Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti matkarimova shoxnoza



Download 1,61 Mb.
bet1/17
Sana12.02.2023
Hajmi1,61 Mb.
#910508
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Matkarimova Shaxnoza Non va non mahsulotlari


O’ZBEKISTON RESPUBLIRASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


AL-XORAZMIY NOMIDAGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
MATKARIMOVA SHOXNOZA

Pedogogika fakulteti, Texnologik ta’lim yo’nalishi,


4-bosqich 191-guruh talabasi


MATKARIMOVA SHOXNOZA


Mahsulot tayyorlash texnologiyasi

fanidan
KURS ISHI


Mavzu: Non va non mahsulotlarining oziqaviy qiymati sifatiga qo’yiladigan talablar
Bajardi: Matkarimova Sh
Qabul qildi: Egamova A
Urganch 2023


MUNDARIJA
I. Kirish. (Texnologiya ta’limini o’qitish metodikasi bo’yicha davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, texnologiya ta’limi o’qituvchisining faoliyatidagi o’rni)……………………………………………….3
II . Mavzu tasnifi…………………………………………………………………..8
III. Mavzu bo’yicha adabiyotlar tahlili……………………………………………16
IV. Mavzu bo’yicha kalendar-mavzuli reja……………………………………….21
V. Mavzuni o’qitish bo’yicha moddiy-texnikaviy baza ………………………….24
VI .Mavzu bo’yicha dars ishlanma………………………………………………..36
VII . Xulosa…………………………………………………………………….…43
VIII . Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………….44

I.Kirish
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki davrlardanoq jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo`lgan milliy ma`naviyatimiz asosida kelajagi buyuk davlat barpo etish bosh maqsad qilib belgilandi. Buyuk maqsadga erishishda asosiy e`tiborni yosh avlodni barkamol, ma`naviy va jismonan sog`lom, yuqori malakali kasb egasi qilib tarbiyalashga qaratilgani esa, milliy an`analarimiz mentalitetimizning o`ziga xos tarzda ifodalanishidir. Hozirgi kunda ta'lim-tarbiya samaradorligining oshirishning psixologik bilimlarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. O’zbеkiston Rеspublikasi Birinchi Prеzidеnti I.A. Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarida bolaning ongi asosan 5—7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo‘lsak, aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta’sirida ma’naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo‘la boshlashi xaqida aytib o’tilganki bularning xammasi yurtimizdagi bolalarning tarbiyasiga qanchalik katta etibor berishidan darak beradi
Inson faoliyati bilan bog’liq «Ta'lim to’g’risidagi qonun» va milliy dasturning barcha muhim vazifalarini hal qilishda ta’lim uslublari to’g’ri tanlay olish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli o’qish faoliyatida o’quvchilarni xarakter xislatlarini shakllantirish muhimligini alohida ta'kidlash lozim. “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma`naviy salohiyatga ega bo`lib, dunyo miqyosida o`z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo`sh kelmaydigan insonlar bo`lib kamol topishi, baxtli bo`lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”1
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki davrlardanoq jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo`lgan milliy ma`naviyatimiz asosida kelajagi buyuk davlat barpo etish bosh maqsad qilib belgilandi. Buyuk maqsadga erishishda asosiy e`tiborni yosh avlodni barkamol, ma`naviy va jismonan sog`lom, yuqori malakali kasb egasi qilib tarbiyalashga qaratilgani esa, milliy an`analarimiz mentalitetimizning o`ziga xos tarzda ifodalanishidir. Hozirgi kunda ta'lim-tarbiya samaradorligining oshirishning psixologik bilimlarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.Inson faoliyati bilan bog’liq «ta'lim to’g’risidagi qonun» va milliy dasturning barcha muhim vazifalarini hal qilishda ta’lim uslublari to’g’ri tanlay olish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli o’qish faoliyatida o’quvchilarni xarakter xislatlarini shakllantirish muhimligini alohida ta'kidlash lozim. “Har qanday millatning ravnaqi umumbashariyat tarixida tutgan o’rni, mavqei va shuhrati bevosita o’z farzandlarining aqliy va jismoniy yetukligiga bog’liqdir.” 2
Bu dunyoda har qanday shaxs borki nimagadir intilib yashaydi. Ana shu intilishlar insonning kamolotini barkamollikka yetkazadi.
O’zbekistonning milliy mustaqilligi, uni har taraflama mustahkamlash yo’lida olib borilayotgan chora va tadbirlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan respublikadagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy muhitga bog’liq. Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida rivojlanishning izchil yo`lga tushib olishi, jahon intellektual salohiyatida to`la raqobatbardosh bo`la olishi inson faoliyatining hamma sohalarida zamonaviy psixologik bilimlarni qo`llay olish darajasiga bog`liq. Bu esa ta`lim-tarbiyaning barcha sohalarida samaradorlikka erishish borasida avvalo maqsadni to’g’ri tanlash kerakligini va uning amalga oshirish yo’lidan borishni taqazo etadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga qarata “Hozirgi zamonda hamma jabhalarda ilm, bilim va salohiyat suv bilan havoday zarurligi, har qaysi davlat faqatgina shu asosda taraqqiyotga erishishi, sodda qilib aytganda, inson bilak kuchidan ko‘ra ilm kuchi bilan ko‘proq daromad va obro‘-e’tibor topishi mumkinligini hammamiz yaxshi anglaymiz”.
Maktablarda o`quvchilarni yangi texnika va ilg`or texnologiyalar bilan tanishtirish va ishlab chiqarish sharoitiga oid ko`nikma malakalarini shakllantirishning pedagogik va psixologik tamoyillari olindi. Texnologiya fanidan har bir taʼlim turi uchun konsepsiyalar va alohida o‘quv dasturlari loyihalari tayyorlandi hamda Taʼlim inspeksiyasi portaliga joylashtirildi.Ishlab chiqarishda fan-texnika asoslari bo`limining yangi texnika va ilg`or texnologiya mavzusiga oid nazariy ma`lumotlar va amaliy ishlar mazmuniga oid tavsiya ishlab chiqiladi.Mehnat ta`limi darslarida o`quvchilarni yangi texnika va ilg`or texnologiya asoslariga oid uslubiy tavsiyalar yaratiladi. To`g`ri yo`lga qo`yilgan uslubiy ishlar o`quv-tarbiyaviy ishlarni uzluksiz ravishda takomillashtirib borishning eng muhim vositalaridan biri ekanligi; o`qituvchilar uchun o`z mutaxassisligi bo`yicha ilg`or tajriba usullarini amaliy tarzda egallab olishi, ta`lim mazmunini chuqurlashtirish va sifatini oshirish maqsadida tashkil etilishi, o`quvchilarni unumli mehnatga jalb qilinishlari muammoning dolzarbligini belgilaydi. Fan-texnikani takominlashishi maktab ta`lim jarayoniga katta tasir ko`rsatadi. Shu sababli mehnat ta`limi darslariga texnika yutug`larini doimiy ravishda kiritish maqsadga muvofiqdir.
Respublikamizda hamma sohalar singari yengil sanoat sohasiga alohida e’tibor qaratilgan, chunki bizda paxta, ipak, jun kabi xomashyo mahsulotlari yetishtiriladi. Xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarish va uni jahon bozoriga olib chiqish bir qancha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Bu esa sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishdek mas’uliyatli vazifani talab etadi.Hozirda yangi texnika va texnologiyaning respublikamizga kirib kelishi ham amaliy, ham nazariy bilimga ega bo‘lgan, maxsus fanlardan chuqur bilimli ishchilar kerakligidan dalolat beradi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi uzluksiz ta’limni mazmunli va tashkiliy rivojlantirishga doir strategik yo‘nalishga asoslangan holda aniq belgilangan.Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etish imkonini beradigan omillardan biri yangi texnika va texnologiyadan mohirona foydalanib, ijodiy va yuksak unumli ishlay oladigan, zamon taraqqiyoti bilan hamnafas bo‘la oladigan, mutaxassislikka oid har qanday masalalarni yechishga qodir malakali kadrlar tayyorlashdan iboratdir.Hozirda respublikamizda bu masalaga katta e’tibor qaratilgan.
Texnologik taʼlimini tashkil etisha shaxsning boʼsh vaqtidan toʼgʼri foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. Yosh avloni oʼquv rejasida koʼzda tutilgan mehnat amaliyotini toʼgʼri tashkil etish, bolalar, oʼsmirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari qoshidagi toʼgaraklarga koʼproq jalb qilish yosh avlodning komil shaxslar sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. 2020 yilda qabul qilingan yangi tahridagi “Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonun, 2017 yil 7 fevraldagi 4947-sonli “Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida”gi Farmoni va uning mantiqiy davomi boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga moʼljallangan yangi Oʼzbeksitonning taraqqiyot strotegiyasi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi PF-60-son farmoni, 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori hamda boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur bitiruv ishimizga muayyan darajada xizmat qiladi.
Oʼzbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga moʼljallangan yangi Oʼzbeksitonning taraqqiyot strotegiyasining IV boʼlimi “Аdolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish” mavzusida boʼlib 37-47 maqsadlari aynan taʼlim sohasini rivojlantirishga qaratilgandir.

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish