Ashurboyev O’ktam Dorixona xodimlarining shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi.
Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish har bir inson uchun albatta bajarilishi va me‘yorda bo‘lishi lozim. Dorixona xodimlarining shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi katta ahamiyatga ega, chunki sanitariya qoidalarini buzilishi dorixona ichidagi infektsiyaning tarqalishi va dorilarni ifloslanishiga olib keladi. Bundan tashqari dorixona xodimlarining tashqi ko‘rinishi, kiyim va qo‘llarining tozaligi, soch turmaklashi, gigiyenik bilimlarga amal qilishi sanitariya oqartuvida katta rol o‘ynaydi.Dorixona xodimlarining xaridorlar bilan bo‘lgan muomalasi, gapirish madaniyati namunali bo‘lishi kerak.
Dorixona xodimi ish vaqtida doimo xalatda va bosh kiyimda (ro‘mol yoki qalpoq) bo‘lishi kerak.SHuning uchun u 3 xalat va 3 bosh kiyimi bo‘lishi, kamida 2 marta almashtirishi, sochlarini bosh kiyim ostiga olishi, qo‘llarini sovunlab va dezinfektsiyalovchi moddalar bilan yuvishi lozim.Xalat va shaxsiy kiyimlar alohida saqlanishi lozim.Dorixona xodimlari ishga kelganlarida oyoq kiyimlarini almashtirishlari lozim.
Dorixona xodimlari hojatxonaga kirayotganlarida xalatni echishi, chiqqandan so‘ng qo‘llarni sovun, dezinfektsiyalovchi modda bilan yuvishi kerak. Hojatxona oldida sovuq va issiq suv keltirilgan rakovina, dezinfektsiyalovchi moddali eritma, elektr quritgich, xalat va sochiq uchun ilmoqcha,bularning hammasi hojatxonadan oldingi xonada bo‘lishi kerak.Xalatda ishlab chiqarish xonalaridan, dorixonadan tashqarigachiqishi, ishlab chiqarish xonalariga xalatsiz kirishi, dastro‘moldan tashqari begona narsalarning xonaga olib kirish, saqlash mumkin emas. Shkafda shaxsiy kiyim va ishlab chiqarish kiyimlarini saqlash ta‘qiqlanadi.
Terining tozaligi shaxsiy gigiyenaning asosiy talablaridan hisoblanadi. Ayniqsa tirnoq osti tozalik holatiga e‘tibor berish lozim.Aseptik sharoitida dori tayyorlaydigan xodimlar shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishlari lozim. Steril dorilarni tayyorlash shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilgan holatlarda tayyorlanilishi kerak. Ish vaqtida tananing barcha qismi yopiladigan (jarrohlik) xalat, bosh va oyoq kiyim, dokali niqob kiyilishi shart.Kiyimlar aseptika (shlyuz) xonasiga kirish oldida almashtirilishi kerak.
Terining tozaligi shaxsiy gigiyenaning asosiy talablaridan hisoblanadi. Ayniqsa tirnoq osti tozalik holatiga e‘tibor berish lozim. Aseptik sharoitida dori tayyorlaydigan xodimlar shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishlari lozim. Steril dorilarni tayyorlash shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilgan holatlarda tayyorlanilishi kera. Ish vaqtida tananing barcha qismi yopiladigan (jarrohlik) xalat, bosh va oyoq kiyim, dokali niqob kiyilishi shart. Kiyimlar aseptika (shlyuz) xonasiga kirish oldida almashtirilishi kerak
Shu erning o‘zida Spasokukotskiy-Kochergin usulida 100 ml suv va 0,5ml 10% ammiak eritmasi solingan ikkita sirli tog‘arachada qo‘l zararsizlantiriladi. Qo‘lni dokali salfetka yoki paxta bilan avval birinchi, so‘ng ikkinchi tog‘arachada zararsizlantiriladi. Agarda ikkinchi tog‘aradagi suv xira bo‘lsa zararsizlantirishni yana takrorlash lozim. Qo‘l yuvilganidan so‘ng quruq steril sochiq, so‘ng 3-5 daqiqa 70% li etil spirti bilan artiladi. Bu omillarni oldini olish uchun avvalam bor ish joyini to‘g‘ri jihozlash, kompleks va kichiq mexanizatsiyalangan texnologik va organizatsion muhit ta‘minlanishini to‘g‘ri tashkil qilish kerak.Barcha kerakli jihozlar, dori tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan qo‘shimcha materiallar va moddalar ortiqcha harakat qilmaslik, osonlikcha olish uchun ish stoliga maksimal darajada yaqin joyga joylashtirilgan bo‘lishi kerak. Ish joyi qulay, tanani noto‘g‘ri turishga majbur qilmaydigan qilib tanlanishi kerak.
Ishda qo‘llaniladigan jihozlar va bo‘ylumlar stol ustida qulay va ratsional joylashtirilishi lozim. Ish jarayonida o‘ng qo‘lda olinadigan barcha narsalar (taroz toshlari, ruchka va boshqalar) o‘ng tarafda joylashtirilishi kerak. Chap tarafda taroz, signaturlar, dorixona shisha idishlari va boshqalar joylashtiriladi. Stol va stul konstruktsiyasiorganizmning fiziologik holatiga mos kelishi va ishlashga qulay bo‘lishi kerak (harakatlanadigan, aylanadigan va boshqa). Ish turini va faoliyatini almashtirib turish maqsadga muvofiqdir. Kukunli dori shakllarini qadoqlashda, idishlarni to‘ldirishda, eritmalarni qadoqlashda va boshqa jarayonlarni qo‘l mehnati bilan bajarishni qisqartirish va iloji boricha to‘liq taqiqlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |