Oziqaviy infektsiyalarga oziq-ovqat maxsuloti faqat patogen mikroorganizmlarni uzatuvchisi bo‘lgan kassaliklar tegishli; ular odatda maxsulotda rivojlanmaydi.
Shartli oziqaviy infektsiyalar 2 asosiy guruxga bo‘linadi:
1. odamdan uzatiladigan infektsiyalar. Ularga xolera, qorin tifi, paratif, dizenteriya va boshqalar kabi ichak infnktsiyalari tegishli.
2. odamga xayvonlardan uzatiladigan infektsiyalar. Bunday kasalliklar zoonozlar deb nomlanadi. Ularga brutsellez, tuberkulez, sibir yazvasi, yashur, yirik shoxli qoramolni spongioform entsefalopatiyasi va boshqalar tegishli. Oziqaviy zaxarlanishlar va oziqaviy infektsiyalarda oziq-ovqat maxsulotlarining xavfsizligini baxolashda eng avvalo mikrobiologik ko‘rsatkichlar aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |