6-mavzu: O’zbekiston 1925-1941 yillarda. Majburiy jamoalashtirish fojialari. O’zbekiston ssr dagi ijtimoiy o’zgarishlar reja


Qishloq xo‘jaligini isloh qilishdagi ziddiyatlar



Download 277,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana09.12.2022
Hajmi277,13 Kb.
#882166
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6 maruza (1)

Qishloq xo‘jaligini isloh qilishdagi ziddiyatlar 
Milliy-hududiy chegaralanishdan keyin agrar o‘zgarishlarning yangi bosqichi boshlandi. 
1924-1925 yillarda qishloq xo‘jaligida o‘lkaning mehnat qilishga layoqatli bo‘lgan aholisining 
85% i band edi. Agrar sektor mahsulotlarinint salmog‘i butunligi mahsulotning qariyb 80%ini 
tashkil etardi. Sanoatning 90%i qishloq xo‘jalik xom ashyosini qayta ishlash bilan 
shug‘ullanardi. Bunday sharoitda agrar islohotlar o‘tkazilishi chuqur ijtimoiy ahamiyatga ega 
edi. 
O‘zbekiston qishloqlari o‘ziga xos mayda va tarqoq er uchastkalariga bo‘linganligi bilan 
ajralib turadi. Mayda dehqon xo‘jaliklari asosan azaldan sug‘oriladigan kichik hududlarda, 
ko‘proq Farg‘ona vodiysida, Toshkent, Zarafshon va Xorazm vohalarida to‘plangan edi. 
Agrotexnikaning o‘ta oddiyligi, irrigaciya tizimining tang holatdaligi, mablag‘larning kamligi 
yangi erlarni jadal o‘zlashtirish imkonini bermagan edi. Bularning hammasi er masalasining 
keskinlashuviga olib keldi. 
YOllanma mehnatdan foydalanuvchi badavlatroq o‘rta dehqonlarning bir qismi ham 
musodara qilinuvchilar qatoriga qo‘shildi. Chunki O‘zbekiston kommunistlarning II sezdida 
qabul qilingan «Er islohoti to‘g‘risida»gi qarorga muvofiq erdan foydalanish «normasi 
qisqartiriladigan boy guruhiga» yollanma mehnatni tatbiq qilgan barcha xo‘jaliklar ham 
kiritilgan edi. Holbuki, O‘rta Osiyodagi batraklarni yollash, gapning po‘stkallasini aytganda, 
dehqonning Rossiyadagi kabi quloqlarga ijtimoiy aloqadorligini ko‘rsatuvchi belgi emasdi. 
G‘o‘zaga ishlov berish sermehnat jarayon bo‘lib, uning uddasidan chiqish uchun hatto 
kambag‘al dehqon ham bazan mardikor yollardi. 
Davlatning butun kudrati «quloq-boy unsurlar»ga qarshi kurashga qaratildi. Masalan, 1926 
yilda UzSSR Sovetlari MIQ Jinoyat kodeksining 80-moddasiga qo‘shimcha kiritdi, unda er 
maydonini yashirgan yoki qishloq xo‘jalik asboblari soni xaqida noto‘g‘ri malumot berganlik 
uchun 3 yilgacha muddat bilan ozodlikdan mahrum etilib. mol-mulki musodara qilinishi nazarda 
tutilgan edi. Bu ishlarning barchasi Adliya xalq komissarligining maxsus rasmiy xatiga ko‘ra 
«nihoyatda shoshilinch va hech qanday navbatsiz» qarab chiqilar, ulardan eng xarakterlilari 
namunali sud jarayonlarida ko‘rilardi. 
O‘zbekiston bo‘yicha 1925-1929 yillardagi er-suv islohoti natijasida «pomeshchik 
tipi»dagi 1492 ta xo‘jalik tugatildi. 27992 ta xo‘jalikning eri tortib olindi eki qisqartirildi. 89492 
ta ersiz va kam erli dehqon xo‘jaliklari chek erlari olishdi. 
Murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisa bo‘lgan 1925-1929 yillar agrar islohoti o‘z mazmuni 
va pirovard oqibatlariga ko‘ra ziddiyatli tusda edi. Islohot natijasida, bir tomondan ersiz 
kambag‘al dehqonlarning bir qismi erga ega, bo‘lib o‘zbek qishloqlaridagi ijtimoiy ahvolni bir 
oz yaxshilagan bulsa ikkichi tomondan, asrlar mobaynida o‘zbek qishloqlarida shakllangan 
ijtimoiy-psixologik tartib, milliy qadriyatlar buzilishini boshlab berdi. Natijada islohot o‘zbek 
qishloqlarining butun ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishiga ham ijobiy, ham salbiy o‘zgarishlar kiritdi. 
Agrar islohot natijasida ko‘pgina kambag‘al xo‘jaliklar er olgach. faol tovar ishlab 
chiqaruvchilarga aylandilar xo‘jalik yuritishning natura shakllaridan bozor shakllariga uta 


boshladilar. O‘rtahol dehqonlarning xo‘jalik samaradorligi kutrildi. Bularning hammasi 
respublika qishloq xo‘jaligining tovar darajasini o‘sishiga, uning ishlab chiqaruvchi kuchlari, 
qisman bo‘lsa-da, rivojlanishiga erdam berdi. 
Ayni paytda sovxozlar ham tuzila boshladi. Ularning soni 1927 yilning oxiridagi 41 tadan 
1929 yilda 66 taga etdi. Bular asosan paxtachilik xo‘jaliklari edi. 

Download 277,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish