4-mavzu sifat, son so’z turkumlari (2 soat) reja


Noaniq son eski o`zbek tilida ko’p, a z



Download 125,61 Kb.
bet8/13
Sana11.04.2022
Hajmi125,61 Kb.
#544221
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
4-MAVZU.SIFAT, SON SO’Z TURKUMLARI

Noaniq son eski o`zbek tilida ko’p, a z kabi so`zlar bilan ifodalangan. Bunday so`zlar mazmunan ikki guruhga bo`linadi. Masalan ko’p so`zi shaxs yoki predmetning miqdori ortiqligini, az so`zi esa kamligini ko`rsatadi. Mas: Ko’p mallar xarj qilduq (Rabg`., 142 a). Ali Sultan az kishi bilan kelib (Sh. turk, 135).
Eski o`zbek tilida noaniq son ma’nosida forscha bisyar (ko`p) so`zi .ham qo`llangan. Mas: Naranj va turunj; va gurunji bisyar bo’lur (BN, 164).
Qadimgi yodgorliklar tilida noaniq son ma’nosida ko’p, az so`zladidan tashqari, talim (ko`p), o’kush (ko`p) so`zlari ham qo`llangan. Eski o`zbek tilida bu so`zlarning qo`llanishi asosan XV asrgacha davom etgan. Mas: Talim kishilar o’ldi, talim qan to’kuldi (Taf., 10a) Aning so’ngida o’kush muradlar bo’lg`ay (Nav. Mnsh., 19).
TARTIB SON
Eski o`zbek tilida tartib son sanoq songa -nchi affiksini qo`shish yo`li bilan yasalgan: ikinchi//ikkinchi, altinchi, yetinchi//yettinchi. Undosh bilan tugagan sanoq sonlarga bu affiks -inchi ko`rinishida qo`shiladi: birinchi, beshinchi, sekizinchi//sekkizinchi. Tarkibida (oxirgi bo`g`inida) lab unlisi bo`lgan, undosh bilan tugagan sanoq sonlarga odatda -unchi ko`rinishida qo`shiladi: uchunchi, to’rtunchi, to’quzunchi//to’qquzunchi. Ba’zan bu affiksning -nch (-inch /-unch) variantlari ham uchraydi: altinch, beshinch, uchunch kabi. Ayrim yodgorliklarda tartib sonning -lanchi affiksi bilan yasalgan formasi ham qo`llangan: beshlanchi, yet(t)ilanchi kabi.
Birinchi tartib sonining ma’nosi eski o`zbek tilida quyidagicha uch xil yo`l bilan ifodalangan:
  • tartib son formasi bilan, ya’ni bir sanoq soniga tartib son affiksini qo`shish bilan yasaladi. Mas: Birinchisiga Kun at qo’ydilar (O’N, 29). 2)avval so`zi bilan ifodallngan. Mas: Aydilar: avval aybi ul turur kim, o’g`ri turur, ikkinchi aybi qachqaq turur, uchunchi aybi yig`laq turur (Rabg`., 48 a);
  • 3)avvalg`i so`zi bilan ifodalanadi. Mas: Avvalg`i namani aytur (MN, 295 b).

  • Qadimgi yodgorliklarning ko`rsatishicha, tartib sonning bir sanoq sonidan yasalgan birinch//birinchi formalari keyingi hodisa bo`lib, dastlabda bu ma’no avvalg`i tipidagi forma orqali ifodalangan; Masalan, O`rxun-Yenisey yodgorliklarida birinchi tartib soni ma’nosida ilki//iliki so`zi qo`llangan: ilki kun — «birinchi, oldingi kun», ilki su — «birinchi, oldingi askar». Qadimgi uyg`ur tili yodgorliklarida esa birinchi ma’nosida BASHTINQI so`zi qo`llangan. O’rxun-yenisey yodgorliklarida yigirmi va o’tuz sanoq sonlaridan ham shu usulda tartib son yasalgan: yigirmiki — «yigirmanchi», o’tuzqi — «o`ttizinchi».

Yuqorida ko`rsatilganidek, 20 sanoq soni eski o`zbek tilida yigirma formasida oxirgi unlisi [a] bilan yoki yigirmi formasida oxirgi unlisi [i] bilan qo`llangan. Tartib son affiksi bu sonning asosan oxirgi unlisi [i] bilan kelgan yigirmi formasiga qo`shiladi. Mas: yigirminchi fasl (Nav. MQ, 33). 20 soni tartib son affiksini olgan tarkibli sonlar tarkibida kelganda ham asosan yigirmi formasida oxirida [i] unlisi bilan keladi. Mas: yigirmi birinchi fasl (Nav. MQ, 35).
O’rxun-Yenisey yodgorliklari va qadimgi uyg`ur tiliga oid manbalarda 2 sonidan tartib son ikinti formasida yasalgan. «Devonu lug`otit turk»da ikinch formasi bilan birga shu ma’noda ikindi formasi ham keng qo`llangan: ikindi nang «ikkinchi narsa» (MK, I tom, 158-bet).

Download 125,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish