Manqurtning zamonaviy va xavfli nusxasi kim? A. Jo’lomon B. Sobitjon C. Edilboy D. Oyzodaning eri
. “Asrga tatigulik kun” asari pafosi kimning timsoli tasvirida yaqqol bo’y ko’rsatgan? A. Sobitjon B. Edigey Bo’ron C. Nayman ona D. Kazangap
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
6.Uyga vazifa; mavzuni o`qis va savollar tuzish. Mavzuni xulosalash,
o`quvchilar bilimini baholash ,darsni yakunlash.
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :____________
9-sinf adabiyot 99-dars Sana:____________ O`qituvchi:
Mavzu : Mustaqillik davri adabiyoti
Ta`limiy maqsad: Nazariy ma`lumot berish.
Tarbiyaviy maqsad: O`zbek adabiyotiga hurmat ruhida tarbiyalash ;
Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, og`zaki nutq ravonligini rivojlantirish
Dars tipi: yangi bilimlar berish
Dars uslubi: suhbat, savol- javob, charxpalak texnologiyasi
Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita
Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash
2. Uy vazifasi tahlili. II.O`tgan mavzuni so`rash
3. Yangi mavzu bayoni: She’riyat bugungi kunda ham milliy adabiyotimizning yetakchi turi bo’lib qolmoqda. Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Shavkat Rahmon, Azim Suyun, Usmon Azim, Ikrom Otamurod, Abduvali Qutbiddin, Farida Afro’z, Aziz Said, Muhammad Yusuf, Faxriyor, Bahrom Ro’zimuhammad, Rauf Subhon, Iqbol Mirzo, Zebo Mirza, Tursun Ali, Ulug’bek Hamdam, Xosiyat Rustamova singari shoirlarning she’rlarida olamni poetik idrok etish yangi oosqichga ko’tarilgani namoyon bo’ladi. Bu davr she’riyatida o’tkir gap aytish, o’quvchiga aql o’rgatish emas, balki inson ruhining murakkab manzaralarini aks ettirishga e’tibor kuchaydi. Odam sezimlarining qatlamlarini tadqiq qilish, tuyg’uning boy va rangin qirralarini poetik kashf etishga urinish kuchaydi. Bu davr she’riyati shakliy izlanishlarga boyligi bilan xarakterlanadi. Endilikda o’zbek she’riyati bilan tanishish uchun o’quvchining qulog’i va ko’zigina emas, tafakkuri va tuyg’ulari ham bir qadar zo’riqishi, she’rdan zavq olish, lazzat tuyish uchun mehnat qilishi lozim bo’lib qoldi.
Hissiyot qatlamlarini tadqiq etish, odam ruhiyatidagi boy va rangin iqlimlarni poetik kashf etishga urinish kuchaydi.
R. Parfining «Adashgan ruh», «Qora devor», «Munojot», «Sensiz», Sh. Rahmonning «Turkiylar», «Iqror», A. Suyunning «Istig’for», «Oq va qora», A. Qutbiddinning «Izohsiz lug’at», A. Saidning «Tush», «Yo’l», Faxriyorning «Ayolg’u», «Bo’g’zimdan sirqirar tovush - qon...», «Oyloq kecha...» she’riy asarlari mustaqillik davri o’zbek nazmining yetuk namunalaridan hisoblanadi. Bu davr she’riyati shakliy izlanishlarga boyligi, Chiqish nazmidan ham, Botish adabiyotidan ham samarali o’rganishga intilish kuchayganligi bilan xarakterlanadi.
Endilikda she’rxonlik ko’ngil ochar mashg’ulot bo’lmay qoldi. She’r bilan tillashadigan o’quvchining tafakkuri ham, qulog’i ham, ko’zi ham, hatto tuyg’ulari ham bir qadar zo’riqishi, she’r o’qiyotganda faqat zavq va lazzat tuyibgina qolmay, mehnat qilishi ham lozim bo’lib qoldi. Rauf Parfining:
Yerga botgan osmonlarni kuzatdim,
Chopilgan oyog’im bilan chopdim men.
Kesilgan qo’limni sizga uzatdim,
Bu dunyo gullarga to’ldi.
Qotdim men
yoki:
Shaftolirang olam nayza uchinda,
Dunyolari yolg’on, men oidim chindan
singari badiiy qanoatlarini qabul qilish uchun muayyan ruhiy-intellektual hozirlik zarur bo’lishi tayin. O’ziga xos shoirlardan biri Faxriyorning mavjud imlo qoidalariga rioya etmay bitilgan:
qobirg’alar qabarar suyaklarim qadoqdir
qaboqlarim o’q tugab bo’shab qolgan sadoqdir
kuyib kuyib kul bo’lgan nafratlarim adoqdir
chuchmomalar ko’k kiygan
namozshomgul gul gulim
hey tulugim hey tulum
hey tulugim hey tulum
satrlari orqali ifodalanayotgan badiiy ma’noni ilg’ash oson kechmaydi.
Milliy poeziyamiz tarixida ikkigina so’zdan iborat she’r hech qachon bo’lmagan. Faxriyor shunday she’r yozdi. Quvonarlisi shundaki, bu ikki so’z yordamida atama yasalmagan yoki axborot berilmagan, balki o’ziga xos musiqaga ega, muayan kayfiyat ifodalay oladigan, o’qiganga o’zgacha ruhiyat baxshida qiladigan tugal she’r yaratilgandir:
oy
bolta
She’r bosh harf bilan yozilmaganligi, unda hech qanday tinish belgisi ishlatilmaganligi muallifning oliftaligi yoxud injiqligidan emas. E’tibor qiling, ajdodlarimiz minglab yillar davomida tinimsiz she’rlar bitib kelishgan. Ular o’quvchiga ishonishgan. O’tmishdagi shoirlar zarur o’rinni belgilash, alohida e’tibor qilinadigan joyni topish ixtiyorini she’rxonning o’ziga qoldirishgan. Faxriyorning she’ridagi ikki so’z, tabiiy ravishda, o’quvchining e’tiborini tortadi, uni bu so’zlar ustida o’ylab ko’rishga, unga turli aspektlarda yondashishga undaydi. Birov oyni boltaga, boshqa birov boltani oyga mengzaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |