9-sinf adabiyot 92-dars Sana:____________ O`qituvchi: Ibragimova M.
Mavzu : A.S.Pushkin . “Yevgeniy Onegin” she`riy romani.
Ta`limiy maqsad: Ijodkor hayoti va asar mazmuni bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy maqsad: Komil inson ruhida tarbiyalash ;
Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, og`zaki nutq ravonligini rivojlantirish
Dars tipi: yangi bilimlar berish
Dars uslubi: suhbat, ifodali o`qish musobaqasi, test topshiriqlari
Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita
Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash
2. Uy vazifasi tahlili. II.O`tgan mavzuni so`rash
3. Yangi mavzu bayoni.
Umr bo’yi g’oyat notinch va tartibsiz yashagan tengsiz rus shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkin hayotining so’nggi yillari fojiali bo’ldi va halokatli yakun topdi. U 1799- yilning 6- iyunida Moskva shahrining Nemislar ko’chasida yashovchi qadimiy dvoryanlardan bo’lmish iste’fodagi mayor Sergey Pushkin oilasida tug’ildi. Bo’lajak shoirning onasi Nadejda Birinchi Pyotrning tutingan o’g’li habash Ibrohim Hannibalning nevarasi edi. Qizig’i shundaki, Sergey Lvovich ham, Nadejda Osipovna ham bolalarinining hayoti bilan deyarli qiziqishmas edi. Shu bois ularga ta’lim-tarbiya berish to’g’risida jiddiy bosh qotirilmadi. Oilada faqat fransuz tilini o’rganishgagina jiddiy e’tibor qaratilardi. Buyuk Pushkinning bu tilni mukammal bilishiga uyida asos qo’yilgandi.
Pushkinning she’riy ijodi o’qiyotgan paytida boshlandi. Yosh shoirning dastlabki she’ri 1814- yilda litseyda chiqadigan «Ovrupo xabarlari» jurnalida chop etildi. Litseyda o’qib yurganidayoq Pushkinning tengsiz iste’dod egasi ekanligi ayon bo’lgandi. O’limidan ikki yil oldin litseydagi imtihonlarning birida qatnashgan keksa Derjavin Pushkinning she’rini eshitgach, uning buyuk shoir bo’lajagini bashorat qiladi.
1817- yilda litseyni bitirgan Pushkin tashqi ishlar Vazirligiga ishga o’tdi. Bu davrda butun rus jamiyatida erkinlikka intilish kuchli edi. Hatto podsho Birinchi Aleksandming o’zi konstitutsiya qabul etish va krepostnoylik huquqini bekor qilish haqida jiddiy o’ylayotgandi. Jamiyatning ongli a’zolari mamlakatda jiddiy o’zgarishlar bo’lishini, ozodlik va demokratiyaga erishishhini kutishar, turli-tuman siyosiy to’garaklar tashkil etilgandi. Tabiatan ruhiyati erkinlikka moyil, hech qanday cheklovni qabul etolmaydigan Pushkin ham ko’pchilik qatori ilg’or qarashlarga beriluvchan edi. Lekin u ruhan siyosatchi emas, ijodkor bo’lgani uchun ham tashkil etilgan jamiyatlarning birortasiga a’zo bo’lmadi. Chunki biror uyushmaga a’zolik mas’ullik bo’lib, kishidan qandaydir qoidalarga bo’ysinish talab etilardi. Pushkinga esa, har qanday bo’ysunish malol kelardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |