Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
6.Uyga vazifa; mavzuni o`qish. Mavzuni xulosalash, o`quvchilar bilimini baholash ,darsni yakunlash.
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :____________
9-sinf adabiyot 96-dars Sana:____________ O`qituvchi:
Mavzu : Ch. Aytmatov “Asrga tatigulik kun” romanidan parcha o`qish
Ta`limiy maqsad: Asar mazmuni bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy maqsad: Milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ;
Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, og`zaki nutq ravonligini rivojlantirish
Dars tipi: yangi bilimlar berish
Dars uslubi: matn ustida ishlash,suhbat, savol- javob
Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita
Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash
2. Uy vazifasi tahlili. II.O`tgan mavzuni so`rash
3. Yangi mavzu. Asar matni ustida ishlash. Romandan parcha o`quvchilar tomonidan navbatma- navbat o`qib boriladi. 1 soat uchun belgilangan parcha o`qib bo`lingach, suhbat o`tkaziladi.asar mazmuni yuzasidan o`quvchilar mustaqil fikr yuritishadi.
Chingiz Aytmatovning «Asrga tatigulik kun» romani 1980-yilda yozilgan. Asar chop etilishi bilan o’quvchilar tafakkuri va ruhiyatini larzaga keltirdi. Chunki unda odamning insoniy qiyofasini belgilaydigan asosiy ko’rsatkichlar: o’zlikni anglash, o’zgani tushunish, tarixiy ildizlarni bilish, undan faxrlanish singari tushunchalar ekanligi ko’rsatilgandi. Asarda bu masalalar konkret odamlar taqdiri misolida badiiy ifoda etilgan edi. Holbuki, bunday xususiyat sho’ro adabiyoti uchun tamomila begona hisoblanardi.
Ch. Aytmatov ulkan san’atkorgina emas, jasur inson ham bo’lgani uchun ana shunday vaqtda odamiylik odamlikdan baland ekanligini, kechagi kunini eslamaydigan, bobolarning udumlari bilan faxrlanmaydigan, ularga amal qilmaydigan kimsalar na oti va na zotini biladigan manqurtdan farq qilmasligini Jo’lomon va Sobitjon timsollari misolida juda ta’sirli aks ettirdi.
Ko’nglining eng tubidagi yuksak ezgu tuyg’ular ifoda etilgan bu romanga X asrda yashab o’tgan arman yozuvchisi Grigor Narikatsining «Musibatnoma» kitobidan «Bu kitob jism-u fig’onimdir mening, Bu kalom jon-u jahonimdir mening» satrlarining epigraf qilib olinishida ham teran ma’no bor. Ch. Aytmatov uchun ham bu roman «jon-u jahon»ning o’zi edi. Asar chindanda jahonga mashhur yozuvchining dilidagi oh-u fig’oni, jonini o’rtagan dardlari, alamlari bayonidir. Kitobda odam degan yaratiqning azizligi, uni tarixiy ildizlaridan, tilidan, g’ururidan mahrum qilish joniga qasd etishdan ham dahshatli jinoyat ekani yovqur Nayman onaning tengsiz fojiasi tasviri asnosida aks ettirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |