni bu dinning ikki masdari – pok Parvardigorimizning Kalomi hamda Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridan urganamiz.
Islom dini insondan ham manaviy, ham moddiy poklikni talab qiluvchi ilohiy talimotdir. Masalan, bir buyumga, makhluqqa emas, o`ziga o`xshagan bir gunohkor bandaga emas, balki bandaning o’zini ham, butun borliqni ham yaratgan Robbiga ibodat qilish manaviy poklik bo`lsa, bu ibodatni najosat tekkan ahvolda, nopok kiyimda, iflos joyda emas, pokiza jism bilan, top-toza libos bilan, pokiza joyda ado etish moddiy poklikdir. Xuddi shuningdek, halol yo`l bilan topilgan pulga halol luqma yeyish, jismoniy ehtiyojlarni halol yo`l bilan qondirish, bir odamga g`araz yoki boshqa nopok maqsadlar bilan emas, xolis, pok niyat bilan yaxshilik qilish, xayr-ehson qilish, bu ibodatlarni minnat, riyo kabi illatlardan pok saqlash ham poklikdir.
Islomning besh ustunidan har biri chinakam poklik ramzidir. Iymon – qalbni shirk va kufrdan, shubhadan poklashdir. Tahorat, g`usl va tayammum jismni kirdan, chang-gubordan, najosatdan poklashdir. Namoz – uz-uzini fahshu munkar ishlardan poklashdir. Ro`za – qalbni masiyatlardan, jismni isrofdan poklashdir. Zakot – mol-mulkni muhtojlarning haqqidan poklashdir. Haj va umra – insonning borligini bu dunyoning utkinchi tashvishlaridan poklashdir.
Alloh taolo Uzining benihoya hikmati bilan bandalarini poklanishga chaqirgan ekan, bu poklikka har qanday zamonda, har qanday makonda rioya qilish lozim va lobuddir. Badanni pok tutish ham, uyni toza tutish ham, tabiatni, atrof-muhitni toza saqlash ham poklik bulganidek, yolgon, hasad, giybat kabi manaviy illatlarni, ugrilik, ribokhurlik, porakhurlik, ichkilibozlik, giyohvandlik, odam savdosi, qotillik, fitna-fasod kabi gunohlarni tark qilish ham poklikdir.
Katta bo`lsin, kichik bo`lsin – har qanday miqyosdagi poklik misli ko`rilmagan khayr-barakaga sabab bulganidek, nopoklik ham umumbashariy qirg`inlarga, ofatlarga, ulatlarga sabab buladi.
Jismini, libosini, uyini pok tutgan inson sog`lom bo`ladi, niyati pok, mehnati halol kishining topgan-tutganiga baraka kiradi, el-yurt ichida hurmati baland buladi, turmushi osuda, hayoti mazmunli o`tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |