9-ma’ruza: Turkistonda boshqaruv tizimining shakllanishi va ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi o’zgarishlar va madaniy hayot Reja



Download 77,5 Kb.
bet1/3
Sana18.02.2022
Hajmi77,5 Kb.
#450283
  1   2   3
Bog'liq
9-ma\'ruza


9-ma’ruza: Turkistonda boshqaruv tizimining shakllanishi va ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi o’zgarishlar va madaniy hayot
Reja:

  1. Bolsheviklarning yakka hukmronligiga qarshi kurash. Osipov isyoni

  2. Milliy kommunistlarning rahbar lavozimlarga jalb qilinishi. Milliy tashkilotlarni tashkil etilishiga ruxsat berilishi

  3. T.Risqulov faoliyati va uning tashabbuslari

  4. Turkkomissiyaning tashkil etilishi va uning faoliyati.

Bolsheviklar hukumati Rossiya markazida bo‘lgani singari chek- ka o‘lkalar, shu jumladan, Turkistonda ham Kompartiya diktaturasini o‘matish yo‘lidan bordi. Ammo u bu ishni rejali sur’atda va ustomonlik bilan amalga oshirdi. Shu boisdan ham V.I.Lenin boshliq markaziy hukumat ulug‘ davlatchilik va mustamlakachilikdan iborat bosh strategik maqsadga putur yetkazmagan holda ba’zi bir taktik manevrlar ishlatib o‘lkada o‘z ta’sir doirasini mustahkamlashga qaror qildi. Bunda asosiy diqqat-e’tibor tub yerli aholi o‘rtasida bolshevistik tashviqot va targ‘ibotni kuchaytirish asosida ulami turli yo‘llar bilan Sho‘ro ta’siriga olishga qaratildi. Ana shu maqsadda RSFSR Xalq Komissarlari Sho‘rosi 1919-yil 12-fevralda Sh.Eliava raisligida «Turkiston ishlari bo‘yicha alohida muvaqqat komissiya» tuzdi. Mazkur Komissiyaning asosiy vazifasi Turkistonga harbiy yordam uyushtirishdan iborat edi.
Dastlab Turkiston xalqlarining milliy mustaqillik, erk va ozodlik uchun kurashini bostirish, so‘ngra esa Xiva xonligi va Buxoro amirligini harbiy yo‘l bilan mustamlaka asoratiga solishdan iborat maqsadlami ko‘zlab 1919-yil 5-martda Sharqiy front qo‘shinlarining M.V.Frunze qo‘mondonligidagi janubiy guruhining tuzilishi Mar­kaziy Osiyo xalqlari taqdirida ayanchli va qonli dahshatlar davri boshlanganligidan darak berar edi.
Turkiston o‘lkasi ijtimoiy-siyosiy hayotida 1919-yil 7-31- martda bo‘lib o‘tgan 0‘lka Sho‘rolarining Favqulodda VII qurultoyi ma’lum darajada iz qoldirdi. Qurultoy ishida Turkkomissiyaning a’zosi RA.Kobozev qatnashdi. U hozirgi holat to‘g‘risida ina’ruza qildi va mamlakatdagi ahvolni tavsiflab berdi. Qurultoy RA.Kobozev ma’mzasi asosida so‘l eserlar partiyasi halokatga uchraganligi va Turkistonda ham bir partiyalilik tizimi o‘rnatilganligini qayd etdi. May oyidan e’tiboran Dashnaksutyun partiyasi faoiiyatiga ham chek qo‘yildi.
Qurultoyda Turkiston MIQ va Respublika XK Kengashining yangi tarkibi saylandi. Turkiston MIQning raisi etib A.A.Kazakov va Respublika XK Kengashining raisi qilib Q.E.Sorokin saylandi.
Milliy ishlar seksiyasi majlislarida mahalliy aholi o'rtasidagi ishlar darajasi qoniqarsiz deb topildi va bu masalaga katta e’tibor berish lozimligi ko‘rsatildi.
Turkiston o‘lkasi Sho‘rolari VII Favqulodda Qurultoyining milliy ishlar seksiyasida ko‘tarilgan masalalar partiya konfe- rensiyasida maxsus qarab chiqildi. Konferensiya Turkiston Kom­munistik partiyasi 0‘lka Qo‘mitasi qoshida 0‘lka Musulmonlar byurosi (Musbyuro) tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 0‘lka partiya qo‘mitasiga musulmonlar byurosining funksiyalari va vazifalari to‘g‘risida Nizom ishlab chiqish taklif qilinadi. Musbyuro tarkibiga T.Risqulov (rais), A.Muhitdinov, N.Xo‘jayev, X.Ibrohimov va Y. Aliyev kiradi. Musbyuro faoliyatiga baho berib Turor Risqulov o‘z tarjimai holida quyidagilami yozgan edi: «Musbyuro davri bu Turkistondagi mahalliy mehnatkash aholining katta siljish davri edi. Musbyuro o‘zini dastlab Turkistonning sohibi sifatida namoyish qildi. Musbyuro atrofida faqat mahalliy kommunistlar va mehnatkash omma emas, balki teng huquqli xorijiy inqilobiy partiyalar ham birlashdilar, (Masalan, yosh buxoroliklar, yosh xivaliklar, ozarbayjon, fors kommunistlari va b)1.
Musbyuro davri mahalliy aholi uchun ma’lum ma’noda siljish davri bo‘lsa-da, u erkin faoliyat ko‘rsata olmas edi. Chunki o‘lkada siyosiy rahbarlik nuqtalari bolsheviklar qo‘lida edi. Ular o‘lkadagi tang siyosiy vaziyatni hisobga olib vaqtincha ma lum ma’noda mahalliy millatlarga Musbyuro atrofida uyushib harakat qilishga yo‘l bergan edilar. Amalda esa Turkiston o‘lkasi partiya va sho‘ro muassasalarida rahbarlik lavozimlarini egallab olgan shaxslaming aksariyati mustamlakachilik g‘oyasi bilan zaharlangan edilar. Ular mahalliy millatlarga, ular orasidan chiqqan partiya a’zolariga, rahabarlikka ko‘tarilgan ba’zi shaxslarga kamsitib, nopisandlik va past nazar bilan qarar edilar. Buni 1919-yil iyulda bo‘lib o‘tgan Musulmon kommunistlarining birinchi o‘lka konferensiyasi ham ochiq-oydin qayd etgan edi. Konferensiya hujjatlarida «ko‘pgina mas’ul o‘rtoqlaming» mahalliy yo‘qsillarga ishonmasligi, milliy qarama-qarshilikni kuchaytirayotganliklari, «musulmon yo‘qsil- laming talaygina joylarda davlat qurilishida tegishlicha» ishtirok etmayotganliklari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’kidlangan edi. Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining raisi A.A.Kazakov o‘lkadagi bunday vaziyatni oqlab, 1919-yil 24-mayda o‘sha musulmon kommunistlarining 1-O‘lka konferensiyasida shunday degan edi: «Turkiston jumhuriyatida 95 foiz musulmon va faqatgina 5 foiz ruslar yashaydi va shu 5 foiz butun hokimiyatni deyarli o‘z qo‘lida ushlab turibdi. Shunday qilib, ozchilik hukmronligi davom etmoqda. Lekin bu vaqtincha hoi. Musulmon dunyosi tayyor bo‘lgach, biz jumhuriyatni boshqarish ishini unga topshiramiz. Biz ularga yordam beramiz»1.
A.A.Kazakov va uning atrofidagi maslakdoshlari Turkiston oikasidagi mahalliy aholi savodsiz, proletariat yo‘q, shu bois- dan ular hokimiyatni mustaqil boshqarishga tayyor emas degan asossiz uydirmani ilgari surardilar. Bunday g‘oyani Turkiston Kompartiyasining III syezdida (1919-yil iyunda) P.G.Konstan- tinopolskiy quyidagicha ifoda etgandi: «Ochiq aytamanki, Turkistonda proletariat yo‘q, yarim proletariat bor, ezilgan yo‘qsillar bor, ezilgan dehqonlar bor, nazarimda, bu omma tarixiy jarayonni ilgari suradigan... inqilobiy kuch boia olmaydi»2.
Turor Risqulov 1919-yil iyun oyida Turkiston Kompartiyasining III 0‘lka Qurultoyida Turkkomissiyaning Farg‘ona to‘g‘risidagi ma’ruzasida ochiq-oydin aytgan edi: «Farg‘onada Sho‘ro hokimiyati yo‘q... u yerda eski Nikolay zamonidagi tartib hukmron... Bizning partiyaviy o‘rtoqlarimiz barcha musulmon yo‘qsillardan shubhalanadilar... Ijroiya qo‘mitaning majlisini qilganda ba’zi masalalami muhokama qilish chog‘ida eski shaharlar vakillarini majlis zalidan chetlatganlar, chetlatilganlar ham - o‘sha ishchilar, rus yo‘qsillari ulardan chetlanmoqda»3. Shu boisdan ham Tur­kiston Kompartiyasining ko‘zga ko‘ringan arboblaridan biri awalida jadidchilik harakati peshqadamlaridan biri Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov 1920-yil 1-8-sentabrda Boku shahrida o‘z ishini olib borgan Sharq xalqlarining birinchi qurultoyida so‘zlagan nutqida zaharxanda bilan aytgan edi: «Turkiston tarixi musulmon dunyosining boshqa qismlarida tarqalmasligi uchun men hoki- miyatimizni ogohlantiraman, uch yil davomida yuritilayotgan bu siyosatning hamma nuqsonlarini bilamiz, biz aytamiz: kontrin- qilobchilaringizni u yerdan olingiz, millatchilik urug‘ini sepuvchi kelgindi elementlaringizni olingiz, kommunizm niqobi ostida ishlayotgan mustamlakachilaringizni olingiz»4.
Turkiston Kompartiyasi IV 0‘lka Qurultoyi (1919-yil 12-sentabr va 6 oktabr) va Respublika Sho‘rolarining VIII Qurultoyi Turkiston o‘lkasida avj olgan shovinistik siyosatni qoralagan qarorlar qabul qildi. Ammo qarorlar qog‘ozda qoldi, shovinizm va mustamlakachilik siyosatiga qarshi hech qanday amaliy chora-tadbir ko‘rilishi mumkin ham emas edi. Chunki o‘lkada amalga oshirilayotgan genosid, sovet mustamlakachiligi va shovinistik siyosat tepasida Kompartiya va Sho‘ro hukumati rahbarlarining o‘zlari turgan edilar.

  1. yil oktabr oyidan keyingi davrda nafaqat Turkistonda, balki butun 0‘rta Osiyoda Sho‘ro hukumatini o‘matish bahonasida amalga oshirilgan dahshatli qirg‘inlar, mahalliy musulmon ahlining insoniy qadr-qimmatini va shuurini toptash, oyoq osti qilish V.I.Lenin tashabbusi bilan tuzilgan Butunrossiya MIQ va RSFSR XK Kengashining Turkiston ishlari bo‘yicha komissiya (Turkkomissiya) nomi bilan bog‘liqdir.

29-sentabrda RKP (b) Markaziy Qo‘mitasining Tashkiliy byurosi Turkkomissiya to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqladi.

  1. yil 7-oktabrda XK Kengashi Turkkomissiya tuzish to‘g‘risidagi qaromi XK Kengashi nomidan imzolash uchun V.I.Leninga vakolat berishga qaror qildi va Lenin uni imzoladi5. Komissiya tarkibiga Sh.Eliava (rais), F.I.Goloshchekin, G.I.Bokiy, Ya.E.Rudzutak, M.V.Frunze, V.V.Kuybishevlar kirdi6. Ulaming oldingi uchtasi Turkiston ishlari bo‘yicha 1919-yil fevralda tuzilgan Alohida Muvaqqat Komissiyaning a’zosi edilar7.

  1. yil 4-noyabrda Turkkomissiya partiya-sho‘ro xodimlarining katta bir guruhi bilan Toshkentga yetib keldi va o‘z faoliyatini boshlab yubordi. Shu munosabat bilan V.I.Lenin «Turkistondagi kommunist o‘rtoqlarga» maxsus xat bilan murojaat qildi. U o‘z xatida bunday degan edi: «Turkiston xalqlari bilan to‘g‘ri munosabat bog‘lash endilikda Rossiya Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi uchun, hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, juda katta jahonshumul-tarixiy ahamiyatga egadir.

...Bizning Turkiston komissiyamizga katta ishonch bilan qara- shingizni va uning direktivalariga, ya’ni huddi shu ruhda unga Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Komiteti tomonidan berilgan direktivalarga qattiq rioya qilishlaringizni sizlardan juda iltimos qilaman»8.
Mazkur xat asosida Turkkomissiya tub yerli musulmon millat- lariga o‘z ta’sir kuchini o‘tkazish uchun qator tadbirlami ko‘rdi. Ulaming barcha diqqat-e’tibori oikani Rossiyaning mustamlaka asoratida saqlab qolishga qaratildi. Komissiya a’zolari keskinlikni yumshatish uchun 1920-yil yanvarda T.Risqulovni Turkiston MIQ raisligiga ko‘tardi va boshqa tadbirlami ko‘rdi. Ammo Turkkomissiya rahbarligida o‘lkada amalga oshirilgan bir qator tadbirlar ommaning mustaqillikkabo‘lgan intilishini kuchaytiribyubordi. Bu borada 1920- yil 12-18-yanvarda boiib o‘tgan Turkiston Kompartiyasining V Oika konferensiyasi xarakterlidir. Unda qator masalalar bilan birga milliy masala va milliy kommunistik seksiyalar to‘g‘risidagi masala ham muhokama qilindi. Turkkomissiya a’zolari ushbu masala bo‘yicha ayyorlik bilan sopini o‘zidan chiqarib Turor Risqulovni ma’ruzachi etib tayinlaydi. Natija ular kutganchalik bo‘lib chiqmadi. Ma’ruzachi Turor Risqulov konferensiyada Kompartiya va Sho‘ro hukumatining o‘lkada yurgizayotgan shovinistik siyosatini ayovsiz tanqid qildi, bir qator amaliy takliflar kiritdi. Turor Risqulov V 0‘lka partiya konferensiyasining ochilishi arafasida o‘z takliflarini musulmon partiya tashkilotlari III konferensiyasining vakillari muhokamasiga qo‘yib, bu takliflami quvvatlash bo‘yicha ulaming va’dasini olgan edi. Turor Risqulov ilgari surgan bu amaliy takliflar nimalardan iborat edi? Ular quyidagilardir:

Download 77,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish