Ijtimoiy-siyosiy hayot. Ommaviy qatog‘onlarning avj oldirilishi.
O‘zbekiston SSRning tashkil etilishi respublikadagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning
kuchayishiga olib keldiki, ularga bir qancha omillar tasir ko‘rsatdi. Bu omillarning eng
muhimlaridan biri O‘zbekiston faqat nomigagina SSSR tarkibidagi suveren respublika
hisoblanganligi, SSSR esa o‘z mohiyati bilan unitar (qo‘shma) davlat ekanligi edi. O‘zbekiston
ittifoq partiya-sovet organlariga to‘la qaram bo‘lib, uning rahbariyati va direktivalarini, shu
jumladan, respublikaning ichki ijtimoiy-siyosiy hayotiga taalluqli ko‘rsatmalarini og‘ishmay
bajarishga majbur edi, ularda esa respublikadagi mavjud voqelik hamisha ham hisobga
olinmasdi.
O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi SSSRda boshqaruvning mamuriy-
buyruqbozlik tizimi o‘zining barcha salbiy ko‘rilishlari bilan qaror topishi va mustahkamlanishi
sharoitida sodir bo‘ldi. Hukmron kompartiya jamiyat azolarini suniy ravishda «mehnatkashlar»
va «mehnatkash bo‘lmaganlar»ga ajratib, ular o‘rtasida ziddiyatni kuchaytirdi. Bir tomondan,
kommunistik rejim ko‘r-ko‘rona «mehnatkashlar ommasi»ning siyosiy faolligini «qo‘zg‘ash»ga,
ularni partiya-davlat tuzilmalariga va jamoat tashkilotlariga keng jalb qilishga intilsa, ikkinchi
tomondan, aholining «mehnatkash bo‘lmagan» (mulkdorlar, dindorlar, amaldorlar va h.k.)
qatlamlarini ijtimoiy-siyosiy hayotda ishtirok etishini sovetcha qonun asosida cheklab qo‘ydi.
Shu bilan birga, ularga qarshi doimiy ish olib bordi. Bu kurash faqat «mehnatkash bo‘lmagan»
qatlamlarga emas, kommunistik rejimga qarshi chiqqan barcha kishilarga, o‘zgacha fikr
yuritadiganlarga, o‘zbek xalqining va o‘z respublikasining manfaatlarini himoya qilganlarga
qarshi xam olib borildi. Mazkur murosasiz kurash 30-yillarning boshlarida kommunistik
rejimning faqat oshkora va «yashirin dushmanlariga emas, balki butun xalqqa qarshi ommaviy
qatag‘onlarga aylanib ketdi.
O‘z KP(b) va uning apparati respublikaning butun ijtimoiy-siyosiy hayotida ziddiyatli iz
qoldirdi, bu hayot ayolida Markaz belgilab bergan o‘zanda oqar edi. O‘zbekiston
kompartiyasining sezdlarida (1925 yildan 1940 yilgacha 9 ta sezd bo‘lib o‘tgan edi) va MQ
plenumlarida VKP(b) belgilab bergan bosh yo‘l asosida respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy,
ijtimoiy-siyosiy va madaniy rivojlanish strategiyasi belgilandi, ularda kommunistik rejimni
mustahkamlashga, «socialistik qurilish»ni avj oldirishga, boshqa respublikalar bilan aloqalar va
hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan yo‘l o‘z ifodasini topgan edi. Davlat organlari va jamoat
tashkilotlari partiya apparatining tazyiqi bilan sekin-asta uning zulmi ostida qolib, partiya
qarorlarining oddiy ijrochilariga aylandilar.
Partiya qo‘mitalari bu rahbar kommunistlarni xo‘jalik, ijtimoiy va madaniy kurilishning
barcha sohalariga boshchi qilib qo‘ygan edi. Mamuriy-buyruqbozlik usullari bilan ish olib
borgan partiya ko‘mitalari korxonalar va muassasalar rahbarlari hamda mehnat jamoalarining
mustaqilligini cheklar, ularning tashabbusini bo‘g‘ar, ularning faoliyatidagi demokratik va jamoa
asoslarni yo‘qqa chiqarar edi.
Sovet demokratiyasi hamisha, ayniqsa, 20-30-yillarda juda cheklangan bo‘lib, bolsheviklar
targ‘iboti esa uning «burjua» demokratiyasidan ustunligi haqida butun dunyoga jar solar edi.
Partiya-davlat tuzilmalari sovetlarga saylovlarda ham deputatlikka nomzodlar orasida «sinfiy yot
unsurlar» bo‘lmasligini, saylov yigilishlarida va sovetlar deputatlari sifatida aholining faqat
«mehnatkash» qatlamlari (bu so‘zning bolshevikcha tushunilishida) ishtirok etishlarini
hushyorlik bilan kuzatib borardi. Ana shu maqsadda 20-yillarning ikkinchi yarmida har yili
sovetlarga qayta saylovlar o‘tkazilib turildi, bular natijasida sovetlar «sinfiy yot unsurlar»dan
«tozalandi», deputatlar korpusi kommunistik rejimga sodiq ishchilar, «mehnatkash» dehqonlar,
xizmatchilar vakillaridan, eng avvalo kommunistlardan to‘ldirib borildi. Respublika aholisining
1%dan ko‘prog‘ini tashkil etuvchi kommunistlar sovetlarda, ayniqsa. Oliy Kengash, viloyat,
shahar va tuman kengashlarida aksariyat ko‘pchilikni egallar edilar. Rahbar organlar haqida
gapirmasa ham bo‘ladi, ular barcha darajadagi partiya qo‘mitalarining ko‘rsatmasi va
rahbarligida odatda faqat kommunistlardan tashkil topardi. YAngi iqtisodiy siyosatga sekin-asta
chek qo‘yilishi jarayonida mamuriy-buyruqbozlik tizimi va shaxsga sig‘inish qaror tonib bordi,
sovetlar tarkibi va rahbariyati, ayniqsa respublika siyosatini belgilovchi pog‘onasidagi
o‘rinlarning aksariyat qismi partiya-sovet apparati, partiya-sovet amaldorlari qo‘liga o‘tib qoldi.
Ular respublika sovetlariniig VI sezdida (1937 y. fevral) 793 deputatdan 329 kishini tashkil etdi,
ulardan keyin kolxozchilar (205 o‘rin) va ishchilar (132 o‘rin) gurardi. Holbuki, 20-yillarning
o‘rtalarida manzara butunlay boshqacha edi - «xizmatchi»lar (partiya-davlat amaldori deb
o‘qing) O‘zbekiston Sovetlarining I sezdida tashkil topgan davlat hokimiyati apparati sekin-asta
byurokratlasha bordi, xalqdan tobora uzoqlashib, kommunistik rejimga jon-jahdi bilan xizmat
qildi.
Mehnatkashlarning eng ommaviy tashkiloti - kasaba uyushmalari xam partiya
qo‘mitalariga to‘la-to‘kis qaram bo‘lib qoldilar. 1925 yilning boshlarida O‘zbekiston kasaba
uyushmalari 90 mingdan ortiq kishini birlashtirgan edi. Biroq ularda mahalliy aholi
«evropalik»lardan birmuncha kam bo‘lib, respublikadagi kasaba uyushmalari azolari umumiy
sonining qariyb 40%ini tashkil etardi, holbuki, mahalliy aholi Uzbekiston aholisi tarkibida
90%dan ko‘proq edi.
Mustabid tuzum yosh avlodni kommunistik ruhda tarbiyalab borishga muntazam etibor
qaratdi. YOshlarni kommunistik mafkura bilan zaharlash, ularni kommunistik jamiyat
soldatlarga aylantirishda kommunistik yoshlar ittifoqi (komsomol) muhim rol o‘ynadi. Lekin
komsomol partiyaga va uning tashkilotlariga yanada ko‘proq bo‘ysundirilgan edi. Partiya uni
uzining yordamchisi va «jangovar rezervi» deb hisoblardi. O‘zbekiston komsomolining saflari
yuqori suratlar bilan usdi va 1940 yilda qariyb 400 ming kishini tashkil qildi. Holbuki 1925 yilda
uning saflarida 30,2 ming azo bor edi. Partiya qo‘mitalari komsomolni «sinfiy dushman»ga
qarshi kurashda, «Hujum»ni qishloq xo‘jaligini jamoalashtirishni va xalqqa son-sanoqsiz ofatlar
keltirgan mustabid tuzumning «sociastik eksperimentlari»ni mamuriy-bo‘yruqbozlik usullari
bilan amalga oshirishda o‘zining zarbdor mushtiga aylantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |