Virus informatsion RNKsi Yuqorida ko‘rsatilgandek virus hujayraga kirgandan so‘ng hujayrada avval sintezlanmagan yangi fermentlar sintezlana boshlaydi. Demak virus DNK si hujayrani yangi ferment sintez qilishga o‘rgatishi kerak bo‘ladi. YAngi ferment bu aminokislotalar ketma-ketligi aniq bo‘lgan ferment oqsilidagi polipeptidlar zanjiridir. Polipeptidlarni ketma-ketligi haqidagi axborot virus DNK sining bir uchastkasidagi nukleotidlar ketma-ketligida kodlangandir. M., oksimetilaza fermentining shifrlangan sxemasi T-juft faglarning DNK sida kodlangandir. DNK ni oqsil sintezlanadigan ribosoma tushunishi uchun informatsion (vositachi – mesenjer) m- RNK mavjud. mRNK ning nukleotid ketma-ketligi unga komplementar bo‘lgan virus DNKsidagi nukleotidlar ketma-ketligi orqali beriladi. O‘z navbatida mRNK ribosomada sintezlanadigan polipeptid zanjiridagi aminokislotalar ketma-ketligini aniqlaydi. Fag bilan kasallangan hujayradagi virus spetsifik mRNK oksimetilazani hosil qiladi.
Virus DNK si sintezining fermentlari Ikki guruh fermentlar mavjud. Birinchi guruhi - substratlarni yagona DNK ning polinukleotid zanjiriga birlashtiruvchi fermentlar va ikkinchi guruhi – sintezlangan DNK zanjirini qo‘shimcha modifikatsiyalovchi fermentlar.
Hujayradagi bor substratlar yordamida qiz virus (hujayra) DNK asini quradigan ferment – DNK-polimeraza fermenti deb ataladi. DNK ning sintezida bu fermentdan tashqari har xil funksiyalarni bajaradigan kompleks fermentlar sistemasi ishtirok etadi. Demak, birinchisi har bir DNK zanjiriga komplementar polidezoksiribinukleotid zanjipHi tiklaydigan DNK polimeraza fermenti bo‘lsa, ikkinchisi endonukleazaga o‘xshash funksiyani bajaradigan ferment bo‘lib, DNK molekulasidagi fosfodiefir skeletiga bittadan ajratadigan-uzadigan (vnosyaщie odinochne razrv) ferment. Uchinchisi polinukleotidligaza fermenti bo‘lib DNK zanjirini ichida fosfodiefir bog‘larini ulash funksisini bajaradi. SHuningdek yana boshqa fermentlar ham bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Virus bilan kasallangan hujayradagi DNK- polimeraza virus bilan kasallanmagan hujayradagiga qaraganda katta farq qiladi. Hujayra DNK- polimerazasi va virus DNK- polimerazalari ingibitorlarga nisbatan hamda immunologik spetsifikligiga qarab xar xil sezgirlikga ega va h.
Ikki spirallik virus DNK si sintezida matritsa.
Viruslar ko‘payganda paydo bo‘lgan avlodida avvalgi ona virus zarralaridagi belgilar mavjud bo‘lishi kerak. Hujayra DNK sida virus DNK siga mos uchastkalarni yo‘qligi sababli matritsalik funksiyani faqat hujayrani kasallantiradigan virus DNK si bajaradi. Ikki zanjirli virus DNK si replikatsiyasi Uotson Krik sxemasi bo‘yicha amalga oshadi.
Polukonservativ replikatsiya. DNK ningbirinchi qiz molekulalari bittadan ona zanjir va bittadan yangi sintezlangan qiz zanjir hisobiga tuziladi. Keyingi avlod molekulalarida esa ikki molekula DNK butunlay yangi materiallardan sintezlangan qiz molekulalaridan va ikkita boshqasi bittadan ona zanjiri molekulasidan tarkib topadi va h. Replikatsiya sikli qancha bo‘lishiga qaramasdan DNKning ona zanjiri materiali DNK avlodida uchraydi, ona zanjir materialidan tuzilgan molekulalarni 50% undan tuzilgan bo‘ladi.
Dispersion mexanizm. Bu mexanizm bo‘yicha DNK replikatsiyalanganda virusning ona DNK asi hujayraga tushgandan so‘ng mayda bloklarga (nuklotidlargacha) maydalanadi, so‘ngra bu bloklar yangi qiz DNK molekulasini qurishda qatnashadi. Ona DNK materialini qiz molekulalarda qanchalik tarqalib uchrashini tasdiqlash uchun quyidagicha tajriba qo‘yilgan. DNK ni gradient zichlikda sentrifuga qilishdan ilgari ultratovush yordamida parchalanadi. Radioaktiv material tutuvchi fragmentlar engil va og‘ir zanjirlar zichligi zonalari orasida joylashadi. Demak, fragmentdagi zanjirlarni biri engil (radioaktiv), ikkinchisi – og‘ir zanjir. Demak, fragmentlar polukonservativ usulda hosil bo‘ladi.
Qilingan tajribalarni xulosa qilib shunday xulosa qilinadi. YA’ni DNK ning replikatsiyasi polukonservativ mexanizm asosida amalga oshadi, DNK ning molekulalari orasida ayrim fragmentlar bilan almashinish ro‘y berishi mumkin. Bu almashinish jadalligi har xil viruslarda har xil bo‘ladi. T-juft faglarda lyambda faginikiga qaraganda ancha yuqoriroq bo‘ladi va h.
Virus DNK si sintezining sxemasi. Ikki spiralli virus DNK si hujayrada ikki funsiyani balki parallel, balki ketma-ket bajarishi kerak bo‘lsa kerak. YA’ni ikki zanjarli DNK da oqsil sintezi ketishini ta’minlaydigan i-RNK lar trankripsiyasi bo‘lishi kerak va bu i-RNK lar ribosomada oqsil sintezida qatnashadi. Natijada har xil virus spetsifik oqsillar sintezlanadi. Ikkinchidan infeksion jarayon sodir bo‘layotgan hujayrada virus RNKsinig yangi avlodlari sintezlanishi kerak. Bunda yangi qiz virus DNK si molekulalari sintezlanadi. Unda albatta ribosomada sintezlangan fermentlar ishtirok etadi.