Patulin bilan zaxarlanish. Patulin birinchi marta 1943 yilda antibiotik sifatida Penicillium patulum kulturasidan olingan. Kimyoviy strukturasi bo‘yicha patulin 4-gidroksifuropirin xisoblanadi. Patulin odam va xayvon organizmiga mutagen ta’sirni (genetik informatsiyani o‘zgartirish), teratogen ta’sirni (yosh organizmni rivojlanishida majruxlik va chetlanishlarni yuzaga keltirish) va nekrotik ta’sirni (xujayralarni xalok bo‘lishi) ko‘rsatadi. Maksimal toksin xosil qilinishi 21-30 0S da kuzatiladi.
Patulin produtsiyentlari asosan mevalar va ba’zi sabzavotlarni kasallaydi. Eng ko‘p xollarda patulin bilan olmalar zararlanadi. Patulinni chegaraviy yo‘l qo‘yiladigan kontsentratsiyasi mevali va sabzavotli sharbat, pyurelarda 0,05 mg/kg dan ko‘p bo‘lmasligi lozim, bolalar va parxez ovqatlanish maxsulotlarida patulin qoldiqlarini mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |