O‘simliklarning hujayra retseptorlari juda kam o‘rganilgan. Masalan, tamaki nekrozi virusini o‘simlik bargiga yuqtirish uchun kutikulani jarohatlash kerak bo‘ladi. Jarohatlash natijasida o‘simlik hujayrasidagi virusga sezgir retseptorlar ochilishi mumkin.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, virus va hujayra orasidagi birinchi munosabat bu virus retseptorlari va hujayra orasidagi reaksiyadir. O‘simlik viruslari retseptorlari ham deyarli o‘rganilmagan. Ko‘pincha hujayra kutikulasining jarohatlanishi natijasida maxsus sezgir qismlar ochilib, virus bilan bog‘lanadi va virus hujayraga o‘tadi. O‘sha "sezgir" qismlar mikroorganizm va hayvon hujayralaridagi retseptorlarga o‘xshasa kerak, degan fikrlar va uni tasdiqlovchi dalillar mavjud.
Ammo oxirgi vaqtdagi tadqiqodlar o‘simlik viruslarini hujayraga kirishida quyidagi ma’lumotlarni berdi. Virus yoki uning RNK si o‘simlikning bitta hujayrasiga tushadi va unda ko‘payadi. Kasallangan o‘simlik hujayrasida yangi RNK va oqsillar sintezlanadi; so‘ngra oqsillar RNK bilan birlashadilar. Hosil bo‘lgan kompleks qo‘shni hujayralarga o‘tadi va ularni ham kasallantiradi. Qo‘shni hujayralarga virus RNK si ikki hujayrani birlashtiruvchi plazmodesmalar orqali o‘tadi. Virus RNK sining qo‘shni hujayraga o‘tishi uchun u avvalo, maxsus oqsil - transport oqsili (TO) bilan kompleks hosil qiladi.
Virus aktivlashishi va uni birinchi kasallangan o‘simlik hujayrasidan sog‘ hujayraga o‘tishi uchun virusning transport oqsili xo‘jayin-o‘simlik retseptoriga mos bo‘lishi kerak ekan.
Bu virusga yaxshi xo‘jayin-o‘simlikga tushgani haqida ishonch hosil qiladi degan taxmin qilinadi. Bu vaziyatda virusga sharoit optimal bo‘ladi, u bemalol ko‘payaoladi.
Virus retseptorlari va hujayra retseptorlarini mos kelishi va ular orasida komplementar uchastkalarni bo‘lishi virusni yuqumliligini, kasallantiradigan hujayra spektrlarini belgilaydi, boshqacha aytganda virus tropizmiga bog‘liq bo‘ladi. Ammo ba’zan virus va hujayra orasida retseptorlar adekvat bo‘lmagan taqdirda ham ma’lum sharoitda virus bilan hujayrani kasallantirish imkoniyatini yaratish mumkin. Bu usul virus nuklein kislotasi bilan yuqtirish orqali amalga oshiriladi. M., primatlar avlodidan bo‘lmagan hujayralarni poliomielit virusi kasallantirmaydi, masalan quyonni. Ammo poliomielit virusini nuklein kislotasi bilan kasallantirilsa nuklein kislota hujayraga kirishi va bir sikl mazkur hujayrada ko‘payishi mumkin. Ammo hosil bo‘lgan etilgan virus zarralari yangitdan quyonni kasallantirmaydi.
YAna bir misol, bakteriyani intakt hujayrasini nuklein kislota bilan ham kasallantirib bo‘lmaydi. Bu holda bakteriya hujayrasini lizotsim bilan ishlov berib hujayra devorini parchalab uni protoplastini fag DNK si bilan kasallantirish mumkin. Hujayra retseptor bar’erini (to‘sig‘ini) gibrid virus bilan kasallantirib ham amalga oshirish mumkin. Bunda virus oqsilini (retseptori virus yuqadigan hujayraga mos bo‘lgan virusdan olinadi).
M., poliomielit virusining RNK asi va Koksaki virusini oqsilidan tashkil topgan gibrid virus zarrasi bilan kasallantirib poliomielit virusi hujayra bar’eridan o‘taolmaydi, ammo bu vazifani Koksaki virusining oqsili retseptorlari orqali amalga oshirish mumkin. YAltirbosh mozaikasi virusini RNK sini tamaki mozaikasi virusining oqsili bilan rekonstruksiyalab yaltirbosh mozaikasi virusi kasallantira lmaydigan tamakiga TMV oqsili yordamida yuqtirildi. Albatta bu virus tamakida bir siklgina ko‘payishi mumkin, unda hosil bo‘lgan viruslar albatta yaltirbosh mozaikasi virusi zarralari edi. Ular shu holatida tamakini kasallantira olmadilar, chunki ularda tamaki o‘simligiga komplementar retseptorlar yo‘q edi.
Yuqorida keltirilgan tajribalar natijalaridan ko‘rinadiki virus hujayraga kirib kasallantirishi uchun uning retseptorlari va hujaraniki bilan mos bo‘lishi talab etiladi.