4. Jamiyat hayotining sohalari va tuzilishi. Keng tarqalgan yondashuvga ko‘ra, jamiyat strukturasi ijtimoiy borliq va ijtimoiy ongni o‘z ichiga oladi. Bu tushunchalar jamiyat hayotining moddiy va ma’naviy tomonlarini mavhumroq ifodalaydi.
Ijtimoiy borliq – jamiyatning real moddiy hayoti (ifodali qilib aytganda – ijtimoiy materiya), obyektiv ijtimoiy voqelik.
Ijtimoiy ong – bu jamiyatning o‘z borligi va dunyosini bir butun anglashi.
Nima belgilovchi – ijtimoiy borliqmi yoki ijtimoiy ong? degan falsafiy munozara bor. Falsafiy idealizm tarafdorlari jamiyat borlig‘i va tarixiy jarayonlarning borishi individual va ijtimoiy ongga bog‘liq deb faraz qildilar. Qisqacha bu pozitsiya – “dunyoni g‘oyalar boshqaradi”- degan dunyoqarash formulasida ifodalanadi. O‘z navbatida materializm tarafdorlari, albatta real moddiy hayot, ijtimoiy borliq jamiyatga va individlar ongiga asosiy ta’sir qiladi deb hisoblaydilar. Har xil g‘oya va nazariyalar bo‘shjoyda vujudga kelib, ijtimoiy borliqning muammolari va ziddiyatlari natijasida tug‘iladi. Shundan jamiyatni takomillashtirish uchun odamlarning ijtimoiy borlig‘ini o‘zgartirish kerak degan markscha-lenincha asosiy fikr kelib chiqadi.
Ammo, SSSRdagi sotsialistik eksperiment amalda uning bunday emasligini ko‘rsatdi. Bunday qaraganda ijtimoiy borliq va ijtimoiy ong murakkab dialektik aloqada va bir-biriga ta’sir qiladi. Shu bilan birga ko‘p tarixiy holatga qarab har xil ta’sir qiladi.
Ijtimoiy borliq, nemis faylasufi K. Marks fikriga binoan, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy strukturasini yaratadigan, moddiy ishlab chiqarish usuli va u bilan bog‘liq ishlab chiqarish munosabatlariga asoslangan. Marksistlar ishlab chiqarish usulining quyidagi turlarini ko‘rsatadi: ibtidoiy jamoa, quldorchilik, feodal, kapitalistik, sotsiolistik, kommunistik.
Ijtimoiy ong, eng asosiy ikki darajaga ega: kundalik ong, bilan bog‘lik ijtimoiy psixologiya (yoki ommaviy ong) va nazariy ong bo‘lib,unga falsafa, fan, axloq, ijtimoiy mafkura va shungao‘xshashlar kiradi.
Kundalik ong, odamlarning har kunlik hayotida vujudga keladi. Odatda u o‘z-o‘zdan yuzaga keladigan, rasmiylashtirilmagan, subektiv ong hisoblanadi. Kundalik hayotni ijtimoiy psixologiya aks ettiradi. Unda birinchi navbatda, bu hayotni anglamaslik va tushunish emas, balki unga psixologik munosabat, u odamning subektiv baholashi sifatida maydonga chiqadi.
Nazariy ong jamiyatni boshqarish va tabiiy, ijtimoiy borliqning muhim qonunlarini ifodalashga qodir ong shakli hisoblanadi. Bunday boshqarish mexanizmlaridan biri mafkura bo‘lib,u jamiyatga ta’siri va ijtimoiy o‘zgarishlar dasturlari va uslublaridan kelib chiqadigan ma’lum nazariy qoidalarga asoslangan murakkab bilim hisoblanadi.
Mafkuraning siyosiy va boshqa turlari, falsafa, fan, din, axloq, san’at, huquq ijtimoiy ong shakllari hisoblanadi.
Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda boshqa yondashuvlardan ham foydalanish mumkin. Unda ijtimoiy struktura jamiyat hayotining quyidagi: ma’naviy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalari orqali o‘rganiladi.
Ma’naviy soha ma’naviy ta’limot, falsafa, din, fan, axloq, huquq, maorif, san’at keng ma’noda madaniyatning har xil namoyon bo‘lish shakllarini birlashtiradi.
Siyosiy soha jamiyatning ikkita asosiy institutlarini (davlat va siyosiy partiyalar tizimi, shuningdek kasaba, yoshlar va boshqa siyosiy tashkilotlar) qo‘shadi. Barcha siyosiy institutlar va tashkilotlar jamiyatda hokimiyatga erishish va undan foydalanish yoki o‘z maqsadlari yo‘lida unga ta’sir qilishni o‘zining maqsadi qilib qo‘yadilar.
Iqtisodiy soha moddiy ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy struktura elementlari: zavodlar, fabrikalar, banklar, birjalar, qishloq xujalik korxonalari, mayda xususiy biznes va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Jamiyat tahlili ijtimoiy sohasining ko‘p belgilari bo‘yicha shakllangan har xil ijtimoiy guruhlar va uyushmalar: jinsi bo‘yicha(erkaklar va xotinlar), yoshi bo‘yicha(bolalar, kattalar, qariyalar) dini bo‘yicha (ishonuvchi va ishonmaydiganlar), iqtisodiy(boylar, kambag‘allar va boshqalar) tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |