23–seminar mashg`ulot Mavzu. Nemis tarixiy maktabini paydo bo’lishi va uni rivojlantirish bosqichlari



Download 18 Kb.
bet1/3
Sana14.04.2023
Hajmi18 Kb.
#928172
  1   2   3
Bog'liq
23-mavzu


23–seminar mashg`ulot
Mavzu. Nemis tarixiy maktabini paydo bo’lishi va uni rivojlantirish bosqichlari
Asosiy tushuncha va iboralar
Tarixiy maktab, F.List; millatning ruhi, iqtisodiy ta’limotlar tarixida tarixiy usul, yangi tarixiy maktab, davlat sotsializmi, benuqson tiplar, pluralizm.
Asosiy savollar

    1. Germaniya tarixiy maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari

Taniqli ingliz iqtisodchi olim Mark Blaug XIX asming 60-yillarida Yevropa qit’asida klassik iqtisodiy maktabga muqobil nazariy maktablarning shakllanishini ta’minlaydigan haqiqiy intellektual inqiroz sezilmasdan turib, yagona tarixiy maktabgina o‘zining muqobil modelini taklif qilganini alohida ta’kidlaydi (Blaug M. Ekonomicheskaya mыsl v retrospektive. Delo LTD, 1994, str, 275). Haqiqatan ham, tarixiy maktab nazariyotchilari XIX asr Germaniyasi taraqqiyotiga va ilm-fan rivojiga salmoqli hissa qo‘shdilar. «Tarixiy usul» jozibasi keyingi avlod iqtisodchilari tomonidan Yangi tarixiy maktabning yaratilishiga sabab bo‘ldi.
Barcha tarixiy maktablarning mualliflari klassiklami tanqid qilishda bir fikrda edilar. Ular klassiklar abstraksiya va umumiy xulosalarga berihb, kerakli fakt va kuzatishlarga e’tiborsiz qarashayotganliklarini, shuningdek, iqtisodiy liberalizm negizlarini mutlaq holda ko‘rsa- tayotganliklarini tanqid qilib, voqelikni haqqoniy tadqiq qilish maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar.
Yangi davr talablarini F.List va keyinchalik tarixiy maktab vakillari hal etishga harakat qildilar. F.List o‘z qarashlari bilan nafaqat iqtisodiy nazariyani rivojlantirishga intildi, balki endi rivojlanayotgan davlatning iqtisodiiy siyosatini tubdan o‘zgartirishga harakat qildi. Uning milliy xo'jalik tizimi ilg'or nemis buijuaziyasi manfaatlarini ifoda etib, indus­trial rivojlanish yo'llaiini izladi.
Tarixiy maktab vakillari tarixdan bo‘lak yana nima milliy bo'lishi mumkin, degan fikrlarga asoslanib, siyosiy iqtisodda tarixiy usul o‘mini ko‘rsatishga harakat qildilar. Ular milliy fan sifatida siyosiy iqtisod orqali tabiiy xususiyatlarga va xalq harakatlariga bog'liq holda rivojlanadigan milliy xo‘jalikni o'rganishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar.Fridrix List (1789-1846) Janubiy Germaniyaning Reydlingen shahrida boy hunarmand oilasida tug'iidi. List 1819-yilda Germaniya iqtisodiy birligini ta’minlash maqsadida «Savdo-sanoat ittifoqi»x\\ tuzdi. 1825-yilda Germaniyani tark etib, AQSHga doimiy yashash uchun ketdi. 1832-yildan F.List Yevropaga qaytib, AQSHning Leypsigdagi elchisi bo'lib ishladi. U o'zining bor kuchini, idroki va iqtidorini iqtisodiy muammolarni keng o'rganishga qaratdi. Sanoat burjuaziyasi manfaatlarining ifodachisi bo'lgan F.List iqtisodiy birlik uchun birinchilar qatori maydonga chiqdi. U o'zining «Siyosiy iqtisodning milliy sistemasi» (1841) nomli asosiy asarida milliy siyosiy iqtisodni yaratish vazifasini o'rtaga qo'ydi. Mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlari to'g'risidagi ta’limot unga asos bo'lishi kerak edi. F.List dav­latning faoliyatini, dinni, axloqni, ma’naviyati kabilami ishlab chiqa­ruvchi kuchlar jumlasiga qo'shdi. F.Listning ta’limotiga ko'ra, qiymatni ishlab chiqaruvchi kuchlar, «millatning ruhi» (toj-taxtning meros bo'lib qolishi, huquq, sud, armiya, polisiya va shu kabilar) yaratadi.




  1. Download 18 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish