37-maqsad: Har bir fuqaroga davlat hisobidan aniq kasb-hunarga o‘qish imkoniyatini yaratish. Kasbga o‘qitish ko‘lamini 2 baravar oshirib, jami 1 million nafar ishsiz fuqaroni kasb-hunarlarga o‘qitish va bu jarayonda nodavlat ta’lim muassasalarining ishtirokini 30 foizga yetkazish.
38-maqsad: Maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasini hozirgi 67 foizdan kamida 80 foizga yetkazish.
39-maqsad: Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish.
40-maqsad: Maktabgacha ta’lim tizimida budjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlash.
41-maqsad: Maktablarni rivojlantirish milliy dasturini joriy etish orqali xalq ta’limi tizimida qo‘shimcha 1,2 million o‘quvchi o‘rni yaratish.
42-maqsad: 2026-yilga qadar o‘quv dasturlari va darsliklarni ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘la qayta ko‘rib chiqib, amalda joriy etish.
43-maqsad: Malakali o‘qituvchilarning oylik maoshlarini bosqichma-bosqich 1 000 AQSh dollari ekvivalentiga yetkazish.
44-maqsad: Maktablarda ta’lim sifatini oshirish, pedagog-kadrlarning bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish.
45-maqsad: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bosqichma-bosqich bepul ovqat bilan ta’minlash.
46-maqsad: Oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta’lim sifatini oshirish.
47-maqsad: 2026-yilga qadar 10 ta salohiyatli oliy ta’lim muassasasini QS va TNE xalqaro reytinglariga kirishga maqsadli tayyorlash.
Mehnat predmeti (kishi mehnati yo'naltirilgan buyumiga bo'lgan ta'sir xarakteriga qarab) tarmoqlarga bo'linadi. Lekin ishlab chiqarish asosini texnologik jarayonlar tashkil etadi. Texnologik jarayonlar yordamida Xomashyo ishlab chiqarib mahsulotga aylantiriladi.Bu sohani o'rganishda texnologik ta’lim fani katta ahamiyati kasb etadi.Ommaviy ishlab chiqarish bilan bir qatorda yakka buyurtma tikish korxonalari, kichik va o'rta xususiy korxonalar aholining kiyimga bo'lgan ehtiyojini qondirmoqda. Bu sohani rivojlantirishda xizmat qiluvchi mutaxassislarni oliy o'quv yurtlari, kasb-hunar maktablari, texnikumlarda tayyorlanadi. Ularga maxsus yo'nalishlar bo'yicha fanlar o'rgatiladi. Odatda, ijod tushunchsi ma'lum bir iste'dodli odamlar tomonidan buyuk san'at asarlari, yangi mashinalar, dastgohlar va hokazolarni yaratishini anglatadi. Lekin ijod faqat buyuk asarlar yaratishdan iborat bo'lib qolmasdan, balki kishining fikr yuritishi, biror tadbirni o'ylab topishi, ozgina bo'lsada, qandaydir yangilik yaratishi kabi tushunchalarni ham qamrab oladi. Shu bois ijod jarayoniga tasodif sifatida emas, balki muayyan sharoit va imkoniyatlar hamda qonuniyatlar asosida amalga oshuvchi muhim jarayon sifatida qarash lozim.
O'quvchining ijodi uning olgan bilimini hayotda ko'rgan dalil va hodisalarga bog'lay olishi, ularni to'g'ri baholab, dastlabki ma'lumotlarni tahlil va sintez qila bilishidir.Har qanday ijod borliqni rad etish emas, balki borliqqa to'laroq kirib borishdir. O'qitishga individual yondashuv ta'lim jarayonining muhim talabidir.Bu esa o'quvchilar ijodkorlik mahorat va qobiliyatlarining o'sishida yana bir o'ziga xos eshikni ochib beradi.Shaxs sifatlarining shakllanishida oila, atrof-muhit, jamiyat katta rol o'ynaydi. Ota-onaning mehri, atrofdagilarning e'tibori, ularning qo'llab quvvatlashlari bolani mustaqil fikrlashga va ijodiy fikrlashga bo'lgan ishonchini uyg'otadi. Ma'naviy-ijodiy usullar shu tariqa o'quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda eng asosiy rol o'ynadi. Talabalarning texnik tafakkurini va mehnatga ijodiy munosabatini rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida fan texnika taraqqiyotini jahon talablari darajasiga ko‘tarish, mahsulot sifatini tubdan yaxshilashni, ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlay oladigan yosh avlodni tarbiyalash eng muhim vazifa hisoblanadi. Bo‘lajak mutaxassislarda ijodiy faoliyat asoslariga oid bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish orqali hozirgi sanoat ishlab chiqarishiga xos texnik, texnologik-konstruktorlik va ishlab chiqarish faoliyatlarining asoslari egallanishiga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |