Oziqaviy toksikoinfektsiyalar faqat ovqatda ancha miqdorda tirik toksigen mikroblar va ularni toksinlari mavjud bo‘lgandagina paydo bo‘ladi. Oziqaviy toksikoinfektsiyalarga salьmonellar, shartli-patogen va patogen mikroorganizmlar tomonidan chaqiriladigan kasalliklar tegishli.
Oziqaviy intoksikatsiyalar mikrob toksinlari mavjud bo‘lgan oziq-ovqat maxsulotlari iste’mol qilinganida yuzaga keladi. Bunda tirik toksin xosil qiluvchi mikroorganizmlar allaqachon bo‘lmasligi mumkin. Oziqaviy intoksikatsiyalar bakterial (stafilokokkli intoksikatsiyalar va botulizm) va oziqaviy mikotoksikozlarga (mikotoksinlar chaqiradigan kasalliklar) bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |