5-mavzu. Jamiyat va inson falsafasi Reja: Falsafiy antropologiya tushunchasi. Insonning erkinligi va javobgarligi



Download 45,19 Kb.
bet10/12
Sana30.01.2023
Hajmi45,19 Kb.
#905154
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
5 mavzu

3. Jamiyat falsafasi
Jamiyat tushunchasi. Eng keng ma’noda odamlarning birlashmalarini va ularning birga yashashini jamiyat deb ataymiz. Bunday ta’rif bu hodisaning to‘la mohiyatini ochib berolmaydi. Axir birgalikdagi hayot nafaqat odamlarga, hayvonlarga ham xos. Axir asalarilar, chumolilar, pingvinlar va boshqalar ham birga yashaydiku. Agar shunday ekan odamlar birlashmalarining – hayotning quyi shakli boshqa birlashmalardan sifat jihatdan farqi bormi? Bor. Gap shundaki, insoniyat jamiyati nafaqat biologik tamoyillarga, balki madaniy tamoyillarga ham asoslanadi. Odamlarning birga yashashi – faqat himoya, oziq-ovqat topish va avlodni davom ettirish emas. Jamiyat odamlarga dunyoni bilish va o‘zgartirishda, o‘zini va birgalikdagi hayotni shakllantirishda, yig‘ilgan tajribani bir avloddan boshqasiga berishda yordam beradi. shunday qilib, jamiyat – odamlarning birgalikda yashashi emas, ularning birgalikdagi faoliyati, balki ongli ravishda qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirish hamdir.
Endi biz jamiyatga berilgan dastlabki ta’rifni aniqlashimiz mumkin. Jamiyat -bu umumiy ehtiyojlar, manfaatlar va maqsadlar yo‘lida birlashgan odamlarning aqlli uyushgan, madaniy hayoti va faoliyati shaklidir.
Jamiyatni o‘rganib, shunga e’tibor berish kerakki, u alohida odamlarning, individlarning oddiy mexanik yig‘indisi emas. Jamiyat individlar tizimi bo‘lib, ularda alohida elementlarga xos bo‘lmagan sifatning namoyon bo‘lishidir. Masalan, hech qanday kuch yerning qiyofasini o‘zgartirishga qodir emas. Lekin insoniyat jamiyati bugun shunday qudratli geoplanetar kuchdir.
Insoniyat jamiyatining asosiy tasnifi sifatida qanday muhim belgilarini ko‘rsatish mumkin?

  • Butunlik – o‘zaro tig‘iz bog‘langan alohida individlar va ijtimoiy guruhlar, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va jamiyatning boshqa sohalari bir-biriga ta’sir qilib, yagona ijtimoiy butunlikni tashkil qilishini ifodalaydi.

  • O‘zi uyushganlik- bu ichki kuch va jarayonlarning uyushgan mavjudlik va rivojlanishga ta’sirini ifodalaydi.

  • Jo‘shqinlik- ijtimoiy institutlar va birlashmalar, jamiyat hayotining siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy tomonlarining, har xil tashkilot turlari, ijtimoiy shakllarning harakatchanligi va o‘zgaruvchanligini ifodalaydi.

  • Rivojlanish - jamiyatning progressiv va regressiv tomonlarga o‘zgarishi takomillashishi yoki tanazzulga yuz tutishini ifodalaydi.

  • Qonuniyat- bu jamiyat rivojlanishining tartibsiz emasligi, ma’lum ob’yektiv qonunlarga bo‘ysinishini, ulardan odamlar ijtimoiy hayotini bilish, takomillashtirish uchun foydalanish mumkinligini ifodalaydi..

Ijtimoiy taraqqiyot qonunlari o‘z mohiyatiga ko‘ra, tabiat dunyosi qonunlariga mos keladi. Lekin bu yerda bir nechta xususiyatlar bor. Birinchidan, ijtimoiy qonunlar aql va irodaga ega bo‘lgan odamlar faoliyati orqali amalga oshiriladi. Ikkinchidan, ijtimoiy qonunlar hamma vaqtda ehtimollik tabiatiga ega. Masalan, ular mazmunan Nyutonning klassik mexanika qonunlariga o‘xshamaydi. Ular amalga oshishi tabiiy va ijtimoiy omillarni va odamlarning iroda erkinligi bilan bog‘liq bo‘lgan rivojlanishning har xil tendensiyalarini shakllantiradi.

Download 45,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish