8-mavzu: viruslar reproduksiyasi viruslarning reproduksiyasi Virus va hujayra orasidagi munosabat



Download 0,76 Mb.
bet7/30
Sana02.06.2023
Hajmi0,76 Mb.
#948125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Bog'liq
8-mavzu(1)

Radioaktiv metod. Viruslarni qaysi qismi hujayraga kirishi 1952 yilda Xershi va CHeyz tomonidan o‘rganilgan. Ular T2 fagini o‘rganishadi. Ichak tayoqchasini radioaktiv R32 yoki S35lik oziqa muhitida o‘stirishadi. Nishonlangan fosforli oziqa muhitida o‘stirilganda fagning nuklein kislotasi, radioaktiv oltingugurtli muhitda o‘stirilganda – oltingugurt tutuvchi aminokislotali oqsil nishonlanadi.
Nishonlangan fag ichak tayoqchasining suspenziyasi bilan aralashtiriladi. Adsorbsiyalangan fagli hujayralarni kichik aylanish tezligida sentrifugalab ajratib olinadi, so‘ngra bu hujayralarni radioaktiv bo‘lmagan oziqa muhiti bilan suyultiriladi va ma’lum vaqtdan so‘ng Uoring blendorida (gomogenizatorida) kuchli tezlikda chayqatib aralashtiriladi, bu holatda hujayraga kirib ulgurmagan fagning qismlari ajralib chiqadi. So‘ngra hujayralar yana sentrifugalab ajratib olinadi va ularni blyashka hosil qilishi aniqlanadi. Eng asosiysi cho‘kmausti suyuqligida va hujayrada ayrim nishonlangan fosfopHi va ayrim nishonlangan oltingugurtni aniqlanadi. Blendorda kuchli aralashtirilishiga qaramasdan barcha hujayralar fag bilan kasallanadi va ularni fag reproduksiya qilish qobiliyati saqlanib qoldi. Oltingugurtni 75-80 % cho‘kma usti suyuqligida ekanligi aniqlandi. Bundan ko‘rinadiki, fag oqsilining asosiy massasi hujayraga kirmaydi va infeksion jarayonning rivojlanishiga kerak emas ekan. Ammo radioaktiv fosfopHining asosiy massasi hujayradan ajralmaydi, demak, DNKning asosiy massasi hujayraga kirar ekan. Shunday qilib, DNK ning asosiy qismi yangi fag zarralari avlodini hosil bo‘lishini induksiya qiladi. Hozirgi kunda fag bakteriyaga yuqtirilganda hujayraga asosan DNK va ehtimol ichki oqsil nomini olgan oqsil ham kiradi deb qabul qilingan. Fag oqsilini asosiy qismi hujayra devorining tashqi tomonida qoladi.
Xershi va Cheyzlar ishining asosiy mohiyati shundan iboratki, ular viruslarni hujaraga kirish mexanizmlarini aniqladilar, ikkinchidan esa birinchi marta virusning yuqumliligini boshlanishiga ma’sul nuklein kislota ekanligi aniqlandi. Ularning bu ishlari Shramm, Frenkel-Konrat va ularni hamkasabalari tomonidan TMV ning toza preparatlaridan nuklein kislotalarini ajratib olishadi va RNK ni o‘simlikga yuqtirilganda o‘simlikda xuddi virus hosil qilgan simptomlarni hosil bo‘lishi kuzatildi. Xershi i Cheyz metodi bilan nuklein kislotani genetik informatsiyani tutishi va u hujayralarni kasallantirishida asosiy rol o‘ynashi konuniyatni tasdiqlanadi, ammo uni universal emasligi aniqlanadi. M, ipsimon fd bakteriofagini hujayra ichiga ham nuklein kislotasi, ham oqsili kirishi hamda Senday virusining ichki nukleoprteidi hujayraga kirishi isbotlanadi. Elektron mikroskop yordamida ba’zi yirik hayvon viruslari morfologiyasi o‘zgarmagan holda kirishi isbotlandi.
Shunday qilib kasallangan hujayraga albatta nuklein kislota kiradi. Ba’zi holatlarda oqsildan xoli bo‘lgan nuklein kislota kirsa, boshqa holatlarda hujayraga nuklein kislota bilan birga oqsilni asosiy qismi, yana boshqa holatlarda virus zarrasini qisman o‘zgargan yoki butunlay o‘zgarmagan holatda kirishi isbotlanadi.
Adsorbsiya. Virusni hujayraga kirishini birinchi stadiyasi uni hujayra yuzasiga birikishi bo‘lib, uni adsorbsiya deyiladi. Aniqlanishicha ma’lum viruslar ayrim tip hujayralargagina adsorbsiyalanar ekan. M., poliomielit virusi faqat primatlarning ba’zi to‘qimalari hujayrasiga adsorbsiyalanadi. Ba’zi faglar mutant bakteriyalarga yoki erkak (F+ jinsiy faktorli) yoki faqat ayol hujayralarga adsorbsiyalanadi. Demak, adsorbsiya o‘ta spetsifik jarayondir.
Adsorbsiyaga bir qancha tashqi faktorlar ta’sir etadi, birinchi navbatda muhit tarkibi, m., faglar distillangan suvdan adsorbsiyalanmaydi yoki nordon yoki ishqoriy tuzli muhitdan, yoki o‘ta ishqoriy muhitda ham adsorbsiyalanmaydi. Ion kuchlarini adsorbsiyaga ta’sirini o‘rganish, adsorbsiyalanishdagi asosiy kuch bu virus va hujayra o‘rtasidagi elektrostatik munosabat ekanligi aniqlandi.
Temperaturaning virus adsorbsiyasiga ta’siri kam bo‘lib, ammo u keyingi hujayraga kirish jarayonida sezilarli rol o‘ynaydi.
Har bir hujayra ma’lum qism fagni adsorbsiyalashi mumkin, m., ichak tayyoqchasiga 300 tagacha T-juft faglarni adsorbsiyalashi mumkin. Natijada hisoblashlar ko‘rsatishicha, bakteriyani sirti fag bilan to‘la qoplangan bo‘lar ekan. Odam to‘qimasi kulturasi HeLa ga 500 tagacha pikopHaviruslar adsorbsiyalanishi aniqlangan.
Avvalo virusni hujayraga yopishishi ularni bir-biri bilan tasodifan to‘qnashishi orqali yuz beradi. Adsorbsiya kinetikasi birinchi darajali tenglamaga bo‘ysinadi:
log P/Po = ̶ ½,3 k. N. t, bu erda,
Po–boshlang‘ich davrdagi viruslarni soni,
P-ma’lum vaqt t -dan so‘ng adsorbsiyalanmagan virusning soni,
N-hujayralar soni,
k-adsorbsiyalanish tezligining konstantasi.
Ko‘pincha avval virus hujayraga qaytadigan bo‘lib adsorbsiyalanadi, ya’ni virus-hujayra kompleksidan intakt virus qaytadan ajratib olinishi mumkin. Keyinchalik adsorbsiya qaytmas holatga o‘tadi, ya’ni virusda ham, hujayra sathida ham o‘zgarishlar (modifikatsiya) ro‘y beradi.
Ba’zi sistemalarda virus o‘z-o‘zidan biror tashqi ta’sirsiz hujayradan ajralib ketishi mumkin. Bu holatga elyusiya deyiladi. Elyusiya miksoviruslarda uchraydi. Elyusiyaning mexanizmi shundan iboratki bu hujayraning ba’zi komponentlarini virusning neyraminidaza fermenti eritib yuborishi natijasida bo‘lishi mumkin. Taxmin qilinishicha virus hujayrani ba’zi komponentlari bilan birga o‘z-o‘zidan ajralib tushib ketishi mumkin. Bu albatta virusning yuqumlilik xususiyatini yo‘qolishiga olib keladi.


4-rasm. T-4 fagini E. coli ga yopishishi (adsorbsiyasi)(1)



Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish