Milliy siyosat va milliy munosabatlar.
Sovet hukumati milliy respublikalarni mustabid tuzum iskanjasida
mustahkam ushlab
turishi uchun. eng avvalo, «socializm» niqobiga o‘ralgan yangi mustamlakachilik siyosatining
mohiyatini yashirishi, uning oshkor bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi zarur edi,
Buning uchun
bolsheviklar partiyasi milliy siyosatni har bir tarixiy bosqichda, har bir vaziyatda sharoitdan va
asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda uning yo‘nalishini, maqsadini va mohiyatini o‘zgartirib
bordi. Masalan, 1917- 1924 yillar davomida partiya milliy siyosatining asosiy negizi bo‘lgan
«millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi»ning kun tartibiga quyilishi va uning
bolsheviklar «andozasi» asosida amalga oshirilishi natijasida suniy ravishda milliy respublikalar
tashkil qilingan bo‘lsa, 1925- 1941 yillardagi milliy siyosatning asosiy yo‘nalishi va maqsadi
millatlarning amaldagi tengsizligini tugatishga barham berishga qaratilgan bo‘lib, buning uchun
milliy respublikalarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy qoloqligiga barham berish vazifasi
qo‘yildi,
Bu vazifa partiya X, XII, XIV sezdlari qarorlarida uz aksini topdi. Mazkur vazifani
amalga oshirish jarayonida davlat qurilishi ishlariga mahalliy millat kishilarini keng jalb qilish,
davlat apparatini «mahalliylashtirish»ga muhim ahamiyat berildi. Davlat apparatini
«mahalliylashtirish» davlat, jamoat va xo‘jalik apparatiga mahalliy millat vakillarini keng jalb
etishdan, ish yuritishda o‘zbek tili va boshqa mahalliy tillarni joriy qilishdan iborat bo‘ldi.
1924 yilda UzSSR MIQ huzurida davlat apparatini o‘zbeklashtirish Markaziy komissiyasi
tashkil etildi, shuningdek, bu xildagi komissiyalar joylarda ham tashkil topdi. 1928
yilga kelib
O‘zbekiston SSR hukumati «Davlat apparatini o‘zbeklashtirish to‘g‘risida» qaror qabul qildi.
Mazkur qarorga muvofiq o‘zbek aholisi ko‘proq bo‘lgan tumanlardagi barcha davlat, jamoat,
kooperativ muassasalari va tashkilotlari ish yuritishni o‘zbek tilida yoki bu erda ko‘pchilikni
tashkil qilgan elat tilida olib borishlari shart edi.
20-yillarning o‘rtalarida boshlangan mahalliylashtirish ham o‘z oldiga qo‘yilgan vaziflarni
hal qilmasdan, 20-yillar oxiriga kelib to‘xtatib qo‘yildi. Respublika va okrug tashkilotlariga
boshchilik qila oladigan etarli miqdordagi milliy kadrlar tayyorlanmadi. Korxonalar, tashkilotlar
va muassasalarda rahbar lavozimlarda avvalgidek, asosan evropaliklar o‘tirar, shu sababdan ish
yuritish ishlari ham avvalgidek rus tilida olib borilardi. 1928 yilda davlat tashkilotlarining faqat
8.6%i va jamoat tashkilotlarining 7,7%i bu ishni o‘zbek tilida olib borardi, xolos.
Bularning
hammasi o‘zbek tilining davlat tili sifatida tan olmaslik, uni ikkinchi o‘ringa surib qo‘yishining
boshlanishi edi. 1929 yilda o‘zbek yozuvini arab alifbosidan lotin imlosiga, 1940 yilda esa kirill
yozuviga o‘tkazilishi ham ana shunga yordam berdi. Ayni vaqtda 1939 yildan boshlab
maktablarda rus tilini majburiy o‘rgatish to‘g‘risida maxsus qaror qabul qilindi.
Mustabid tuzumning iqtisodiyot sohasidagi milliy siyosati vazifalaridan biri barcha
respublikalarning ixtisoslashuvi va kooperaciyalashuviga erishishdan iborat edi, bundan
kuzlangan maqsad respublikalarni yagona umumittifoq xalq xo‘jalik majmuiga mahkam bog‘lab
qo‘yish edi. 20-yillarning ikkinchi yarmi - 30-yillarda
yangi hududiy mehnat taqsimoti,
respublikalarning shakllantirilayotgan umumittifoq xalq xo‘jalik majmuida ixtisoslashuvi qaror
topdi. O‘zbekistonga mamlakatning asosiy paxta bazasi bo‘lish vazifasi yuklandi. 30-yillarda
respublika mamlakatda etishtirilayotgan butun paxtaning qariyb 60%ini berardi. Sanoatning bir
qator tarmoqlari respublikalararo ahamiyat kasb etgan bo‘lib, bu ular ishlab chiqargan
mahsulotlarni qo‘shni respublikalarga tashib ketilishini nazarda tutardi. O‘zbekiston-Qirg‘iziston
va Tojikistonga kimyo mahsulotlari (mineral o‘g‘itlar), to‘qimachilik sanoati mahsulotlari (xom
ip va ip gazlamalari) etkazib bera boshladi. O‘zbekiston mamlakatda yagona qishloq xo‘jalik
mashinalari va g‘o‘zani parvarish qiladigan asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi respublika
sifatida bu mahsulotlar bilan paxta etishtiruvchi respublikalarni taminlardi. Bu respublikalarga
cement ham O‘zbekistondan tashib ketilardi.
O‘zbekistonda turli
xalqlar tillarida kitoblar, gazetalar va jurnallar nashr etish yo‘lga
qo‘yildi. 1932 yilda ana shu kamonli millatlar uchun 15 nomda gazetalar chop etildi. Milliy
guruhlarning badiiy ijodi uchun shart-sharoitlar yaratildi, milliy ziyolilar otryadlari tarkib topdi.
1937-1938 yillarda mustabid tuzum zo‘ravonlik bilan Rossiyaning Uzoq Sharq o‘lkasidan 74500
koreys aholisi majburiy ravishda qo‘chirilib O‘zbekiston hududiga olib kelindi. Uzoq Sharq
o‘lkasidan koreys aholisini majburiy ko‘chirilishiga asosiy sabab SSSR bilan YAponiya
o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi edi. Chunki, bu davrda Koreya yarimorolining bir
qismi YAponiya tomonidan bosib olingan bo‘lib, bu erdaga koreys
aholisi bilan Uzoq Sharq
hududidagi koreyslarning etnik kelib chiqishi bir edi. Shu sababdan mustabid Sovet davlati 1937
yil 21 avgustda qabul qilgan «Uzoq Sharq o‘lkasi chegara rayonlaridan koreys aholisining
ko‘chirish to‘g‘risida»gi qaroriga binoan 170 ming koreyslar O‘rta Osiyo va Qozogiston
hududiga majburan ko‘chirib olib kelingan edi. Bu davrda O‘zbekiston SSRning ijtimoiy-
iqgisodiy imkoniyatlari shunchalik ko‘p mikdordagi koreys aholisini qabul qilish va
joylashtirishga qurbi etmasdi. Lekin shunga qaramasdan o‘zbek xalqi
koreys aholisiga nisbatan
markaziy hukumatning «munosabatidan» qati nazar ularga o‘zining milliy mehmondo‘stligini,
bag‘rikengligini ko‘rsatdi. Ularni uy-joy. ish bilan imkon darajasida taminladi, ularga maishiy
xizmat, madaniy o‘choqlar yaratdi, bolalarining o‘qishi, talim olishi uchun maktablar qurib
berdi.