Mavzuni mustahkamlash maqsadida savol va topshiriqlar, test topshiriqlari bajartiriladi
4. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
5..Uyga vazifa; mavzuni o`qis va savollar tuzish. Mavzuni xulosalash, o`quvchilar bilimini baholash ,darsni yakunlash.
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :____________
9-sinf adabiyot 100-dars Sana:____________ O`qituvchi:
Mavzu : Mustaqillik davri adabiyoti
Ta`limiy maqsad: Nazariy ma`lumot berish.
Tarbiyaviy maqsad: O`zbek adabiyotiga hurmat ruhida tarbiyalash ;
Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, og`zaki nutq ravonligini rivojlantirish
Dars tipi: yangi bilimlar berish
Dars uslubi: suhbat.
Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita
Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash
2. Uy vazifasi tahlili. II.O`tgan mavzuni so`rash
Dramaturgiya shakliy izlanishlar qilish, ijodiy tajribalar o’tkazish yo’nalishidagi izlanishlar to’xtagan emas. U. Azim va A. A’zam qalamiga mansub dramalar sahna asarlari yaratishdagi dadil tajribalarning mahsulidir. Dramaturglar hayotiy holatlar son-sanoqsiz bo’lishi mumkinligi va undagi o’zgarishlar ana shu vaziyatda harakat qilayotgan qahramonlar tabiatida ham jiddiy evrilishlar yasashi mumkinligini nozik his etgan holda drama-versiya, drama-vaziyat singari ifoda shakllarni o’ylab topganlarki, bu hol asarlarning bir qadar muvaffaqiyatli chiqishini ta’minlagan.
Komediyalarning saviyasi kishida haqli e’tiroz va jiddiy xavotir uyg’otadi. Negaki, o’zbek komediyachiligining dastlabki qadamlariyoq juda zalvorli va esda qolarli bo’lgan. Hamza, Qahhor, Sh. Boshbekovlarning teran ma’noli kulgi asarlarini eslashning o’zi da’vomizning nechog’liq haq ekanligini ko’rsatadi. Bugungi komediyalarning badiiyati na ijrochilarga, na tomoshachilarga va na o’quvchilarga biror estetik ozuqa bera oladigan darajada nochordir. Sahnaviy ijodning komediya deb atalmish bir turiga ko’cha so’zlari, hissiyoti, tiyiqsiz chuchmallik, pardasizlik o’ta surlik bilan kirib kelmoqda. Mualliflar to’qnashuvlar tarangligi haqida emas, so’zlarning pardasizligi haqida ko’proq bosh qotirishmoqda. Bu xildagi bitiklar to’xtovsiz sahnalashtirilayotganligi, boz ustiga, ko’plab tomoshabinlarga ega bo’layotganligi esa jiddiy estetik xavfdir. Chunki millatning badiiy didi shakllanishiga to’g’ri yo’nalish bermay turib, uning ma’naviyatini yuksaltirish, komil shaxsni tarbiyalash haqida gapirish behudadir.
She’riyat va nasr borasida mustaqillikkacha bo’lgan yaqin o’tmishdagi estetik yuksakliklarga yetibgina qolmay, undan balandroq cho’qqilarni egallash imkoniyati yuzaga kelganligi ayon haqiqat bo’lsa, dramaturgiya bobida shu vaqtgacha erishilgan sahnaviy yuksaklikka yaqin kelinmayotganligini ham bor gapdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |