MUNDARIJA
Kirish. Kurs ishining umumiy tavsifi.
Asosiy qism:
I bob. Pahlavon Mahmud ijodiga nazar.
Pahlavon Mahmud ijodiga nazar va uning o‘rganilish ko‘lami.
Ruboiy janrining Pahlavon Mahmud ijodiga qadar adabiyotda tutgan o‘rni.
II bob. Pahlavon Mahmud ruboiylari hikmatli so‘z darajasida.
Shoir ruboiylarining mavzu xilma-xilligi.
Bugungi kunda Pahlavon Mahmud ruboiylarining g‘oyaviy ahamiyati.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Kirish.
Kurs ishining umumiy tavsifi
Mavzuning dolzarbligi. Dunyodagi fanlarning eng qadimiylaridan bo‘lmish adabiyotshunoslik necha o‘n asrlardirki, so‘z san’ati atalmish tilsimning tabiatini, tub mohiyatini tushunish va tushuntirish yo‘lida tinimsiz izlanadi. Ayniqsa, mumtoz adabiyotimiz merosi – bu xalqning tarixini, madaniyatini va mumtoz siymolarning adabiy qarashlarini o‘zida aks ettiradi. Didaktik mumtoz adabiyot namunalari esa hech qachon makon va zamon tanlamas hikmatli va purma’no xulosalarga juda boy.
XIII-XIV asr adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlaridan inson va ruh, din va e’tiqod, majoziy muhabbat va o‘zlik kabi tushunchalarga yo‘g‘rilgan adabiy-badiiy g‘oyalarni o‘z ichiga oladi. Bu davrning o‘ziga xosligi va yangi qirralarini ochib bergan shoirlardan biri ham ijodkor, ham pahlavon bahodir va chin insoniy xislatlari bilan adabiy siymo yaratib berolgan Pahlavon Mahmud hisoblanadi. Janr jihatidan masnaviy va ruboiy janrida ijod qilgan shoirning ijodi e’tibor va e’tirofga sazovardir. Chunki Pahlavon Mahmud ijodining mag‘zi, mazmun-mohiyati bugungi avlod o‘quvchisini ma’naviy barkamollikka yetaklovchi dasturulamal bo‘la oladi.
Xorazm vohasida yashab ijod etgan Pahlavon Mahmudning ijodi nafaqat o‘zbek adabiyotining, balki fors-tojik va boshqa adabiyotlarning negizida shakllangan hamda tasavvuf tariqatiga asoslangan. Asosan, Najmiddan Kubroning tariqat qoidalariga ko‘ra barcha insoniy fazilatlarni tarannum etuvchi va boshqalarni ham ezgulik yo‘liga chorlovchi ijod namunalarini yaratdi. Kibrni o‘ldirish, dunyoni unutish, o‘zlikni topish va anglash kabi jihatlar yetakchiligida insonlarni, o‘zligini va odamiylikni sevish Pahlavon Mahmudning eng asosiy g‘oyalaridan edi.
Qadimgi faylasuflar, G‘arb va Sharq allomalarining asarlarida va didaktik turdagi adabiyotlar hamda badiiy asarlar mohiyatida ham Pahlavon Mahmud ijodiga xos bo‘lgan qarashlar haqida qimmatli fikrlar talaygina. Shoirning ijodiyoti nafaqat o‘z davrida, balki XX asrda hamda bugungi kunda ham qiziqish bilan o‘rganilib kelinmoqda.
Jamiyatda qaysi soha bo‘lmasin, undagi tadqiqotlar, izlanishlar va ilmiy tajribalar har doim insoniyat foydasi uchun xizmat qiladi. Ayniqsa, bizning yurtimizdagidek shart-sharoitlar va imkoniyatlar eshigi keng ochilgan bu davrda qunt bilan bilim olish va tarixiy siymolarimiz hamda ularning ishlarini o‘rganish, xalqqa tanishtirish asosiy maqsadlarimizdan bo‘lmog‘i kerak.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” deb nomlangan kitoblarida “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”1 degan biz – yosh izlanuvchilarga g‘urur va shijoat bag‘ishlovchi gaplari har bir sohada, jumladan, adabiyotningning har qanday yo‘nalishlarida ham ildam harakat qilishimiz, zamonaviy fikrlashimiz va millat ruhini aks ettiruvchi ona tilimiz va adabiyotimizni avlodlarga mukammal yetkazib berishda jonbozlik ko‘rsatishimizga turtki bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |