MSh-3 tipidagi urchuqli qayta o’rash mashinasi
MSh-3 qayta o’rash mashinasi ipak xom ashyoni kalavadan ikki flanetsli (ikki gardishli) g’altakka qayta o’rashga mo’ljallangan. Mashina ikkiyoqlama, ikkiyarusli. Charxlar mashinaning yuqori va quyi qismlariga joylashtirilgan kronshteynlarga o’rnatiladi. Mashina tozalagich asboblari bilan jihozlangan bo’lib, ular ipak xom ashyoning g’urralarini, chang-g’uborlarini va shu kabilarni tozalash uchun ishlatiladi. Mashinadagi urchuqlar soni 44 tadan 188 tagacha. Mashina sektsiyalaridan iborat (2 tadan 8 tagacha sektsiyasi bor). Bosh va oraliq sektsiyalari 24 tadan urchuq, quyi tomonidagi sektsiyalarida - 20 tadan urchuq bor. Urchuq orasidagi masofa 186 mm ga teng. Friktsion shkiv diametri 170 mm, urchuqning blokchasi diametri 32 mm. G’altakdagi ipak xom ashyo massasi 100 g gacha.
Charx parragidagi 2 ipak xom ashyo kalavasi 1 (12-rasm) mashinaning yuqorigi va pastki yaruslarida kronshteynlar 3 bilan mahkamlab qoyilgan. Iplarning uchi tozalagich moslamalariga 4 va ip yuritgich 6 ko’zchasidan 5 o’tkazib qoyiladi; keyin ip urchuqqa kiydirib qoyilgan g’altakka o’raladi, uning roligi 7 friktsion disk 8 bilan tushadi va undan aylantiruvchi harakatni qabul qiladi ya'ni, harakatlana boshlaydi. Ip tarangligi yukcha (gruzik) yordamida rostlab turiladi. Elektrodvigateldan ishchi organlarga harakatning o’tkazilishi olti pog’onali shkivlar orqali amalga oshiriladi, ular ip o’ralish tezligini 110 dan 218 m/min gacha o’zgartirishga imkon yaratadi.
12-rasm. MSh-3 qayta o’rash mashinasining texnologik tizimi
MSh-3 mashinasining o’raydigan mexanizmi g’altak gardishi yonida qiyalama (nishab) hosil qilingan silindrik ip o’rovi bilan ta'minlaydi. Bu – o’ramni chuvatish paytida ipning chuvalishini osonlashtiradi, binobarin, bunday navbatdagi har bir o’ram qatlami oldingi qatlamga nisbatan siljitilgan bo’lishi sababli ip g’altak gardishi yonida ponsimon narsa bo’lib qolmaydi.
Ip taqsimlagich ko’zchasining yurish ko’lamini o’zgartirish uchun 3 smenali ekstsentrikdan foydalaniladi. U ko’zchaning ko’lamini 70-85, 86-100 va 101-115 mm atrofida o’zgartirib tura oladi. O’ralish qadamini - mos tushadigan shesternyalarni (tishli g’ildiraklarni) almashtirib qoyish orqali 2,5 dan 3 mm gacha ko’paytirish mumkin.
Tasma uzatkichining sirg’alishini kamaytirish uchun mashinaga rolikli taranglovchi mexanizm o’rnatilgan. Friktsion diskka tegishli urchuqning roligini bexos sirg’alib chiqib ketishini kamaytirish uchun rolikning og’irligi, massasi ko’paytiriladi, rolikni salmoqliroq qilinadi, shuningdek ishqalanishni oshirish uchun uning ustki qoplamasi tanlab ishqalanishni ko’paytirishga mo’ljallangani qoyiladi.
Mashinani ishga tushirish paytida urchuqlarning sirg’alib chiqib ketishi odatda maksimal darajada bo’ladi, bu hatto ijobiy xususiyatga ega, binobarin, urchuqning harakat tezligi asta-sekin oshib borayotgan davrda ipni uzilishining kamayishiga imkon beradi.
MSh-3 qayta o’rash mashinasi quyidagi muhim kamchiliklarga ega: nisbatan chuvatish tezligi ko’p emas, o’rtacha; ipning taranglanishi, ip o’rilishining o’zgaruvchanligi tufayli, muntazam emas; o’ram miqdori kichik; g’altaklarni urchuqqa o’rnatish va ular ip bilan murakkab urchuqlarning tez-tez sinib turishi; taranglanish kompensatorini va o’zi to’xtaydigan moslamaning yo’qligi.
MSh-3 mashinsida g’altak bobina yoki g’altak-lejney o’rnatish uchun ramkalar bor, asosan ipni qayta o’rash mashina sifatida xizmat qilishi mumkin.
Fabrikalarda bundan ko’ra takomillashgan mashina bo’lmagan taqdirda urchuqsiz MSh-3 tipidagi mashinadan kimyoviy iplarni kalavalardan yoki g’altaklardan qayta o’rashda foydalanish mumkin.
Xuddi shu mashinalarni viskoza iplarni kulichlardan qayta o’rash ishi uchun moslashtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |