Zearalenon bilan zaxarlanish. Fusarium jinsidagi mikroskopik zamburug‘lar TTMT bilan bir qatorda boshqa mikotoksinlarni produtsiyalaydiki, ularni ichida zearalenon katta amaliy axamiyatga ega. O‘z strukturasi bo‘yicha zearalenon rezortsil kislotaning laktoni xisoblanadi. Zearalenonni asosiy produtsiyenti F.graminearum xisoblanadi.
Rasm 5.1. Oziq ovqat mahsulotlarini miktoksinlar bilan ifloslanishi yo‘llari
Zearalenon donda, xususan makkajuxori, bug‘doy, arpa, suli, jo‘xori, kunjut, shunindek makkajuxori silosida, moyda, kraxmalda mavjud bo‘ladi.
Zearalenonni toksikligi uy xayvonlarida og‘ir giperestrogenizmni rivojlanishi va odam organizmiga mutagen ta’sirida ifodalanadi.
Zearalenonni don, donli maxsulotlar, yong‘oq, moyli ekinlar urug‘lari, moylar, oqsilli izolyatlarda yo‘l qo‘yiladigan chegaraviy miqdori 1mg/kg ni, bolalar va parxez ovqatlash maxsulotlarida esa ularni mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |