Ipning o`rash tezligi
Ipni qayta o`rash mashinalaridagi muntazam chastotada aylanuvchi g`altakka ipning o`ralish tezligi o`zgaruvchandir. U o`ram diametriga proportsional ravishda kattalashadi (oshadi). Ipni o`ralish tezligi ikki xil tezlikdan tashkil topadi: tushuvchi tezlik 1-bu g`altakning aylanma tezligiga teng va ko`chma tezlik 2-bu ip taqsimlagichning tezligiga barobar. Bu tezliklar biri ikkinchisiga perpendikulyar yo`sinda yo`naltirilgan, shuning uchun ipning to`liq chiziqli tezligi
bu yerda: dsr -g`altakka o`ralgan ipning o`rtacha diametri, m; nay -urchuqning aylanish chastotasi, min-1
2=2hne (42)
bu yerda: h-ip taqsimlovchi ko`zchasining tebranish kengligi (ko`lami) (g`altakdagi ipni o`ram uzunligi) mm; ne-ekstsentrikning aylanish chastotasi, min-1.
Ekstsentrikning bir qur aylanishida taqsimlovchi ko`zchasi o`ralayotgan ip joylashtirilgan masofadan ikki marta o`tadi, shuning uchun (39) formulada 2 raqami turadi.
(40-41) formuladagi 1 va 2 qiymatlarini qo`ysak quyidagini olamiz.
(43)
Konussimon o`rashda ipni o`ralishining o`rtacha chiziqli tezligi, m/min.
(44)
bu yerda: nv - urchuqning (muntazam) aylanish chastotasi, min-1; dsr-bobinaning o`rtacha diametri, mm; h-taqsimlovchi ko`zchasining yurish masofasi, mm; S-urchuqdan yekstsentrikgacha bo`lgan uzatma soni.
dsr=(d1+d2+D1+D2)/4
d1-patron (bobina)ning kichik tomonidagi diametri, mm; d2-patron (bobina)ning keng tomonidagi diametri, mm; D1-bobinaning tor tomonidagi ip o`ramining diametri, mm;
D2-bobinaning kengroq tomonidagi ip o`ramining diametri, mm. Formulalar bo`yicha hisob qilish uchun urchuq bilan ekstsentrikning aylanish chastotasini bilish kerak. Bular formulalarni qo`llashni birmuncha qiyinlashtiradi.
O`zgaruvchi S sonining ma`lum qiymatida ekstsentrik va urchuq va E o`rash ekstsentrikning ekstsentrisiteti o`rtasida ipning ko`chma tezligi quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi:
(45)
bu yerda 0-urchuqning burchak tezligi, 2 nv ga teng.
(46)
ifodasini (46) formula o`rniga qo`ysak, quyidagini olamiz:
(47)
Ko`chma tezlikning hajmi nisbatan kichikroq, kamroq bo`lganligi sababli uning ipni g`altakka o`ralish tezligiga bo`lgan ta`sirini hisobga olmasa ham bo`ladi. Parallel o`ralish paytidagi tezlik miqdori orasidagi farq 6% dan oshmaydi. Ipni krest shaklida o`ralganda, eng noqulay sharoitda bu farq 5% dan oshmaydi.
Urchuqlari muntazam chastota bilan aylanib ishlaydigan qayta o`rash mashinalarining yeng katta nuqsoni – uning ip o`rash tezligining o`zgaruvchanligi hisoblanadi. Ipning bo`sh g`altakka boshlang`ich o`ramga o`ralayotgandagi tezligi to`liq o`ramga o`ralayotgan ipning tezligiga qaraganda ikki marta kamdir. O`rov diametrining kattalashuvi bilan ip o`ralish tezligining ortishi ipning taranglashishi bilan birga kuzatiladi, bu yesa ipning qayta o`ralish chog`ida ko`p uzilishlarga hamda ostki va ichki qatlamlardagi ip o`ramlarida turli zichliklarning paydo bo`lishiga olib keladi.
Zamonaviy qayta o`rash mashinalarida ip taranglanishini silliqlash (bir tekis holda) uchun turli konstruktsiyali tezlik variatorlari o`rnatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |