O‘zbekiston SSRdagi ijtimoiy o‘zgarishlar.Hujum harakatlari.
20-yillarda respublika, viloyat, tuman va quyi sovet tashkilotlari qoshida tashkil etilgan
xotin-qizlar bo‘limlari bu jabhada, umuman olganda, to‘g‘ri ishlarni amalga oshirdi. Faollar
masalaga dastlabki yillarda juda ehtiyotkorlik bilan yondashdilar. har bir xonadonga kirib,
tushuntirish ishlari olib bordilar. maxsus xotin-qizlar klublari, artellar, do‘konlar tashkil etdilar,
bu erlarda ular savod chiqardilar, tikishni va savdo-sotiqni o‘rgandilar. Barcha tadbirlar
Turkiston xotin-qizlari turmush tarziga xos xususiyatlarga, milliy ananalarga mutanosib holda
olib borildi. Usha paytlarda hech kim paranji tashlash haqida gap-so‘z yuritmasdi. Faollar
qo‘proq ishontirish usuliga suyanishardi. Shunga ko‘ra, xotin-qizlar huquqini taminlash, ularni
yaratuvchilik va jamoatchilik ishlariga jalb etish borasida muayyan muvaffaqiyatlarga erishilli.
Lekin erishilgai bu yutuqlar mustabid tuzumni qoniqtirmas edi. Bu jarayonni suniy
ravishda tezlashtirish maqsadida unga zarbdor safarbarlik xususiyatini bera boshladi. 1926
yilning sentyabr oyida O‘rta Osiyo partiya komitetlariiing xotin-qizlar bo‘limlari xodimlari
ishtirokida kengash o‘tkazildi va u erda xotin-qizlar orasida olib borilayotgan ishlarni
jadallashtirish va uni majburiy ravishda o‘tkazishga qaror qilindi. Bu majburiy tadbir «Hujum»
deb ataldi, yani hujum uslubida ayollar muammosini hal qilish siyosati ustun ola boshladi Bu
kompaniyani o‘tkazish uchun 1926 yil dekabr oyida O‘rta Osiyo respublikalari va xususan
O‘zbekistonda maxsus komissiyalar tuzildi. Xotin-qizlarni ozodlikka chiqarishning eng muhim
vazifalaridan biri paranjiga qarshi kurash edi. Bu tadbirni ayollar naqadar quvonch bilan
qarshilab olganliklarini aytib o‘tmaslik noxolislik bo‘lar edi. Chunki qora chimmatni tashlash
yorug‘-olamni ochiq yuz bilan ko‘rish, ilm olish, hayotda erkaklar bilan baravar huquqqa ega
bo‘lish ularning asrlar davomidagi orzusi edi. 1927 yil 8 mart kuni O‘zbekistonda bo‘lgan yuzlab
mitinglarda qatnashgan minglab xotin-qizlar o‘z paranjilarini tashladilar. Lekin bu ijtimoiy-
siyosiy tadbirni o‘tkazishda o‘sha davrda mavjud bo‘lgan ijtimoiy ahvol, milliy-manaviy
dunyoqarash, oiladagi nihoyatda nozik bo‘lgan erkak bilan ayol o‘rtasidagi munosabat. kishilar
ongiga singib qolgan islom qadriyatlari, oila va ayollar masalasidagi mavjud ananalar, urf-
odatlar etiborga olinmadi.
1927 yilga kelib, o‘z safida mahalliy millatlardan 25 ming azoga ega bo‘lgan O‘zbekiston
kompartiyasiga «Hujumning tashkilotchisi bo‘lish va namuna ko‘rsatish vazifasi yuklandi. Ular
kommunist sifatida o‘z xotinlarini paranji yoqiladigan joylarga majburan olib kelib paranjilarini
tashlatishar, ertasiga esa yana paranji yopinishga majburlardilar. VKP(b) MQ O‘rta Osiyo
byurosining XIV Plenumi (1927 y. oktyabr) partiya azolarining ana shu ishlarini «maishiy
jinoyat» sifatida baholadi va ularga partiya safidan o‘chirishgacha bo‘lgan jazoni qo‘llashga
qaror qildi. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish bahonasi bilan partiya saflarida
«tozalash» o‘tkazildi. Partiya saflarini taftish qilish jarayonida ayrim masul xodimlar sovet
hukumati o‘rnatilgandan keyin ham qalin puli berib uylanganliklari, meros sifatida xotin
olganliklari va bir qator xodimlar qo‘sh xotinli ekanliklari malum bo‘lib qoldi. Ularniig
hammasi, hatto inqilobga qadar qalin to‘laganlar ham partiya tomonidan jazolandilar. Mana
shundai tekshiruvlar natijasida bazi bir partiya tashkilotlarida masul xodimdarning ayollari ham
Do'stlaringiz bilan baham: