6-mavzu: O’zbekiston 1925-1941 yillarda. Majburiy jamoalashtirish fojialari. O’zbekiston ssr dagi ijtimoiy o’zgarishlar reja


Talim, fan va madaniyat hukmron mafkura izmida



Download 277,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana09.12.2022
Hajmi277,13 Kb.
#882166
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6 maruza (1)

Talim, fan va madaniyat hukmron mafkura izmida 
20-yillarning ikkinchi yarmi, 30-yillar sovet hokimiyati uchun o‘zining siyosiy va iqtisodiy 
mavqeini yanada mustahkamlashi davri bo‘ldi. Istiqlolchilar kurashi, barcha ixtilofdagi siyosiy 
partiyalar tugatilishi natijasida bolsheviklar mutloq yakkahokim partiyaga aylandi. U jamiyat 
ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida o‘z mafkuraviy tasirini o‘tkazib bordi. Ayniqsa bu kishilar 
ongini o‘zgartirishda muhim omil bo‘lgan talimda, ilmda va madaniyatda jiddiy tus oldi. 
Dastlabki yillarda madaniyat va uni boshqarish jabhalarida demokratik tamoyillar birmuncha 
mavjud bo‘lib, hokimiyat mahalliy urf-odatlar va xususiyatlarni hisobga olishga majbur bo‘lgan 
edi. Keyinchalik esa, mamuriy-buyruqbozlik usullari keng quloch otib mustahkamlanib borishi 
bilan yalpi ko‘rsatkichlar ortidan quvish, bolshevikcha «madaniy inqilob» yo‘li va usullari 
ustivorlik qila boshladi. Xalqning marifatga, fanga va milliy manaviyatga bo‘lgan intilishi 
hukmron kuchlar tomonidan uzoqni qo‘zlamay va yaxshi o‘ylamay olib borgan siyosatlari 
natijasida siyosiy manfaatlar yo‘liga burildi. YAngi ziyoli kadrlarni shakllantirish, eski mavjud 
milliy ziyolilarni yo‘q qilish ana shu maqsadlarni ko‘zlab amalga oshirildi. Savodxonlik 
darajasining o‘sishi byurokratik boshqaruv tizimining mustahkamlanib borishi, texnika 
taraqqiyoti tomon yurish va ilmiy muassasalarning tashkil topish jarayonlari ular ustidan qattiq 
mafkuraviy nazoratning o‘rnatilishi bilan ham-ohang ravishda yuz berdi. 
O‘zbek xalqining bilimga bo‘lgan intilishi 30-yillarning boshlariga kelganda respublikada 
savodxonlik uchun umumxalq yurishini boshlab berdi. Birgina 1932 yilda 707 ming kishi, shu 
jumladan, qishloqlarda 615,4 ming aholi savodsizlikni tugatish kurslarida o‘qitildi. 
Sovet davlatining statistik malumotlarida ko‘rsatilishcha, 1925-1941 yillar davomida xalq 
talimi maktablarni soni muttasil ortib borgan. Masalan, 1924-25 o‘quv yilida O‘zbekistonda 160 
ta sovet tipidagi maktablar tashkil qilinib, ularda 17209 o‘quvchi talim olgan bo‘lsa, 1941 yilga 
kelib maktablar soni 5504 taga va ularda o‘qitilayotgan o‘quvchilar soni esa 1 mln. 315 ming 
kishiga etgan. 
Sovetlarning «madaniy inqilob» tadbiri jamiyatning barcha jabhalarini, ayniqsa fan va 
madaniyatni o‘ta mafkuralashtirib, uning har bir sohasini qamrab oldi. Bolsheviklar tarbiyaning 
dastlabki va tasirchan o‘chog‘i bo‘lgan xalq talimini birinchi kundanoq mafkura izmiga solish 
uchun butun imkoniyatini ishga soldi. Maktablarda siyosiy tarbiyani yo‘lga qo‘yishga va uni 
takomillashtirib borishga etibor berdi. 
Talim sohasini «sinfiy dushmandan» tozalash maqsadida, hatto maxsus qarorlar ham qabul 
qilindi. Masalan, VKP(b) MQ O‘rta Osiyo byurosi 1933 yil 27 martda o‘qituvchi kadrlar safini 
tozalash haqida qaror qabul qiladi va uning dastlabki natijalari shu yilning 25 aprelida bo‘lib 
o‘tgan O‘rta Osiyo bo‘yicha partiyaning madaniy sohaga bag‘ishlangan kengashida muhokama 
qilinadi. Bu «tozalash» natijasida birgina Qoraqalpog‘iston bo‘yicha mavjud 700 o‘qituvchidan 
faqat 120 tasi maktablarda ishlashga loyiq deb topildi.
Ziyoli kadrlarni tayyorlashda sinfiy jihatdan ishonchli, aholining «mehnatkash» 


tabaqalaridan chiqqan kishilarni tanlab olish kerak, degan g‘oya ilgari surildi. Chunki, avvaldan 
yaxshi malumki, aqliy va mantiqiy mushohada etish darajasi qancha past bo‘lsa, savodlar ham, 
noroziliklar ham shuncha kam bo‘ladi. Shuning uchun ham madaniyat xodimlarining tarkibini 
ijtimoiy jihatdan ishonchli bo‘lgan «mehnatkashlar» hisobiga soddalashtirish, ular orasidagi eng 
zakovatli va omilkor qatlamin siqib chiqarish maqsad qilib ko‘yildi. Bu «madaniy inqilob»ning 
asosiy tezislaridan biri bo‘lib, «shaklan milliy, mazmunan proletar madaniyati»ni vujudga 
keltirishdan iborat edi. Bu g‘oya sovet davlatining barcha o‘n yilliklari davomida yashab keldi. 
30-yillarda uni amalga oshirish borasida qo‘yilgan dastlabki qadam madaniyatning barcha 
sohalari uchun kadrlar tayerlash. yuqorida aytganimizdek, «mehnatkashlar», yani, «proletar 
qatlamdan» boshlanganligi ham bejiz emas edi. Sovet tuzumi yillarda ham, siyosiy mafkura 
tazyiqlariga qaramasdan madaniyat maydonida talantli o‘qituvchilar, maorifchilar, olimlar, 
aktyorlar, rassomlar, haykaltaroshlar, musiqachilar, bastakorlar, qo‘shiqchilar va raqqoslar 
etishib chiqib, ular O‘zbekiston fani, o‘zbek milliy madaniyati va sanati rivojiga o‘zlarining 
ulkan hissalarini qo‘shdilar. 
Biroq bu yutuqlar o‘zbek xalqi tomonidan boy berilgan ulkan yo‘qotishlar va quchli 
ijtimoiy silsilalar evaziga qo‘lga kiritildi. Hukmron va mustabid kommunistik targ‘ibot (rejim) 
tomonidan buyurilgan mafkuraviy yo‘l-yo‘riqlar, g‘oyalar va ko‘rsatmalar madaniy jarayonning 
to‘laqonli taraqqiyotiga yo‘l bermadi. O‘zbek madaniyati bundan ham etuk. yanada teran va 
yuksak bo‘lishi mumkin edi. 

Download 277,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish