9-sinf adabiyot 1-dars Sana: O`qituvchi: Mavzu: ruhiy kamolot vositasi



Download 268,8 Kb.
bet130/158
Sana23.01.2022
Hajmi268,8 Kb.
#405486
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   158
Bog'liq
9-sinf adabiyot kundalik reja

6.Uyga vazifa; takrorlash
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :____________


9-sinf adabiyot 90-dars Sana:____________ O`qituvchi:

Mavzu : Henrix Heyne hayoti va ijodi hayoti va ijodi

Ta`limiy maqsad: Ijodkor hayoti bilan tanishtirish.

Tarbiyaviy maqsad: Komil inson ruhida tarbiyalash ;

Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, og`zaki nutq ravonligini rivojlantirish

Dars tipi: yangi bilimlar berish

Dars uslubi: suhbat, charxpalak texnologiyasi

Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita

Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash

2. Uy vazifasi tahlili. II.O`tgan mavzuni so`rash

3. Yangi mavzu bayoni.

XIX asr nemis adabiyotining yirik vakili, samimiy ko’ngil she’riyatiga siyosiy hajviy tanqidni ustalik bilan qo’sha olgan haqgo’y shoir Haynrix Hayne 1797- yilning 13- dekabrida Olmoniyaning Dyusseldorf shahrida savdogar yahudiy oilasida tug’ildi. Bo’lajak shoirning tarbiyasi bilan, asosan, onasi Betti shug’ullandi. Xalq og’zaki ijodi namunalaridan xabardor bu ayol o’g’lida so’zga muhabbat, uning qudratidan hayrat tuyg’usi shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi. Otasi Samson Hayne Ovro’podagi zamonaviy fikrlovchi ko’pchilik singari o’g’lining napoleonchi harbiy bo’lishini orzu qiladi. Napoleonning mag’lubiyatidan so’ng ota-ona Haynrixning savdo bilan shug’ullanishini ma’qul deb hisoblashdi. Lekin uning ham o’zlari singari kichik savdogar emas, balki Hamburgdagi amakisi Solomon kabi yirik tijoratchi bo’lishini istashadi.



Shu maqsadda maktabni bitkazgan yigitchani Hamburgga amakisinikiga jo’natishadi. Lekin ta’sirchan, to’g’riso’z va mag’rur Haynrix savdo ishlariga mutlaqo qiziqmas, u kecha-kunduz kitob bilan oshnochilik qilar, ko’p vaqtini she’rlar yozib o’tkazar edi. Faqat iqtisodiy foyda keltiradigan yumushlar bilan shug’ullanishnigina tan oladigan amakisiga uning bu ishlari yoqmasdi. Buning ustiga, Haynrix amakisining suluv qizi Amaliyani shaydolarcha sevib qoladi. Lekin qiz uning tuyg’ularini rad etadi. Xullas, amakisinikida o’tkazilgan samarasiz uch yildan so’ng yigit uyiga qaytadi va astoydil o’qishga tutinadi.

Haynrix Hayne 1819- yildan e’tiboran Bonn, Hettingen va Berlin universitetlarida o’qiydi. Ovro’poliklar tafakkuriga jiddiy ta’sir o’tkazgan mashhur faylasuf Gegeldan ma’ruzalar tinglab, bilimini oshiradi. Yigit huquqshunoslik fakultetini juda yaxshi baholar bilan bitirib, diplom olgan bo’lsa-da, bu sohada biror kun ishlamaydi.

1827- yili Hamburg shahrida o’ttiz yoshli Haynening «Qo’shiqlar kitobi» nomli lirik she’rlar to’plami bosilib chiqdi. Bu kitobga kirgan she’rlarida yosh shoir dunyoning tushunarsiz, hayotning murakkab va odamlar orasidagi munosabatlarning chigalligini o’ta ta’sirchan yo’sinda tasvirlagan. U she’rlaridan birida odamlar haqida: «Ba’zisi do’st, kelar qoshimga, Ba’zilari dushmandan battar», — deb yozadi. Haynening anglamsiz tuyg’ular haqidagi she’rlari xalq qo’shiqlariga yaqinligi, tushunarli va musiqiy ekani bilan o’quvchilarni o’ziga maftun etardi. Yosh shoir she’rlarida og’zaki ijodda bo’lganidek, lirik qahramonning ichki dunyosini uning kechinmalari va tabiatning tasviri orqali ochib beradi.

1830- yilda Haynrix Haynening «Yo’l lavhalari» nomli ikkinchi kitobi bosilib chiqdi. Bu kitobda u mamlakat va xalqning ahvolini mardonalik bilan xolis taftish qila oladigan ijodkor sifatida namoyon bo’ladi. Kitob yo’l ocherklaridan iborat bo’lib, Olmoniyaning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ma’naviy darajasini haqqoniy aks ettirganligi bilan ajralib turadi. H. Haynening o’tkir ni-gohi hanuzgacha o’ttizta davlatchaga bo’linib yashayotgan yagona millatning g’arib ahvoli, qoloqlik botqog’iga botganligini ko’radi va afsus-nadomatga to’la achchiq tili bilan uning aybdorlarini fosh etadi.

O’n uch yil davomida vatandan yiroqda, sarsonlikda yurgan otashin yurtsevar shoir uni millatga mehrsizlikda ayblagan kishilarga qarata «Germaniya. Qish ertagi» (1844) kitobiga yozgan so’zboshisida: «Men vatanni sizlardan kam sevmayman. Shu sevgim tufayli men o’n uch yil quvg’inda bo’ldim, ayni mana shu sevgim tufayli oh-voh qilmasdan, iztirobdan yuzimni bujmaytirmasdan, yana, ehtimol, butun umrga quvg’in joyimga qaytmoqdaman», — deb yozganda bashorat qilgan edi. U yaqinlari bilan uchrashgach, shu yili yana Fransiyaga qaytib ketdi. Haynrix Hayne 1856- yilning 17- fevralida Parijda vafot etdi.




Download 268,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish