8-mavzu: viruslar reproduksiyasi viruslarning reproduksiyasi Virus va hujayra orasidagi munosabat



Download 0,76 Mb.
bet4/30
Sana02.06.2023
Hajmi0,76 Mb.
#948125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
8-mavzu(1)

Endi virusni identifikatsiya qilinadi. Viruslarni identifikatsiya qilish uchun har xil sezgir sistemalarda virus ko‘payishini o‘rganiladi, chunki ma’lum hujayralarda virusni ko‘payishi yoki ko‘paymasligi virusni eng xarakterli belgilariga kiradi. Viruslarni identifikatsiya qilish metodlari ichida immunologiya metodlari eng ahamiyatli o‘rinlardan birini egallaydi. Masalan, neytrallash reaksiyasi. Bu reaksiya virusga qarshi olingan antizardobni aynan shu virusni ko‘payishiga qarshilik qilishdir. Albatta ahamiyatli o‘rinni elektron mikroskop egallaydi.
Infeksion jarayon bosqichlari
Hujayraga virus yuqish jarayoni o‘tayotgan sistemada eng ahamiyatli xarakteristika - bu virus va hujayra bir-biriga bo‘lgan nisbatining miqdori (sootnosheniyasi) bo‘lib, u “yuqish miqdori-ko‘pligi” (mnojestvennost zarajeniya – M) dir. Bu yuqtirish uchun olingan virus miqdorini (soni) va virus yuqtiriladigan sezgir sistema – bakteriya, hayvon va uning hujayrasi, o‘simlik hujayrasiga nisbati bo‘lishi mumkin.
M=
M - (mnojestvennost zarajeniya) yuqish miqdori ko‘pligi; V- yuqumli virus miqdori; N –hujayra miqdori.
M ni miqdori har xil turda ko‘rsatiladi, ya’ni “Vnosimaya mnojestvennost zarajeniya” – deyilganda V – yuqtirish uchun ishlatilgan virus miqdori tushuniladi, “effektivnost mnojestvennogo zarajeniya” (EIZ) deyilganda V - virusni hujayra bilan xaqiqiy munosabatda bo‘lgan qismiga to‘g‘ri keladi. Agar EIZ birdan kam bo‘lsa, M hujayrani ma’lum qismi (dolya) virus bilan zararlangan bo‘ladi, M >1 dan katta bo‘lsa bir hujayra bilan munosabatda bo‘lgan yuqumli virus miqdori birligi tushuniladi. M tushunchasi statistik bo‘lib, M = 1 bo‘lganda ma’lum qism hujayralar ikki yoki undan ko‘p virus zarralarini oladi, ma’lum qism hujayralar esa virussiz qoladi.
Hujayra populyasiyasida infeksion jarayon o‘tish dinamikasi juda ham M ga bog‘liq bo‘ladi. M birdan kam bo‘lsa har xil hujayralarda infeksion jarayon asinxron ravishda o‘tadi, bir qism hujayralar birlamchi yuqtirilgan viruslar ko‘paygandan so‘ng virus bilan kasallanishi mumkin. Hujayrada virus reproduksiyasini tavsiflash uchun yoki bu siklni populyasiyada (hamma hujayralar bir vaqtda kasallanadi), yoki bitta ayrim ajratib olingan hujayrada o‘rganish kerak.
Birinchi marta hujayrada bir siklda viruslarni ko‘paytirishni bakteriofaglar modelida o‘rganilgan. Buning uchun ichak tayoqchasi kulturasini fag bilan bir vaqtda kasallantiradigan M bilan virus yuqtiriladi, ya’ni bunda populyasiyadagi barcha hujayralar bir vaqtda virus bilan kasallanadi. Suspenziyaga antifag zardob solinib adsorbsiyalanmagan viruslarni neytrallanadi. So‘ngra suspenziya suyultiriladi (yangi hosil bo‘lgan faglar ta’sirini yo‘qotish uchun), so‘ngra ma’lum vaqt intervalida ma’lum miqdor suspenziyada blyashka hosil bo‘lishini aniqlanadi. Natijada 14-rasmdagi egri chiziq olinadi. Bu egri chiziqda latent bosqich (suspenziyadagi infeksiya birligi miqdori o‘zgarmagan davr). Latent davrda har bir kasallangan hujayra bitta yuqumli markazga to‘g‘ri keladi (sezgir hujayrada bitta blyashka hosil qilish xususiyatiga ega bo‘ladi). Bu vaqtda kasallangan hujayradan boshqa hech qanday boshqa yuqumli markaz yo‘q (latent davrda). Ammo bir necha minutdan so‘ng bu holat o‘zgaraboshlaydi, fag titrining oshish davri boshlanadi. Bunda etilgan fag hujayradan muhitga chiqadi. Endi yuqumli markazni faqat fag yuqtirilgan hujayradan tashqari yangi hosil bo‘lgan erkin faglar beraboshlaydi. Bir qancha vaqt suspenziyada yuqumli markaz eksponensial ravishda ortaboradi. Lekin kasallangan barcha hujayralar lizisga uchragandan so‘ng yangi fag zarralari hosil bo‘lishi to‘xtaydi.
Bu keltirilgan egri chiziqdagi bakteriofaglarni bir siklda ko‘payishi egri chizig‘i ko‘pgina o‘rganilgan bakteriofaglarga xosdir. Ammo har bir ayrim holda ayrim masshtab ishlatiladi. Agar abssiss o‘qida faglar uchun minutlar (o‘nlab minutlar) olingan bo‘lsa, hayvon viruslari uchun bu o‘qga soatlar (o‘nlab soatlar) qo‘yiladi. Bir hujayrada hosil bo‘ladigan yangi viruslar miqdori o‘ntadan o‘n minglargacha borishi mumkin.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish