Hisobot
Men Nurmetova Nazokat 21.06.2021 dan 31.07.2021 gacha Xorazm viloyati Urganch shahri “Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida” o’quv amaliyotida bo’ldim. Amaliyotim davrida texnika xavfsizlik qoidalari va tashkilot ichki tartib qoidalari bilan tanishdim va o’rgandim. Tashkilot xodimlarining ish jarayonini kuzatdim va o’zimga amaliyot vaqtida kerak bo’lgan ma’lumotlarni oldim. Xodimlardan tashkilot foydalanuvchilari bilan samarali aloqa o’rnatishni kuzatdim va o’rgandim.
Amaliyotim mobaynida bir qancha tadbirlarini kuzatdim va ularni qanday tashkil qilishni, nimalarga ko’proq e'tiborli bo’lish kerakligini, qanday usullar orqali tadbirni samarali tashkil etishni o’rgandim.
Shu bilan birga tashkilotning jamoat ishlarida ham faol ishtirok etishga harakat qildim. Bundan tashqari tashkilot rahbarlari tomonidan o’tkaziladigan majlis va yig’lishlarda ish jarayonini qanday olib borish, foydalanuvchilar bilan aloqani samarali taminlash, ishga o’z vaqtida va vijdonan yondashishni o’rgandim. Ish jarayonida menga xodimlarning yo’l – yo’riqlarni juda yordam berdi. Shuningdek, amaliyotim davomida bo’lib o’tkan bir nechta tadbirlarda ishtirok etdim va ularni tashkillash jarayonida xodimlarga yordam berdim. O’zim ham mustaqil tarzda tadbir o’tkazdim. Bunda, albatta, tashkilotdagi xodimlarning yordamlari katta madad bo’ldi.Ishonamanki, ushbu amaliyot davrida o’rgangan va keyingi bosqichlarda o’rganadigan bilim va tajribalarim menga kelajakda ish faoliyatimda va albatta yetuk malakali mutaxassis bo’lib yetishishimda katta yordam beradi.
Amaliyotchi talaba: N. Nurmetova
Amaliyot rahbari: S. Kutliyev
TATU Urganch filiali “AKT sohasida kasb ta’limi”
yo’nalishi 921-18 guruh talabasi
Nurmetova Nazokatning Xorazm viloyati
Urganch shahri “Muxammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari
universiteti Urganch filiali 21.06.2021 dan
31.07.2021 gacha amaliyot o’tash davri bo’yicha
Tavsifnoma
Nurmetova Nazokat Zeripbayevna o’quv amaliyotni o’tash davrida o’zining intizomi bilan boshqa talabalardan ajralib turdi. Ish jarayonini tashkillashda xodim S. Kutliyev astoydil ko’makchi bo’lib, o’zining nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llashi bo’yicha tirishqoqlik bilan faoliyat olib bordi. Ishchi Xodimlardan ish jarayonini yaxshi o’zlashtirib, o’zi ham mustaqil tarzda muntazam ish jarayoniga qatnashib bordi.
Kelajakda Nurmetova Nazokat malakali yetuk mutaxasis bo’lib yetishishiga ishonamiz.
“Kompyuter injineringi
Kafedrasi” raxbari: S. Kutliyev
Do'stlaringiz bilan baham: |