6. “Dubrovskiy” 7. “Kavkaz asiri”
A. a) 6,7; b) 1; c) 5; d) 4; e) 2,3;
B. a) 5,6,7; b) 1; c) 2; d) 3; e) 4;
C. a) 7; b) 1,6; c) 2,5; d) 4; e) 3;
D. a) 5,6; b) 2; c) 4; d) 3; e) 1,7;
6.Uyga vazifa; mavzuni o`qish, asardan parcha yod olish. Mavzuni xulosalash, o`quvchilar bilimini baholash darsni yakunlash.
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :____________
9-sinf adabiyot 93-dars Sana:____________ O`qituvchi:
Mavzu : A.S.Pushkin . “Yevgeniy Onegin” she`riy romani.
Ta`limiy maqsad: asar mazmuni bilan tanishtirish, tahlil qilishga o`rgatish
Tarbiyaviy maqsad: Komil inson ruhida tarbiyalash ;
Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, og`zaki nutq ravonligini rivojlantirish
Dars tipi: yangi bilimlar berish
Dars uslubi: matn ustida ishlash,suhbat, savol- javob
Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita
Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash
2. Uy vazifasi tahlili. II.O`tgan mavzuni so`rash
3. Yangi mavzu . She`riy roman o`quvchilarga o`qittiriladi. Mazmuni yuzasidan suhbat o`tkaziladi.
A. S. Pushkinning «Yevgeniy Onegin» asari rus adabiyotidagi birinchi she’riy romandir. Pushkin bu asarni yaratishda buyuk ingliz shoiri Bayronning «Don Juan» she’riy romanidan ta’sirlangan. Dastlabki she’riy romanlar jamiyat axloqining buzilishi sababli ma’naviyati nuqsonli, baxti kemtik bo’lib qolgan iste’dodli shaxslar taqdirini ko’rsatishga bag’ishlangan. «Yevgeniy Onegin» romanining bosh qahramoni kelishgan, aqlli, o’ziga yarasha o’qimishli, farosatli yigit. Lekin u o’z axloqini kibor jamiyat talabiga moslashtirishga majbur bo’lgani uchun hammaga begona. Munofiqlik va yolg’onni axloq darajasiga ko’targani uchun ham oliy tabaqa vakillari o’rtasidagi munosabatlarda samimiylik yo’q. Samimiylik bo’lmagan joyda muhabbatga ham o’rin yo’q. Shu bois qizning eng munosib umr yo’ldoshi bo’lishi mumkinligini yaxshi bilgani holda Yevgeniy Tatyananing sevgisini rad etadi. U o’zining qizga loyiq emasligini sezadi.
Onegin yengiltak ham, xotinboz ham emas. Lekin kiborlar ko’ziga shunday ko’rinish, ular orasida shuhrat orttirish uchun ayollarni yo’ldan urishga urinadi. Yevgeniy janjalkash, qonxo’r odam emas, ammo kiborlarda duelga chiqishdan qo’rqdi degan fikr uyg’otmaslik uchun, o’zi istamagani holda sodda shoir yigit Lenskiyni otib o’ldiradi. Romanda kuchi, g’ayrati, aqlini sarflashi mumkin bo’lgan ezgu mo’ljalning yo’qligi tufayli qiynalayotgan yigit iztiroblari aks etgan.
She’riy roman ham odatdagi romanlar kabi tafsilotlarni bayon qilishga asoslangan janr bo’lib, unda epik va lirik xususiyatlar aralash keladi. She’riy romanda epik jihatlar: sujetning ko’ptarmoqli, bayonning xolis ekanida ko’rinsa, lirik belgilar tasvirga muallifning bemalol aralashuvi, uning o’z tuyg’ularini erkin ifoda etaverishida ko’rinadi. E’tibor qilgan bo’lsangiz, «Yevgeniy Onegin» asarida qahramon hayotidagi sarguzashtlar bilan birga, asardagi personajlarning xattiharakatiga shoir munosabati ham yaqqol ifoda etilgan.
4. Mavzuni mustahkamlash maqsadida savol va topshiriqlar, test topshiriqlari bajartiriladi.
Boshqasi!.. Yo’q, hech kim dunyoda
Ololmasdi ko’nglimni mening
Hukm o’qilgan arshi a’loda,
Falak amri: men – sening, sening.
Do'stlaringiz bilan baham: |