9-sinf adabiyot 1-dars Sana: O`qituvchi: Mavzu: ruhiy kamolot vositasi



Download 268,8 Kb.
bet121/158
Sana23.01.2022
Hajmi268,8 Kb.
#405486
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   158
Bog'liq
9-sinf adabiyot kundalik reja

Adibning hayot va ijod yo’li. Ingliz shoiri, dramaturgi, aktyori Vilyam Shekspir 1564- yilning 23- aprelida Yorkshir grafligidagi Stratford shahrida tug’ildi. Otasi — Jon Shekspir shaharning ancha mashhur kishilaridan bo’lib, shahar boshqaruvining turli lavozimlarida ishlagan edi. Onasi — Meri shu yerlik qadimiy, ammo kambag’allashgan dvoryanlardan Robert Ardenning qizi edi. O’smir Vilyam Shekspir Stratforddagi shaharliklarning o’g’illari bepul tahsil ko’radigan hamda asosan til va adabiyot o’rgatiladigan grammatik maktabda ta’lim olgan bo’lishi kerak. Bo’lajak adib cho’qintirilgani haqida cherkov daftaridagi qayddan so’ng uning hayoti haqida deyarli hech qanday rasmiy ma’lumot uchramaydi. Cherkov daftarida uning 1582- yilning 27-noyabrida stratfordlik Enn Xetuey ismli qizga uylanganligi hamda to’ng’ich farzandlari Syuzen 1583- yilning 26- mayida, Hamlet va Judit ismli egizaklar 1585- yilning 2- fevralida cho’qintirilgani bitilgan.

Taxminlarga ko’ra, Shekspir 1592- yilda Londonga boradi va teatrda aktyorlik qiladi. U 1593- yilga, ya’ni 29- yoshga kirgunga qadar biror asar e’lon qilgan emasdi. Shekspir 1593- yilda «Venera va Adonis» deb nomlangan dostonini chop ettirdi. Adabiyotning homiysi bo’lmish yosh gersog Sautgemptonga bag’ishlangan bu asar o’sha vaqtlarda urf bo’lgan erotik yo’nalishda bo’lib, kutilmaganda katta muvaffaqiyat qozondi va ketma-ket sakkiz marta nashr qilindi. 1594- yilda birinchi asariga izma-iz «Lukresiya» nomli katta dostonni e’lon qildi. Shu yilning 28- dekabrida «Greyz Inn» teatrida Shekspirning»Xatolar komediyasi» asari o’ynaldi. 1595- yilning martida Shekspir yozgan va sahnalashtirgan pyesalari uchun kattagina mablag’ oldi. Teatrda Sautgempton homiyligidagi faoliyat Shekspirga ham shuhrat, ham boylik keltirdi. Bunga otasi Jon Shekspirning bir necha yillik urinishlardan keyin 1596- yilda Geraldik palatadan «jentelmen»lik martabasini beradigan gerbni sotib olganligi birinchi dalil bo’lsa, Shekspirning 1597- yilda Stratforddan bog’i bor katta uy olganligi ikkinchi dalildir. Adib London sahnalarini tark etgach, bu uyga ayoli va qizlari bilan (o’g’li 1596- yilda vafot etgandi) ko’chib keladi.

1598- yilda londonlik tanqidchi F. Meres tomonidan chiqarilgan «Aql xazinasi» kitobining «Ingliz shoirlari haqida mulohazalar» qismida shunday fikr bitilgan: «Plavt va Seneka rimliklar uchun komediya va tragediya borasida tengsiz bo’lgani singari Shekspir inglizlar uchun pyesaning har ikki turida ham beqiyosdir». 1597—1598- yillarda Shekspir ijodi ancha katta shuhrat qozondi. Bu davrgacha uning «Tit Andronik» nomli birgina pyesasi muqovasida muallifning nomi ko’rsatilmagan holda nashr etilgan edi. Aytilgan davrda esa adibning asarlariga bo’lgan talabni qondirish uchun uning besh pyesasi chop etildi. Tadbirkor noshir U. Jaggard Shekspir asarlarini nashr etildi.

«Qirol Lir», «Romeo va Juletta» (1594-1595), «Hamlet» (1601), «Otello» (16o’), «Makbet» (1606) singari tragediyalar, «Yoz kechasidagi tush», «Venetsiya savdogari», «O’n ikkinchi kecha» kabi komediyalar deyarli to’rt yuz yildan buyon dunyodagi eng dovruqli teatrlar shuhratiga shuhrat qo’shib kelmoqda. Jahon dramaturgiyasining bu yetuk namunalari badiiy mahorat cho’qqilaridir. Shekspir asarlari inson tuyg’ularining murakkab, chigal va qarama-qarshi qirralarini ta’sirchan aks ettirishi bilan ajralib turadi.


Download 268,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish