Qayta o`rash mashinasining yordamchi jihozlari va qismlari
Qayta o`rash mashinasining yordamchi jihoz va detallarga, qismlariga charx, urchuq, g`altaklar, tozalagich va moylagich asboblari, qurilmalari, ip taranglagichlari, ip o`tkazgichlari, ip tuguvchi moslamalar, kulich va bobinalardan qayta g`altaklardagi kimyoviy iplarni chuvatishni osonlashtiruvchi qurilmalar va boshqa mayda detallar kiradi.
Charx -iplarni kalavalardan g`altaklarga qayta o`rashda turli xil charxlar qo`llanadi, bular ishlanish va materiallar jihatidan farq qiladi. Charxlarning konstruktsiyasi chuvatish jarayoniga, shuningdek mashinaning unumdorligiga va iplarning o`ralish sifatiga katta ta`sir ko`rsatadi.
20- rasmda qayta o`rash mashinasida ishlatiladigan charx ko`rsatilgan. 20 a rasmda birmuncha sodda charxlardan biri ko`rsatilgan. U 12 ta yog`och pog`onachalardan tashkil topgan, unga 2 qator qilib 12 tadan 16 tagacha aylana, qirrasiz yog`och kegaykalar o`rnatilgan. Qarama-qarshi tomondagi 2 kegay (spitsa) bog`ich (shnur) yoki sim tortgichlar bilan birlashtirilib qo`yilgan. Kalavani charxga kiydirish uchun 1 yoki 2 tortgich tushiriladi, keyin ular yana ko`tarib qo`yiladi: kalava to`g`ri olti yoki sakkizburchak shaklini oladi. Ipning yanada tarang bo`lishi uchun charx pog`onalariga 50-150 g yuk osib qo`yiladi.
20, b- rasmda yassi kegayli yog`och charx ko`rsatilgan. Kalava har ikki tarafdagi kegayning teshikchalariga kiritilgan yog`och kaltakchalarga kiydiriladi.
20-v rasmda takomillashgan yog`och charx ko`rsatilgan, bunda kegaylar uchiga reykalar o`rnatilgan.
Reyka tishlari pog`onaning yarmidagi tishlar bilan birlashtirilgan. Pog`onalarning boshqasiga nisbatan bir tomonidan pog`onalarning yarmini aylantirib kegaylarni ichki yoki tashqi tomonga chiqarish mumkin, bu yesa kalavani kiydirishga va tekislanishiga osonlik tug`diradi.
20-rasm. Qayta o`rash mashinalarida qo`llaniladigan charxlar.
(Zont) soyabon simlaridan yasalgan, uyoq - buyoqqa suriladigan yakka kegayli charx 20 g rasmda ko`rsatilgan. Kegaylar uchiga qayrilgan ko`ndalang plastinkalar yopishtirilgan, bularga kalava kiydiriladi. Kalava kiydirilgach charx perimetri kamayadi, kegaylar yog`och pog`onalar teshiklarga itarib kiritiladi, kalavani tekislab keyin kegaylar suriladi.
Birmuncha takomillashgan charxning biri 20-rasmda ko`rsatilgan. Bu charxning yog`och pog`onasi vtulkali ikkita diskdan, gardishdan iborat. Disklarning 7 biriga ushlagichlar 1 o`rnatilgan. Ularning teshikchalariga uchiga parrakchalari bor sim kegaylar 4 joylashtirib qo`yilgan. Ikkinchi diskka, gardishiga sim tirgovichlar 2 o`rnatilgan.
21-rasm. Qayta o`rash mashinasining charx qurilmasi.
Tirgovichlar uchiga vtulkalar 3 o`rnatilgan, kegaylar 4 mana shu vtulkalar orqali o`tadi. Bitta diskda, gardishda tish shakli o`yiq, teshik 6 bor, boshqasida -kvadrat shaklidagi do`nglik 5 bor, bu tish- formali o`yiqqa jipslashtiriladi va bu pog`ananing har ikki yarmini birlashtiradi. Disklar, gardishlar bir-biriga prujinalar va gaykalar orqali yopishtiriladi. Bir diskni gardishni boshqasiga nisbatan aylantirib charxning turli parametri (1,1- 1,5m) aniqlanadi. Kegaylarning uchida yegiluvchan xususiyatli qayrilgan (bukilgan) qismi bor. Bu ipni chuvatish paytida ilinib qolmaslikni ta`minlaydi. Bunday charxlardan foydalanganda ip o`rash mashinalari ishidagi texnik-iqtisodiy ko`rsatgichlar birmuncha ko`tariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |