5.Mavzuni xulosalash.O`quvchilar bilimini baholash,darsni yakunlash
6.Uyga vazifa; mavzuni oqib, savollar tuzish.
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :____________
9-sinf adabiyot 85-dars Sana:____________ O`qituvchi:
Mavzu : Vilyam Shekspir “Otello” fojiasi
Ta`limiy maqsad: asar mazmuni bilan tanishish
Tarbiyaviy maqsad: Komil inson ruhida tarbiyalash ;
Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, og`zaki nutq ravonligini rivojlantirish
Dars tipi: yangi bilimlar berish
Dars uslubi: matn ustida ishlash,suhbat, savol- javob
Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita
Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash
2. Uy vazifasi tahlili. II.O`tgan mavzuni so`rash
3. Yangi mavzu bayoni. Asardan parcha o`qish va tahlil qilish
«Otello» fojiasida insoniyat paydo bo’lgandan beri yonma-yon kelayotgan ezgulik va yovuzlik, xiyonat va sadoqat, jinoyat va ishonch, olijanoblik va pastkashlik singari sifatlar o’rtasidagi kurash tasvirlangan. O’sha davrning barcha gumanistlari singari Shekspir ham insonni har jihatdan yetuk, kamchiliklardan xoli, odam degan mukarram nomga munosib ko’rishni istaydi. Asarda ana shunga intilgan zotlar va o’tkinchi manfaat, hokimiyatga erishish yo’lida qabihlik qilgan kimsalar taqdirining o’zaro kesishgan nuqtalari tasvir etilgan.
Manfaatparastlik, hasadgo’ylik shunday illatki, unga yo’liqqan kimsa o’ziga ham, o’zgalarga ham zug’um qilmasligi, zarar yetkazmasligi mumkin emas. General Otelloning mulozimi bo’lmish munofiq va hasadgo’y Yago o’rinbosarlikka uni emas, jasur Kassioni tanlagani uchun ham xo’jayinidan, ham leytenantdan o’ch olishga tutinadi. Buning uchun eng tuban yo’ldan borib, generalning xotinini buzuqlikda ayblaydi. O’zining arzimas manfaati uchun ulug’ kishilarni ham, yuksak qadriyatlarni ham oyoqosti qilishga tayyor Yago Otelloning ishonuvchan va oqko’ngilligidan ustalik bilan foydalanadi.
Bunda unga boy va yosh bo’lishiga qaramay, Dezdemonaning muhabbatini qozonolmagan alamzada Rodrigo ham yordam beradi. Asarda to’g’ri odamlarning ishonuvchan, sodda bo’lishi, o’zgalardan yomonlik, xiyonat kutmasli Otello, Kassio, Dezdemona, Emiliya timsollari orqali ta’sirli ko’rsatilgan. Otello — ishonuvchan, lekin laqma ham, ahmoq ham emas. U inson degan zot o’z nomiga yarasha mard, to’g’riso’z va ochiqko’ngil bo’ladi deb hisoblaydi. Chunki o’zi bir umr shunday yashaydi. U xotinini birovdan rashk qilishni xayoliga ham keltirmaydi. Negaki, unga o’ziga ishonganday ishonadi. U hech kimdan, ayniqsa, suyumli yoridan xiyonat kutmaydi. Shuning uchun u xiyonatni kechirmaydi ham.
Asarda shuncha ezgu sifatli odamlarning o’limi bir fojia bo’lsa, ularning arzimas bir odamning mayda manfaatlari yo’lida halok bo’lganligi fojianing darajasini yanada oshiradi.
Yovuzlik o’rgimchakning to’ri kabidir. O’rgimchakning to’riga pashsha ham, pashshani quvlab kelgan ari ham ilinib qolavergani singari yovuzlik to’ri unga tushgan mazlumni qanday mahv etsa, uni yoygan zolimni ham shunday komiga tortishi mumkin. Yomonlik hech qachon yolg’iz yurmaydi. Biri boshqasini keltirib chiqaradi, biri ikkinchisini boshlab keladi. Shuning uchun ham Yagoning hasadgo’yligi birgina Otello va Dezdemonani emas, Yagoning o’zini ham xotini Emiliya bilan birgalikda komiga tortib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |